“Zulfiya”Davlat mukofotining tuman bosqichi bo'lib o'tdi

Ayolni muqaddas bilish, unga alohida ehtirom ko'rsatish, ozod va obod yurtimiz kelajagi bo'lgan har tomonlama yetuk yoshlarni tarbiyalashdagi beqiyos o'rnini yana bir bor e'tirof etish, barkamol, oqila xotin-qizlar avlodini voyaga yetkazish, ular orasidagi iqtidorli yoshlarning adabiyot, san'at, fan va madaniyatni rivojlantirishdagi yutuqlari, tengdoshlarining milliy istiqlol g'oyalari va madaniy-ma'naviy qadriyatlarga e'tiqodining yuksalishi yo'lidagi ibratli faoliyati, keng ko'lamli islohotlarni jadallashtirishdagi faol ishtirokini rag'batlantirish maqsadida, har yili O'zbekiston Respublikasi “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti talablari doirasida mukofotning saralash bosqichi tumanlarda bo'lib o'tadi.

Beruniy tumanida bo'lib o'tgan ko'rik tanlovda fan, adabiyot, ta'lim, san'at, sport va jamoatchilik faoliyatida yutuqlarga erishgan iste'dodli qizlar ishtirok etdi. Beruniy tumani hokimining o'rinbosari, oila va xotin qizlarni qo'llab-quvvatlash bo'limi boshlig'i S.Kozieva boshchiligidagi ishchi guruh tanlovga taqdim etilgan hujjatlar bilan tanishdi.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti yuqorida ko'rsatilgan yo'nalishlar bo'yicha alohida yutuqlarga erishgan o'n to'rt yoshga to'lgan va o'ttiz yoshdan oshmagan iqtidorli qizlarga beriladi. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti har yili Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan ikki nafardan talabgorlarga beriladi.Tanlov g'oliblari tuman hokimligining diplom va qimmatbaxo sovg'alari bilan taqdirlandi. 👉Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube  | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ОАV nigohida

Beruniy tumanida amaliyotchi psixologlar ishtirokida "Biz maktabimizda zoʻravonlikka qarshimiz"shiori ostida seminar bo'lib o'tdi.
Vatanparvar tashkilotida “ochiq eshiklar” kuni.

Tadbir qatnashchilariga tashkilot sport seksiyalari, havo bosimli qurollar namoyish qilindi. O’quvchilar havo bosimli miltiqdan oʼq otib, oʼz mahoratlarini oshirdilar.

Batafsil tanishing Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube  | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#sport yangiliklari

Karate WKF sport turi boyicha 2023yil 4-5 nayobr kunlari Toshkent shaxrida "Bilol-Karate klub " TOSHKENT OPEN musobaqasi bolib o'tdi. Musaboqada mingdan ortiq sportchilar ishtirok etdi. Unda Beruniy tumani sport maktabi karatechilar jamoasidan 5 nafar sportchilar qatnashib faxrli o'rinlarni egalashdi.

Tajiyev Sanjar 🥇 o'rin
Matmuratov Begzod 🥈 o'rin
Baxtiyarov Oybek 🥉 o'rin

Trener:Azimjon Kenjayev Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube  | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#yashilmakonyaratamiz

Bugun Beruniy tumanida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Biznes ombudsman yetakchi inspektori D.Mirzaxmedov ishtirokida yashil makon umummilliy harakati doirasida tumandagi tadbirkorlik sub'ektlarining maydonlarida manzarali daraxt ko'chatlari ekish ishlari bilan tanishildi.

Shuningdek, mahalla raislari bilan birgalikda yashil makon umummilliy harakati doirasida iqlim sharoitiga mos manzarali daraxt ko'chatlari ekildi. Mavsum davomida tumanda 430 mingdan ortiq manzarali, mevali ko'chatlar ekilishi belgilangan. Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube  | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yashilmakonyaratamiz
Tadbirkorlar harakatda. Birgalikda bog’ yaratamiz

Bugun Beruniy tumanida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Biznes ombudsman yetakchi inspektori D.Mirzaxmedov ishtirokida yashil makon umummilliy harakati doirasida tumandagi tadbirkorlik sub'ektlarining maydonlarida manzarali daraxt ko'chatlari ekish ishlari bilan tanishildi. Tadbirkorlar bilan birga ko’chat ekish ishlarida faol bo’ldi. Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube  | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram