Bexato
14.3K subscribers
27 photos
13 links
@bexatobot rasmiy yangiliklar kanali.

Qo'llab-quvvatlash: https://tirikchilik.uz/bexatobot
Download Telegram
Toʻgʻri yozilgan variantni tanlang.
Anonymous Quiz
47%
Hashorot
53%
Hasharot
Toʻgʻri yozilgan variantni tanlang.
Anonymous Quiz
13%
Axil yashamoq.
67%
Ahil yashamoq.
15%
Ahl yashamoq.
5%
Axl yashamoq.
Kulgu yoki kulgi?

Eng keng tarqalgan xatoliklardan biri — kulgi so‘zini kulgu deb talaffuz qilish va yozish.

Kulgi — i harfi bilan yoziladi. Yodda qolish oson bo‘lishi uchun kulgich' so‘zini asos qilib oling.

Kulgu
Kulgi

Kulgu ustasi
Kulgi ustasi
To'g'ri yozilgan variantni tanlang
Anonymous Quiz
38%
Xayol
62%
Hayol
Sinonimlar lug'ati

Vaqtning uzluksiz, istisnosiz davomiyligini anglatuvchi sinonim so'zlar lug'ati:

- doim
- doimo
- hamisha
- hamma vaqt
- har doim
- har mahal
- har vaqt
- nuqul
- mudom
- birday
- yakkash
- yalang
- hadeb
- o'ngkay
To'g'ri yozilgan variantni tanlang
Anonymous Quiz
31%
Hotirjam
69%
Xotirjam
To'g'ri yozilgan variantni tanlang
Anonymous Quiz
74%
Adib
4%
Adip
23%
Ikkalasi alohida ma'nodagi so'z
Toʻgʻri yozilgan variantni tanlang.
Anonymous Quiz
7%
Hanus
36%
Xanuz
52%
Hanuz
5%
Xanus
Toʻgʻri yozilgan variantni tanlang.
Anonymous Quiz
35%
Mehmon kelayapti.
65%
Mehmon kelyapti.
👍1
To'g'ri yozilgan variantni tanlang
Anonymous Quiz
43%
Ta'luqli
40%
Taalluqli
17%
Taaluqli
@bexatobot statistikasi bilan tanishing.
Botga o'tgan Fevral oyida 91 609 ta xabar kelib tushgan. Shundan:
Lotindan Kirillga : 45.1 %
Kirilldan Lotinga : 38.0 %
Dokumentlarni o'girish : 15.8 %
Audioni matnga o'tkazish : 0 %
PDF dan WORD ga o'tkazish : 1.1 %

Faol bo'lgan foydalanuvchilar:
Butun oy davomida : 6 816 ta
Haftasiga o'rtacha : 3 290 ta
Kunlik o'rtacha : 881 ta

Jami foydalanuvchilar soni : 42 756
(+2074) ta

Botni yaqinlaringizga ham ulashing.
https://t.iss.one/bexato
To'g'ri yozilgan variantni tanlang
Anonymous Quiz
5%
Uyalchan
27%
Uyalchang
32%
Uyatchan
36%
Uyatchang
👍1
TARASHA
( silliqlangan, tarashlangan narsa; yog'och paraxasi, qirindisi)

O'zbek tilining izohli lug'atida bu so'zning ma'nolari quyidagicha:

✔️ Yorib maydalangan o'tin.
Quruq tarasha. Tarasha tayyorlamoq
- Ko'mir yo'qligidan, tarasha cho'g'i tanchani birpas isitib so'ngan edi.

✔️ Quruq, qattiq narsa yoki qotma odam haqida gapirganda ishlatiladi.
- Uning qo'llari bamisoli tarasha.

✔️ Ko'chma ma'noda qotma, "quruq" odamning ismiga qo'shib aytiladigan laqab.
- Polvon, bas, Hamzaxonni charchatib qo'ymaylik, - dedi Mahmud tarasha.

✔️ Tomdan tarasha tushganday (ibora) - kutilmaganda, birdan, to'satdan; o'ylamay-netmay degan ma'noda ishlatiladi.
- Qiziq, tuppa-tuzuk yigit, u yo'q-bu yo'q, tomdan tarasha tushganday birdan sovchi yuborgani qanaqasi?!
To'g'ri variantni tanlang
Anonymous Quiz
42%
Xo'kiz
58%
Ho'kiz
To'g'ri variantni tanglang
Anonymous Quiz
72%
Xachir
28%
Hachir
To'g'ri variantni tanlang
Anonymous Quiz
37%
Ho'tik
63%
Xo'tik
Bilasizmi?

1. Tuyaning bolasi "bo'taloq" deyiladi. Arablarda tuya 500 dan ortiq nom(sinonim) bilan ataladi. "G'alati" degan so'z tuyadan olingan. Aniqrog'i tuyaning a'zosidan olingan.

2. Kiyik va ohunimg bolasi "quralay".

3. Otning bolasi "qulun". Yana yoshiga qarab "toychoq", "g'o'non", "do'non", "pishti" deb atalib boraveradi. Otning erkagi - "ayg'ir", urg'ochisi - "baytal", tuqqani va bo'g'ozi - "biya" deyiladi.

4. Sigirning bolasi "buzoq". Yana bir yoshga to'lgandan keyin - "tana", urg'ochisi - "g'unajin". Erkagi - "buqa", bichilgani, ya'ni axta qilingani - "novvos" yoki "ho'kiz" deyiladi.

5. Echkining bolasi "uloq". Echkining erkagi - "taka". Bichilgani - "sarka".

6. Qo'yning bolasi "qo'zichoq". Erkagi - "qo'chqor".

7. Itning bolasi - "kuchuk". Itning urg'ochisi - "qanjiq" deyiladi.

8. Eshakning bolasi - "kudung" va "xo'tik". Balog'atga yetgan erkagi - "xangi" deyiladi.

9. Mushukning bolasi - "xumpar". Balog'atga yetganlari "mov" deyiladi.

10. Tovuqning bolasi - "jo'ja". Bir yoshga yetgandan keyin tullaydi(ya'ni pat tashlaydi), shuning uchun "tullak" deyiladi. Panjalari tepasida ortiqcha panja - pix bo'ladi. Agar qichqirsa(xo'rozga nisbatan) va pixi yorma bo'lsa, ya'ni "pixini yorgan" xo'roz balog'atga yetgan hisoblanadi.

11. Qushning bolasi - "polapon".

12. Baliqning tuxumi va pardadagi bolasi - "uvildiriq".

13. Qurbaqaning bolasi - "itbaliq"
👍1
To'g'ri variantni tanlang
Anonymous Quiz
61%
O'qlov
8%
O'qloq
2%
O'qlog'i
29%
Barchasi to'g'ri
To'g'ri variantni tanlang
Anonymous Quiz
78%
Devor
3%
Devol
18%
Ikkalasi ham to'gri
👎1
Sinonimlar lug'ati

Guruh, kollektiv, muassalar va davlat idoralari, shuningdek, xo'jalik ish-harakatida bosh bo'luvchi, mas'ul shaxsga nisbatan ishlatiluvchi sinonim so'zlar lug'ati:

- Boshliq;
- Rahbar;
- Yo'lboshchi;
- Ishboshi;
- Boshchi;
- Katta;
- Kattakon;
- Ulug';
- Rahnamo;
- Sardor;
- Peshvo;
- Sarvar;
- Sarkarda;
- Xo'jayin;
- Kalampo.