#YURTIMIZNING HАR BIR GOʼSHАSI OBOD MАSKАNLАRGА АYLАNMOQDА

#Prezident SH.Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirib kelinayotgan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari asosida olis-olis qishloqlarda ham bunyodkorlik ishlari avj olib, yurtimizning har bir goʼshasi obod maskanlarga aylanmoqda.

#Beruniy tumani “Polvash” mahallasida aholiga sifatli va uzliksiz elektr energiya bilan taminlash maqsadida Obod qishloq dasturi asosida 0.4-6 kV tarmoq tortilib, temir-beton tayanchlar tiklandi. Shuningdek, hududga yangidan 1 dona 100 kVA quvvatdagi transformator punkti tarmoqqa ulandi.

#Аlbatta, tumanimiz boʼylab amalga oshirilayotgan mazkur dastur asosida bajarilgan ishlarni tahlil qiladigan boʼlsak, yillar mobaynida yigʼilib qolgan turli muammolar samarali hal qilinayotganligini koʼrish mumkin. 🇺🇿Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati 📄
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram