Forwarded from Karakalpakstan.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Тарихда илк бор қорақалпоқ тили БМТ минбарида янгради

Саида Мирзиёева сув масалалари бўйича БМТ анжуманида шоир Иброҳим Юсуповнинг элегиясидан бир парчани қорақалпоқ тилида ўқиб берди.

Тоғлар чўкиб, ерга кирмаган чиқар,
Юлдузлар ҳам бирдан сўнмаган чиқар.
Бу дунё ҳечқачон кўрмаган чиқар
Бир майдонда денгиз қуриб қолганин.
Тутыныў базарларында баҳалардың турақлылығын тәмийинлеўге байланыслы қосымша илажлар ҳаққында

Истеъмол бозорларида нархлар барқарорлигини таъминлашга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида

О дополнительных мерах по обеспечению стабильности цен на потребительских рынках


Қарақалпақстан Республикасы Жоқарғы Кеңесиниң Мәлимлеме хызмети

Каналға ағза болыў:
@joqargikenes
#Asalari boqish va asal olish daromad manbai
#Tabiatning turfa ne'mati

Dunyoda asalarilarning 20 mingdan ortiq turiga ta'rif berilgan ekan. Asalari boqish va asal yetishtirishning ham o'ziga yarasha sir-sinoati bor. Asal ming dardga davoligi bilan ayniqsa xalq tabobatida kundalik iste'molda ko'p ishlatiladi. Xalqimiz, asalarini yetti xazinaning biri, deb hisoblaydi. Haqiqatan ham shunday. Bu mitti hasharotning foydasi juda katta.

Asalari zahri, suti, propolisi, gulchangi ko'pgina xastaliklarga davodir. Arilar sayyoramiz bio xilma-xilligining asosiy tarkibiy qismlaridan bo'lib, inson ekologiyasida hayotiy muhim o'rin egallaydi. Hisoblanishicha dunyodagi jami oziq-ovqatning uchdan bir qismi arilarning changlantirishiga bog'liq ekan.

Asalari oilasining asal berish miqdori va sifati turli omillarga bog'liq. Umuman bitta asalari oilasi uy sharoitida o'rtacha 15–20 kg. gacha asal bera oladi. Agar asalari oilasi to'g'ri parvarishlansa undan ham ko'p asal olish mumkin. Bular albatta, ularni serasal o'simliklar joylashgan joyga ko'chirib turishga va asalari zotiga bog'liqdir. O‘zbekistonda o‘simliklarning gullashi, odatda erta ko‘klamda boshlanib, kech kuzgacha davom etadi.
Asalari boqib asal olayotgan va daromad ko'rayotganlar Beruniy tumanida ko'pchilikni tashkil etadi. Tumanda 8 ta asalarichilikka ixtisoslashgan fermer ho'jaliklari mavjud. Ayni kunlarda o'simliklar va mevali daraxtlarning gullashi natijasida asalari qutilari ko'chirilish jarayonida.

Ichki bozordagi asal narxi 60 mingdan 100 ming so'mgacha rastalarda sotilayotgan bo'lsa, asalari yetishtirish daromad manbai hisoblanadi. Mavsum davomida 2-3 marotaba hosil olinadi.
Beruniy tumanida 2023 yilda jami 71 tonna asal yetishtirilishi rejalashtirilgan. Shundan aholi tomonidan 45 tonna asal yetishtiriladigan bo'lsa, fermer ho'jaliklari tomonidan 20 tonna asal yetishtiriladi. Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#Beruniy tumanida press tur
#Tomorqa daromad manbai

Namunali tomorqachining yeri xavas qilarlik darajada. Uy oldidagi mo'jaz yerdan foydalanib daromad olayotgan, oila a'zolariga mehnatni o'rgatayotgan Birlik mahalla fuqarolar yig'inidagi Yo'ldosh Narimbetovning tomorqasida bo'ldik. 8 farazndning otasi mexnatning ortidan bugun o'z yutuqlari bilan maqtansa arziydi.

Oliy toifali ingliz tili o'qituvchisi bo'lsa ham, umri davomida dehqonchilik qilish, mehnat ortidan daromad olishni muhim hisoblagan. 32 nafar oila a'zolari tomorqada yetishtirilayotgan dehqonchilikning sir-sinoatini o'rgangan. Asosan issiqxonada turli ko'chatlar yetishtiradi, bundan tashqari tomorqada erta bahordan karam, bodiring, rediska ekiladi hamda birinchilardan yangilik sifatida bozorga olib chiqadi.
Tomorqa egasi bilan suhbatimiz davomida erta pishar tarvuz tuxumlarini Qashqadaryo, Buxoro va Xorazm viloyatlariga buyurtma asosida yetkazib berayotganini aytib o'tdi. Hozirda issiqxonada bodiring, pamidor, karam, bulg'or qalampiri, baqlajon, gul ko'chatlari, qovun, tarvuz ko'chatlari yetishtirilmoqda.

Daniya davlatidan keltirilgan karam 2-3 kilogramgacha og'irlik bosadi, sifati yaxshi deya ta'rif berib o'tdi. Har bir niholga alohida urg'u berib, ularni nomma-nom atayotgan Yo'ldosh bobo yon qo'shnilarini ham shu mexnatga o'rgatgan. Bir ko'chada 12 ta xonadon issiqxonada ko'chat yetishtiradi. Daromadning ortidan hususiy bolalar bog'chasini ishga tushirgan. Agar kuch-quvvatim yetib tursa, ingliz tiliga ihtisoslashgan hususiy maktab ochishni reja qilganman deya ezgu niyatlarini bildirib o'tdi. Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram