Besh tashabbus olimpiadasi | Rasmiy kanal
12.3K subscribers
13.2K photos
1.55K videos
169 files
3.37K links
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 muhim tashabbusi

🎖"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi rasmiy maʼlumotlar berib boriladi.

https://myurls.co/5tashabbus
Download Telegram
Siz kutgan vaqt keldi...

Mahalla yoshlari o'rtasida 5 bosqichli "Besh tashabbus olimpiadasi"ning 2024 yilgi mavsumida o'tkaziladigan loyihalar bilan tanishing.

"Besh tashabbus olimpiadasi" loyihalariga yangi loyihalar qo'shilishi bilan bir qatorda yoshlarimiz uchun #qulayliklar qo'shildi.

Masalan:

Bitta loyihani mahalla bosqichini o'tkazish uchun bir haftadan, o'n kungacha bo'lgan vaqt berildi. (avvalgi mavsumlarda bir kun yoki kunora bo'lar edi)

Loyihalarning mahalla bosqichida ishtirok etish uchun kelgan yosh, o'sha kuni ham elektron platformadan o'tish imkoniyati yaratildi. (avvalgi mavsumda yoshlar elektron platformadan o'tmagan bo'lsa, tadbirlarga qatnashaolmasdi)

Shu kabi qator ijobiy o'zgarishlar bu yilgi mavsumni yanada uyushqoqlik bilan o'tishiga xizmat qilishiga ishonamiz.

Barcha yoshlarimiz bilan olimpiada loyihalarida ko'rishguncha...

@beshtashabbus_uz
👍48👏5🕊4👌322
⚡️Respublika Yoshlar ovozi tanlovi — “Bo‘zatov FEST”ga hali ham ro'yxatdan o'tmadingizmi???

O'tmagan bo'lsangiz eslatma ro'yxatdan o'tish 29-fevralga qadar davom etadi, tanlovning birinchi mahalla bosqichi 1-martdan boshlanishi rejalashtirilmoqda.
Ha aytgancha
@YoshOvozBot dan ro'yxatdan o'tmagan yoshlar tanlovda ishtirok etmaydi, shunday ekan shoshiling hali ulgurasiz vaqtingiz bor.

Tanlov
3 ta yosh toifasida:
10-15-yosh;
16-22-yosh;
23-30-yosh:
4 ta yo'nalishda:
🪕baxshichilik,
🪈an’anaviy ijro,
🎼opera va
🎤estrada
yo‘nalishlari bo‘yicha mahalladan boshlanib, sektor, tuman, viloyat va respublika bosqichlarida o‘tkaziladi.

Gʻolib bo‘lgan iste’dodli yoshlar:
1-o‘rin 50 000 000 so‘m,
2-o‘rin 30 000 000 so‘m,
3-o‘rin 20 000 000 so‘m va respublika bosqichiga chiqqan barcha ishtirokchilar 10 000 000 so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.

Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting: @YoshOvozBot

@beshtashabbus_uz
👍24❤‍🔥3🥰2🤩1👌1🏆1
🎭 Yangi iste'dod egalarini kashf qilish maqsadida o'tkazilayotgan "Qvz voha ligasi" Qashqadaryo viloyati bosqichiga start berildi.


Bugun Qarshi shahrida joylashgan “Mulla To’ychi Toshmuhammedov” nomli drama teatri binosida yuzlab yoshlarni bir joyda jamlagan “Qvz voha ligasi”ga start berildi. Mazkur tadbirda viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig’i Ulug’bek Sultonov so’zga chiqib barcha ishtirokchilarga omad tiladi.

Qiyidagi havola orqali ro’yxatdan o’tgan jamoalar bugun o’zaro katta sahnada kuch sinashadilar.

#qvz #vohaligasi

Bizning sahifalarimiz:
📱Telegram | 📱Instagram | 📱 Facebook |📱YouTube

@beshtashabbus_uz
👍14🏆42
Savol: Agarda men 5️⃣tashabbus olimpiadasiga birorta, masalan yengil atletika turiga ro'yxatdan o'tib qo'ygan bo'lsamu, hozirda boshqa loyihaga qiziqib qoldim. Shunda ro'yxatdan o'tgan loyihamni o'zgartira olamanmi?

Javob: albatta o'zgartira olasiz, buning uchun mahallangiz yoshlar yetakchisiga uchrashasiz va ularda ro'yxatdan o'tganlarni ko'rish elektron kabineti mavjud va sizni kabinetga kirib, ro'yxatdan o'tgan loyihangizdan o'chiradi va siz yana qaytadan o'zingiz xohlagan yo'nalishga elektron ro'yxatdan o'tishingiz mumkin.

Izoh:Bu o'zgartirishlar mazkur yil 1-mart kuniga qadar amal qiladi, sababi 1-martdan loyihalar o'tkazilishiga
#start beriladi.

Savolga yoshlar agentligi mas'ul xodimi Sherzod Olimov javob berdi.

@beshtashabbus_uz
👍20
⚡️Navbatdagi avtomobil Qashqadaryolik ishtirokchiga nasib qildi!

📚 “Yosh kitobxon” tanlovi respublika final bosqichining 15-19 yosh toifasi bo’yicha g’oliblar aniqlandi.

1-o’rin - Nurmatov Mironshoh Nuriddin o’g’li (Qashqadaryo viloyati) Cobalt avtomobili sohibi;

2-o’rin - Qalandarova Hulkaroy Navfar qizi (Qoraqalpog’iston Respublikasi) 50.000.000 so’m pul mukofoti sohibi;

3-o’rin - Xaytaxmatova Dilnavoz Alijon qizi (Andijon viloyati) 30.000.000 soʻm pul mukofoti sohibi;

Mazkur final bosqichida qatnashgan barcha ishtirokchilar 10.000.000 soʻmdan pul mukofoti bilan taqdirlandi. Yoshlar ishlari agentligi jamoasi va barcha yoshlar nomidan kitobxonlarimizni chin dildan tabriklaymiz va navbatdagi 20-30 yosh toifasi bo’yicha ishtirokchilarga omad tilab qolamiz!

👉 15-19 yosh toifasining umumiy natijalari

#yoshkitobxon #taqdirlash

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
👍193🎉31🌚1