#Yoshlar siyosati amalda

#Yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Beruniy tumani 1-sektor hududidagi, Abay OFY da “Yangi O'zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida yoshlar festivali tashkil etildi. Turli sport tadbirlari, ko'ngilochar tomoshalar yoshlarning bayram kayfiyatini ko'tardi.

#Yosh qizlarimiz rassomchilik ko'rgazmasida qatnashib, o'z qobiliyatlarini rasmlarda aks etgan bo'lsa, sport musobaqalarida asosan o'g'il bolalar ishtirok etdi. Stol tennisi, arqon tortish, tosh ko'tarish va armresling (qo'l qayirish) da faol ishtirok etib, g'olib bo'lgan jamoalar 1-sektor rahbari, tuman hokimi A.Saparbayev tomonidan munosib taqdirlandi.

#Yoshlarga berilayotgan e'tibor va bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasidagi ezgu harakatlar davom etgan holda, tumandagi barcha mahallalarda sumalak sayli, yoshlar festivali o'tkazilmoqda. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
#So'ngi yillarda madaniyat va san'at sohasiga berilgan e'tibor sabab, katta yangilanishlar bo'layotganini barchamiz kuzatmoqdamiz.Bu borada Beruniy tumanida ham bir qancha yangiliklar mavjud.
#Tuman markazidagi madaniyat saroyi mahalliy byudjeti hisobidan 3.mlrd so'm mablag' ajratilib, 2021 yil mart oyida foydalanishga topshirildi. Bundan tashqari Tinchlik madaniyat markazi binosiga tuman mahalliy byudjeti hisobidan 477 mln so'm mablag' ajratildi. Beruniy ovul fuqarolar yig'ini hududidagi madaniyat markazini yangidan qurilish uchun “Obod qishloq” dasturiga kiritilib, 2 mlrd 623 mln so'm mablag' ajratildi va foydalanishga topshirildi.

#Yosh avlodga madaniyatni targ'ib etish va o'rgatishda zamonaviy tipda qurilgan ko'ngilochar madaniy joylarning o'rni alohida.
Bayram tadbiri kontsert dasturi bilan yanada dillarni hushnud ayladi.

#Sohada xizmat qilayotgan barcha yurtdoshlarimizni bayram bilan tabriklaymiz.Kasb bayramingiz muborak bo'lsin.
🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
“Bo'zatov fest” festivalining tuman bosqichi o'tkazildi. Iqtidorli yoshlar birlashgan makon

#Yosh iqtidor egalarini kashf etish, ularni munosib rag'batlantirish maqsadida “Bo'zatov fest” festivali tashkil etilgan edi. Bugun festivalning tuman bosqichi madaniyat saroyida bo'lib o'tdi.

#Beruniylik yosh talantlar, festivalning mahalla va sektor bosqichlaridan yuqori o'rinlarni egallab, tuman bosqichiga yetib kelgan. Tanlovning bu bosqichidan o'tgan g'oliblar Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. G'oliblar mahsus diplom bilan taqdirlandi.

🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
#Tabriklaymiz!

#15 aprel “Madaniyat va san'at hodimlari kuni” kasb bayrami munosabati bilan Nukus shaxrida bo'lib o'tgan bayram tantanasida, Beruniy tumani Navoiy madaniyat markazi rahbari Muhiddin Qalandarov QR Vazirlar Kengashining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

#Yosh avlodga san'at sirlarini bundan keyin ham o'rgatishda, sohaga fidoiy kadrlar tayyorlashda kuch-g'ayrat tilaymiz. Kasb bayramingiz muborak bo'lsin!

🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kun qahramoni ruknidan
#Maxsus videorolik

#Yosh bilimli o'qituvchilar ta'lim dargohining misli shamchirog'i. Bugungi kun qahramoni Beruniy tumani 49-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining ingliz tili fani o'qituvchisi Shaxnoza Aminova.

#Ilm o'rganishada va o'z ustida ishlashda o'qituvchi mexnat qilishdan charchamasligi zarur.

🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
#Yosh tadbirkorlarning safi kengaydi

#Beruniy tumani “Ozod” OFY yoshlar yetakchisining bizga xabar berishicha hududda kredit olib, o'z tadbirkorligini boshlagan yosh tadbirkor yigitlar hamkorlik qilishni istayotgan fuqarolarni ish uslubi bilan tanishtirish niyatida.

#Akbar Latifboev va Muzaffar Bagimov 42 million so'm miqdorda imtiyozli kredit olib, biogumus yetishtirishni yo'lga qo'ydi. “Beruniy biogumus MCHJ” yoshlarni hamkorlikka taklif qiladi.

#Qo'shimcha ma'lumotlar uchun:
+998975611022
+998970966898 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
“Qadriyatlarimiz bebaxo boyligimiz”

#Qadriyatlar tarannumi. Turli millat vakillari istiqomat qiladigan Beruniy tumani Qizil-qal'a ovul fuqarolar yig'inida hamkor tashkilotlar ishtirokida, yoshlar o'rtasida davra suhbati va milliy raqslar tanlovi bo'lib o'tdi.

#Yosh avlodga umuminsoniylik g'oyasiga yo'g'irilgan ma'naviyatni chuqur tushuntirish, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruxida tarbiyalash, yuksak tarixiy madaniyatimizni o'rgatish muhim vazifa hisoblanadi. Tadbir davomida o'quvchilarga yaxshi bilim egallash, kitob mutolaasi, zamonaviy IT texnologiyalardan samarali foydalanish kerakligi bo'yicha ham tuman ma'naviyat bo'limi targ'ibotchilari tomonidan keng tushuntirishlar berildi. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
#Online
#besh_tashabbus_olimpiadasi
#Yosh_kitobxon_oila

Beruniy tuman Axborot kutubxona markazida "Yosh kitobxon oila" ko'rik tanlovining tuman bosqichi bo'lib o'tmoqda,

👉Ijtimoiy tarmoq sahifalarimizda bizni kuzatib borish uchun👇
Telegram | Instagram | Facebook
#Yosh rassomlarning “plyener”i...

#22-may Xalqaro bio xilma-xillik kuni munosabati bilan Beruniy tumani 6-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabi Tasviriy san'at bo'limi o'quvchilari "plyener" ya'ni, ochiq havoda rasm chizish uchun Quyi Amudaryo biosfera rezervatiga bordi.

#Baday To'qay davlat qo'riqxonasining bahorgi tarovatini mo'yqalamda chizgan yosh rassomlarning mahorati tahsinga sazovor. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt || Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
Forwarded from BERUNIY YOSHLARI (Akrom Ikramovich)
#online
#Yosh_kitobxon_oila

⚡️"Yosh kitobxon oila" tanlovining Qoraqalpog'iston Respublikasi bosqichi yakunlandi📚

Jami 30 badiiy kitob 2 ta shartdan iborat tanlov qizg'in bahlarga boy bo'ldi. Har bir oila tanlovga kuchli tayyorgarlik bilan kelganligini ko'rsata oldi.

Tanlov yakuniga ko'ra:

1-o'rin Orınbaevlar oilasi (Amudaryo tumani)
2-o'rın Darmenovlar oilasi (Nókis shahri)
3-o'rın Ismailovlar oilasi (Beruniy tumani)

👉Ijtimoiy tarmoq sahifalarimizda bizni kuzatib borish uchun👇
Telegram | Instagram | Facebook
#Beruniy_tumani
#Yoshlar_ishlari_agentligi
#Yosh_kitobxon

📚Beruniy tumanida yoshlar yetakchilari tashabbuslari bilan, "Yosh kitobxon" tanloviga targ'ibot ishlari davom qilmoqda, bundan maqsad yoshlarning kitobga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirish va ko'proq ilm olishlari maqsadida tashkil qilinmoqda.

Asosiy sovrinimiz "SPARK" avtomobili.

📌Tanlovda ishtirok etish uchun @yoshkitobxon_bot dan ro'yxatdan o'ting va o'z bilimingizni sinab ko'ring.