#Aholi soni 6294 nafar bo'lgan Nayman mahallasida 4 ta maktab, 9 ta maktabgacha ta'lim tashkiloti, 1 ta oilaviy poliklinika mavjud. 3 kilometrdan ortiq tuproq yo'llarga qum-shag'al aralashmasi yotqizilib tekislandi bu ham aholi uchun bir qulaylik sanaldi.

#Mahallaning drayver sohalaridan tashqari tadbirkorlikni tashkil qilish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.Non va non mahsulotlarini tayyorlash sexi ishga tushirilib, 2 ta yangi ish o'rni yaratildi.

#Xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirish bugungi kunning talabi, shuni hisobga olgan holda 1 mlrd 910 mln so'mlik imtiyozli kreditlarni shu yo'nalishga qaratish natijasida 56 nafar fuqarolar kredit olib faoliyatini boshladi. Ushbu ajratilgan kreditlar maqsadli ishlatilishi yuzasidan monitoring ishlari xar oyda olib borilmoqda.
#Bugun
#Sayyor qabul
#1-sektor hududi

#Beruniy tumani 1-sektor hududi Abay ovul fuqarolar yiǵini hamda Nayman mahallasi fuqarolari uchun 1 va 2-sektor rahbarlari va korxona tashkilot rahbarlari ishtirokida sayyor qabul bólib ótdi.

#Aholi tomonidan kelib tushgan ichimlik suv quvurini ta'mirlash, Abay OFY hududidagi uzunligi 560 metr bólgan ichki tuproq kóchaga qum shaǵal aralashmasi yotqizish ishi, eski kóprikni ta'mirlash ishlarini sektor rahbarlari tegishli mutasaddilarga topshirdi va 1 oktyabr holatiga tóliq murojaatlar hal qilinishi bóyicha vazifalar yuklatildi.

#Mazkur ishlarning amalga oshirilishida jamoatchilik nazoratini órnatish ham muhimligini tuman hokimi A.Saparbayev  ta'kidlab ótdi.

Tibbiy muolajaga muhtoj fuqaroning masalasi nazoratga olindi.

#Bugun bo'lib ótgan sayyor qabul davomidagi asl maqsad ham inson qadrini uluǵlash, ularga munosib sharoit yaratishga qaratilganligi bilan ahamiyatli bóldi.

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati