Bexato
14.3K subscribers
27 photos
13 links
@bexatobot rasmiy yangiliklar kanali.

Qo'llab-quvvatlash: https://tirikchilik.uz/bexatobot
Download Telegram
To'g'ri yozilgan variantni tanlang
Anonymous Quiz
5%
Uyalchan
27%
Uyalchang
32%
Uyatchan
36%
Uyatchang
👍1
TARASHA
( silliqlangan, tarashlangan narsa; yog'och paraxasi, qirindisi)

O'zbek tilining izohli lug'atida bu so'zning ma'nolari quyidagicha:

✔️ Yorib maydalangan o'tin.
Quruq tarasha. Tarasha tayyorlamoq
- Ko'mir yo'qligidan, tarasha cho'g'i tanchani birpas isitib so'ngan edi.

✔️ Quruq, qattiq narsa yoki qotma odam haqida gapirganda ishlatiladi.
- Uning qo'llari bamisoli tarasha.

✔️ Ko'chma ma'noda qotma, "quruq" odamning ismiga qo'shib aytiladigan laqab.
- Polvon, bas, Hamzaxonni charchatib qo'ymaylik, - dedi Mahmud tarasha.

✔️ Tomdan tarasha tushganday (ibora) - kutilmaganda, birdan, to'satdan; o'ylamay-netmay degan ma'noda ishlatiladi.
- Qiziq, tuppa-tuzuk yigit, u yo'q-bu yo'q, tomdan tarasha tushganday birdan sovchi yuborgani qanaqasi?!
To'g'ri variantni tanlang
Anonymous Quiz
42%
Xo'kiz
58%
Ho'kiz
To'g'ri variantni tanglang
Anonymous Quiz
72%
Xachir
28%
Hachir
To'g'ri variantni tanlang
Anonymous Quiz
37%
Ho'tik
63%
Xo'tik
Bilasizmi?

1. Tuyaning bolasi "bo'taloq" deyiladi. Arablarda tuya 500 dan ortiq nom(sinonim) bilan ataladi. "G'alati" degan so'z tuyadan olingan. Aniqrog'i tuyaning a'zosidan olingan.

2. Kiyik va ohunimg bolasi "quralay".

3. Otning bolasi "qulun". Yana yoshiga qarab "toychoq", "g'o'non", "do'non", "pishti" deb atalib boraveradi. Otning erkagi - "ayg'ir", urg'ochisi - "baytal", tuqqani va bo'g'ozi - "biya" deyiladi.

4. Sigirning bolasi "buzoq". Yana bir yoshga to'lgandan keyin - "tana", urg'ochisi - "g'unajin". Erkagi - "buqa", bichilgani, ya'ni axta qilingani - "novvos" yoki "ho'kiz" deyiladi.

5. Echkining bolasi "uloq". Echkining erkagi - "taka". Bichilgani - "sarka".

6. Qo'yning bolasi "qo'zichoq". Erkagi - "qo'chqor".

7. Itning bolasi - "kuchuk". Itning urg'ochisi - "qanjiq" deyiladi.

8. Eshakning bolasi - "kudung" va "xo'tik". Balog'atga yetgan erkagi - "xangi" deyiladi.

9. Mushukning bolasi - "xumpar". Balog'atga yetganlari "mov" deyiladi.

10. Tovuqning bolasi - "jo'ja". Bir yoshga yetgandan keyin tullaydi(ya'ni pat tashlaydi), shuning uchun "tullak" deyiladi. Panjalari tepasida ortiqcha panja - pix bo'ladi. Agar qichqirsa(xo'rozga nisbatan) va pixi yorma bo'lsa, ya'ni "pixini yorgan" xo'roz balog'atga yetgan hisoblanadi.

11. Qushning bolasi - "polapon".

12. Baliqning tuxumi va pardadagi bolasi - "uvildiriq".

13. Qurbaqaning bolasi - "itbaliq"
👍1
To'g'ri variantni tanlang
Anonymous Quiz
61%
O'qlov
8%
O'qloq
2%
O'qlog'i
29%
Barchasi to'g'ri
To'g'ri variantni tanlang
Anonymous Quiz
78%
Devor
3%
Devol
18%
Ikkalasi ham to'gri
👎1
Sinonimlar lug'ati

Guruh, kollektiv, muassalar va davlat idoralari, shuningdek, xo'jalik ish-harakatida bosh bo'luvchi, mas'ul shaxsga nisbatan ishlatiluvchi sinonim so'zlar lug'ati:

- Boshliq;
- Rahbar;
- Yo'lboshchi;
- Ishboshi;
- Boshchi;
- Katta;
- Kattakon;
- Ulug';
- Rahnamo;
- Sardor;
- Peshvo;
- Sarvar;
- Sarkarda;
- Xo'jayin;
- Kalampo.
To'g'ri variantni tanlang
Anonymous Quiz
29%
Tanavvul
33%
Tanovvul
31%
Tanovul
7%
Tanavul
Yozuvchi Azamat Qorjovov o'zining Instagram sahifasida quyidagi ma'lumotlarni ulashibdi.

🟠Haqorat qilishganda “iflos” deyishadi yoki kirlangan joyni “iflos bo‘libdi” deydilar. “Iflos” qadimda iqtisodiy atama bo‘lgan. Bu “fulus” pul birligidan olingan, “bir tiyin” ma’nosini bildiradi. Bir tiyinsiz qolgan odam “iflos bo‘ldim” degan. Yoki biror kimsaning qadri sariq chaqalik bo‘lsa, “men uchun iflossan”, ya’ni “men uchun bir tiyinsan” deyishgan. Bankrot bo‘lganlar ham “iflos bo‘ldim” deyishgan.

🟠Bugungi asarlarda “qiz miyig‘ida kulib qo‘ydi” degan gapni uchratamiz. “Miyiq” – mo‘ylov degani. Ilgari yigitlar mo‘ylovining bir cheti bilan kulib qo‘yishsa, “miyig‘ida kulib qo‘ydi” deyilgan. “Qiz miyig‘ida kulib qo‘ydi” degani “qiz mo‘ylovining cheti bilan kulib qo‘ydi” deganidir.

🟠“Mard” so‘zi “erkak” degani. “Mard ayol” degani “erkak ayol” deganini bildirsa-da, bizda bu so‘zni “qo‘rqmaydigan odil saxiy” ma’nosida qo‘llashadi.

🟠“Hartugul” so‘zi “eshak emas” degani. Qadimda birov haqida “hartugul u ham odam”, ya’ni “u eshak emas, odam” deyishgan. Bugunda esa “hartugul, men seni sevaman” degan jumlalar uchraydi. Bu gap “Eshak bo‘lmasang-da, seni sevaman” deganidir.

🟠“Tufli oyog‘imga sig‘madi” degan gap ham teskari ma’noda qo‘llaniladi. Aslida tufli hech qachon oyoqqa sig‘maydi, aksincha, oyoq tufliga sig‘ishi mumkin. Qadimda “oyog‘im bu kavushga sig‘madi” deb to‘g‘ri gapirishgan.

🟠“Aytdi” degani “so‘radi” degani. Qadimda biror kishidan so‘z so‘rasa, “so‘z ayt”, qo‘shiq so‘rashsa, “qo‘shiq ayt” deganlar. “U qo‘shiq aytdi” degan gap “u qo‘shiq kuylashni so‘radi” deganidir.

@Sinchalak_blog
👍1
✍️Наврўзда тузиладиган “ҳафт син” дастурхонининг фалсафаси

Наврўз – аждодларимиздан бизга мерос қолган қадимий янги йил байрамидир. Ушбу каттаю-кичик учун севимли бўлган ва ҳар бир одамнинг интиқлик билан кутадиган жозибали байрамнинг ўзига хос одоблари ва расми-русумлари мавжуд.

Наврўз рамзи бўлган “Сўфрэ-е Ҳафт син” форс алфавитининг ўн бешинчи ҳарфи, араб алфавитининг эса ўн иккинчи ҳарфи бўлган “СИН” ҳарфи билан бошланадиган еттита маҳсулот қўйиб дастурхон безатилади.

Сўфрэ-е ҳафт син (Етти син дастурхони) га қўйиладиган ҳар бири ўзининг маълум аломатлари ва рамзларига эга бўлган қуйидаги нарсалардан иборатдир:

Санжед – чаканда (облепиха), бу оилага содиқлик, серфарзандлик ва фарзандлар камолини кўриш учун хайрли ниятлар рамзи;

Сабзе, сунбул –кўкартирилган буғдой ва турли кўкатлар, бу рўшнолик ва фаровонлик рамзи;

Секке – танга, бунда икки томонида ҳам бирор гард бўлмаган соф сариқ танга қўйилади. Бу узлуксиз ризқ ва баракат рамзи;

Саману – сумалак, бу тўқчилик ва тўкин-сочинлик рамзи;

Сиб – олма, бу одамлар ўртасидаги бир-бирига муҳаббат, садоқат ва дўстлик рамзи;

Самоғ – тотим (рус тилида сумах, тери ошлаш учун ишлатиладиган ўт мевасининг янчилгани), оиладаги эр-хотинларнинг садоқат, саломатлик ва осойишталикда ширин ҳаёт кечириб қўша қаришлари рамзи;

Сир – саримсоқ (чеснок), саломатлик ва турли касалликлардан холи бўлиш рамзидир.

Кеча кириб келган ҳижрий – шамсий янги 1400 йил юртимизга муборак бўлсин!🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Toʻgʻri variantni tanlang
Anonymous Quiz
17%
Tafsiya
83%
Tavsiya
Toʻgʻri variantni tanlang
Anonymous Quiz
6%
Tavsivnoma
80%
Tavsifnoma
8%
Tafsivnoma
6%
Tafsifnoma
Тақдим этилаётган алифбо лойиҳасини бир оз таҳрирлаш керак

«O‘o‘ » ва «G‘g‘» ҳарфлари ўрнига — «Ōō» ва «Ḡḡ» ҳарфлари таклиф қилинмоқда. Бу яхши, нима бўлганда ҳам, мазкур ҳарфларнинг ёзма кўринишига яқинлаштирилган.

Бироқ «Ōō» символи шу пайтгача фойдаланишда бўлган кўплаб шрифтларда акс этса-да, «Ḡḡ» символи ҳақида ундай деб бўлмайди. Машҳур халқлардан бирортаси бу ҳарфдан фойдаланмагани учун у учинчи дунё мамлакатлари кодировкасидан ўрин олган. «Ḡḡ» — Times, Arial каби стандарт шрифтлардагина аксланади.

Лекин ўзбек тилида фақат ана шу стандарт 3–4 та шрифтдан фойдаланилмайди. «Ḡḡ»нинг аксарият шрифтларда акс этмаслиги дизайнерлар ва турли соҳа ходимларига катта қийинчилик келтириб чиқаради. Янги шрифтни ҳеч ким бизга ясаб бермайди. Шунинг учун мавжуд бўлган, кўп тарқалган, Юникоднинг асосий базасидан ўрин олган символлардан фойдаланавериш керак.

Мисол учун, «Ḡḡ» ўрнига туркий халқлар фойдаланадиган «Ğğ» символини олавериш керак. Бехавотир. Ахир, туркий халқларга хос бўлган «Şş» ва «Çç»ни олмоқчимиз-ку.

Фақат, «Ḡḡ» ўрнига «Ğğ» олингач, визуал бирхилликка эришиш учун «Ōō» ўрнига ҳам «бревисли о» — «Ŏŏ»ни қабул қилишимиз лозим.

Биринчидан, кириллча «Ўзбекистон», «ўзбек» сўзларида ҳам «бревисли у»дан фойдаланамиз. Бу «шапка» биз учун қадрдон, таниш. Агарда, туркий халқлар фойдаланадиган «Öö» символларидан фойдаланиш керак, дейилса, мазкур ҳарф айрим сўзларни ёзишда яна бир қатор визуал ноқулайликларни келтириб чиқаради:
Mö’tabar 👎
Mŏ’tabar 👌

Töğri 👎
Tŏğri 👌

Фикримча, Ŏ ҳарфини ўзбек тилининг махсус рамзи, логотипига айлантириш ҳам мумкин. Ҳаттоки, ўзбек сўми символини ифодалашда ҳам шу ҳарфни асос қилиб олса бўлади.

Шуҳрат Шокиржонов,
журналист
Манба

@xatoliklar
Toʻgʻri variantni tanlang
Anonymous Quiz
42%
Hayrli kun!
58%
Xayrli kun!
Toʻgʻri variantni tanlang
Anonymous Quiz
71%
Hayrat
29%
Xayrat
👍1
Toʻgʻri variantni tanlang
Anonymous Quiz
45%
Estalik
55%
Esdalik
👎1
Toʻgʻri variantni tanlang
Anonymous Quiz
61%
Jonzot
39%
Jonzod
Toʻgʻri variantni tanlang
Anonymous Quiz
19%
Junbishga kelmoq
81%
Junbushga kelmoq
👎2
Sinonimlar lugʻati

- Chiroyli;
- Goʻzal;
- Husndor;
- Husnli;
- Xushroʻy;
- Koʻhlik;
- Koʻrkam;
- Barno;
- Suluv;
- Zebo;
- Latofatli;
- Sohibjamol.