#Fabrika Xitoy texnologiyasi asosida qurilgan bo'lib, 2022 yilda 154 tonna pillani qayta ishlab tola holatiga keltiradi. Oldin Beruniy tumanida yetishtirilgan pilla qo'shni tumanlarda qayta ishlanib, eksportga jo'natilar edi pilla klasteri tashkil etilgach investor tomonidan texnologiya o'rnatish jarayoni boshlanib ketdi.

#MA'LUMOT O'RNIDA:
“Yashil yillik” umummilliy loyihasi doirasida Beruniy tumanida tutzorlar 524 gektarga hamda yakka qator tut ko'chatlari 1,1 mln tupga yetkazildi. Joriy yilda tumanda ipak qurti ozuqa bazasini yanada rivojlantirish maqsadida 1,6 mln tup tut ko'chatlari ekildi.

#Buning natijasida tumanda “KKR Ipak Cluster” MCHJ negizida loyiha qiymati 1,5 mln dollarlik pillachilik klasteri faoliyati yo'lga qo'yilmoqda.
#Tumanda yetishtirilgan pilla xomashyosi, ushbu korxonada, ya'ni tumanning o'zida qayta ishlanib yiliga 750 ming dollardan ortiq ipak mahsulotlari eksporti amalga oshirish rejalashtirilgan. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt || Instagram | Facebook | Telegram