Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BERUNIY TUMANIDA "YIL AYOLI" MILLIY KO'RIK-TANLOVNING HUDUDIY BOSQICHI BO'LIB O'TDI.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Zulfiya”Davlat mukofotining tuman bosqichi bo'lib o'tdi

Beruniy tumanida bo'lib o'tgan ko'rik tanlovda fan, adabiyot, ta'lim, san'at, sport, axborot texnologiyalari va jamoatchilik faoliyatida yutuqlarga erishgan iste'dodli qizlar ishtirok etdi. Beruniy tumani hokimining o'rinbosari, oila va xotin qizlarni qo'llab-quvvatlash bo'limi boshlig'i S.Kozieva boshchiligidagi ishchi guruh tanlovga taqdim etilgan hujjatlar bilan tanishdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ma'naviyatchilar Zakovatda bellashdi

Beruniy tumani Ma’naviyat va ma’rifat maskanida Qoraqalpog‘iston Respublikasi  Vazirlar Kengashi mukofoti uchun “Yosh ziyoli” tanlovi doirasida “Zakovat” intellektual o‘yinining  hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tomorqa daromad manbai

Navoiy ovul fuqarolar yig'ini Beruniy tumani markaziga yaqin hudud. Hududning asosiy drayver sohasi dehqonchilik va chorvachilikdan iborat. Aholi tomorqalari bilan tanishar ekanmiz qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ekib, oila tebratayotgan, tomorqadan 2-3 marotaba hosil olayotgan oilalar ko'pchilikni tashkil etadi.
Beruniyda 25,5 mlrd so'mlik “LIDER GIPS” investitsiya loyihasi ishga tushirildi.

Beruniy tumanidagi “Lider Gips” MCHJ tomonidan tashkil etilgan gipsakorton va qurilish materiallari ishlab chiqarish loyihasi 25,5 mlrd so'mni tashkil etib, shundan 1,8 mln AQSH dollari xorijiy kredit asosida shakllantirilgan. Umumiy maydoni 2,5 gektarni tashkil etadi. Loyiha ishga tushirilishi natijasida 18 ta yangi ish o'rni yaratiladi. Yiliga 2 mln kv metr gipsakarton ishlab chiqariladi.

Beruniy tumani hokimi Ikram Xidirov va nuroniylar “Lider Gips” MCHJning ochilishida ishtirok etib, korxona ishiga omad tiladi. Hudud nuroniylari bilan loyihaning afzalliklari, ish jarayoni bilan tanishdi.

Loyiha bo’yicha korxonada har xil turdagi gipsakarton ishlab chiqariladi va ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan ta'minlaydi. Korxonadagi montaj ishlarini Xitoy davlatidan kelgan muhandislar amalga oshirdi.

Beruniy tumani hokimi loyiha bilan tanishib, kelgusida tashqi bozorga qurilish materiallari yetkazib berish bo'yicha korxona rahbarlari bilan rejalarni ko'rib chiqdi.
Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Veb sayt | 🔴 YouTube  | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#maxsusvideorolik
Beruniyda 25,5 mlrd so'mlik “LIDER GIPS” investitsiya loyihasi ishga tushirildi.

Beruniy tumanidagi “Lider Gips” MCHJ tomonidan tashkil etilgan gipsakorton va qurilish materiallari ishlab chiqarish loyihasi 25,5 mlrd so'mni tashkil etib, shundan 1,8 mln AQSH dollari xorijiy kredit asosida shakllantirilgan. Umumiy maydoni 2,5 gektarni tashkil etadi. Loyiha ishga tushirilishi natijasida 18 ta yangi ish o'rni yaratiladi. Yiliga 2 mln kv metr gipsakarton ishlab chiqariladi. Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Veb sayt | 🔴 YouTube  | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kasb-hunarga tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar

Beruniy tumani bandlik va kambag’allikni qisqartirish markazining imtiyozli yo’llanmasi bilan talabalik stipendiyasi asosida, "Qandolatchilik" yo’nalishi bo’yicha o’qishga bepul qabul qilingan Akromova Gulnora qandolatchilik mahsulotlarini tayyorlash bo’yicha malaka va ko’nikmalarga ega bo’layotganligini, kelgusida egallagan kasbi bo’yicha tadbirkorlik sohasida faoliyat yuritishini aytib o’tdi.

Ayollar sartaroshi, massaj yo’nalishi bo’yicha Xaytbaeva Muazzam, Jumaniyazova Surayyolar o’z so’zlarida "Nargiza ta`lim va xizmat" kasb-hunarga o’qitish markazida bepul ta`lim olayotganligi va doimiy kasbga ega bo’layotganligi uchun barcha tashabbuskorlarga o’zlarining minnatdorchiligini bildirdi.
Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
DIQQAT TABIIY GAZDA UZILISH BO'LADI

Beruniy tumani Shabboz OFY hududidagi Beruniy 1 AGRES da ta'mirlash ishlari sababli 2024 yil 4-noyabr kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha tabiiy gaz o'chiriladi.

Tuman hududidagi quyidagi mahallalar Birlik, Bunyodkor, Markaziy, To'qimachi, Shabboz, Jayxun, Istiqlol, Bo'ston, Navro'z, Paxtakor, Yangiobod mahalla fuqarolar yig'ini, Shabboz ovul fuqarolar yig'ini hamda ulgurji iste'molchilardan “Usta Bozorboy” non sexi, “Beruniy non” MCHJ, “Beruniy yog'gar” AJ.


“Beruniytumangaz” gaz ta’minoti korxonasi