#Diqqat tabiiy gazda uzilish bo’ladi

Beruniy tumani Qizil-qa’la OFY hududida joylashgan Qizil-qa’la AGRS hamda Sanoat Kollektorida ta’mirlash ishlari munosabati bilan 2024 yil 22-iyul kuni Qizil-qa’la AGRS hamda Sanoat Kollektorida soat 14:00 dan 18:00 gacha tabiiy gaz vaqtinchalik o’chirilishini “Beruniytumangaz” gaz ta’minoti ma’lum qilib bildiradi.

Beruniy tumani Qizil-qalʼa OFY hududi tabiiy gaz bilan taʼminlanib turgan aholi xonadonlar Аbay OFY-357 ta xonadon, Аlgabas OFY-201 ta xonadon, Do’stlik OFY-676 ta xonadon, Kizil-kalʼa OFY-308 ta xonadon, Nayman MFY-138 ta xonadon, Tuproqqalʼa MFY-265 ta xonadon.

Beruniy tumani Qizil-qalʼa AGRSdagi Sanoat Kollektoridan ulgurji iste’molchi “Golden Mil Qiyat” kluster xamda “Golden Mil Qiyat” AGNKS lar ogohlantirildi.

"Beruniytumangaz" gaz ta'minoti bo'limi
Ma’naviyat festivali hududlarda
"Biz bir bo'lsak-yagona xalqmiz, birlashsak-vatanmiz"
🎬KINOKARVON LOYIHASI


Beruniy tumandagi "Sarkop" ovul fuqarolar yig'inida "Biz bir bo'lsak-yagona xalqmiz, birlashsak-vatanmiz" shiori ostida "Ma'naviyat festivali" doirasida "Ajdodlarga ehtirom" loyihasida ikkinchi jahon urushi qahramoni O'rozboy Jumaniyazov xotirasini yod etib, uning jasurligi, vatanparvarligi haqida suxbatlashildi.

Shuningdek, "Kinokarvon" loyihasi doirasida "O'zbek qizi" filmi namoyish etildi. Madaniyat xodimlari va el suygan san'atkorlar tomonidan galakonsert dasturi hudud aholisiga taqdim etildi.
Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Veb sayt | 🔴 YouTube  | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌Suv xavzalari va kanal bo'ylari nazoratga olinadi.
Diqqat cho'milish ta'qiqlanadi!

Beruniy tumani hokimi, Fuqaro muhofazasi boshlig'i I.Xidirov tuman hududidan o'tuvchi kanal bo'ylarida nazoratni kuchaytirish masalalari bo'yicha tegishli organ хodimlari va mahalla yettiligiga bajarilishi lozim bo'lgan topshiriqlarni berdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ma’naviyat festivali hududlarda
"Biz bir bo'lsak-yagona xalqmiz, birlashsak-vatanmiz"
🎬KINOKARVON LOYIHASI
Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Veb sayt | 🔴 YouTube  | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#QABUL

Aholi murojaatlari hal qilindimi? Tabiiy ofat sabab zararlangan uylarga qanday yordam ko'rsatiladi?

Beruniy tumani hokimi Ikram Xidirov birinchi sektor shtabida aholi bilan ochiq muloqot o'tkazib, ularning muommolarini tingladi. Xususan, bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 119-son farmoni bilan bugungi kunda kadastr hujjatlari mavjud bo'lmagan uy-joylarga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish ishlari olib borilayotgan bo'lib, bu borada murojaatchi fuqarolarga tushuntirishlar berildi.

Shu bilan birga tabiiy ofat, kuchli shamol sabab Abay OFY hududida zararlangan uy-joylarning tom qismini ta'mirlash ishlariga qurilish materiallarini yetkazib berish masalalari ko'rib chiqildi. Moddiy yordam ajratish, tibbiy davolanish, ijara masalasidagi murojaatlar ham o'rganilib, ijobiy hal qilish uchun tegishli mas'ullarga topshiriqlar berildi.


Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Veb sayt | 🔴 YouTube  | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram