BERUNIY_PRESS/RASMIY KANAL
8.13K subscribers
51.3K photos
6.23K videos
7 files
9.45K links
🌐Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati https://t.iss.one/Beruniytumanimurojaatbot
Download Telegram
#Senator tuman hokimi A.Saparbayev boshchiligida tuman markazida tashkil qilinayotgan yirik savdo majmuasi “AST LIDER” MCHJ faoliyati bilan tanishdi. “Savdo majmuasi” qurilishi uchun tuman markazida joylashgan SH.A.Valiy ko'chasi bo'yidagi hududdan 2.4 gektar yer maydoni ajratilib berilgan.

#Savdo majmuasi uch qavatdan iborat bo'lib, savdo shaxobchalari, ko'ngil ochar joylar, kinoteatr, kafe va restoranni o'z ichiga oladi. “AST LIDER” MCHJ tomonidan bugungi kunga qadar 37 milliard so'mdan ortiq qurilish ishlari amalga oshirilgan, jumladan:
- ikki qavatli savdo majmuasi binosi tomi bir-biriga yopishgan holda qurilgan;
- tarmoqlarning tashqi kommunikatsiyalari yotqizilgan;
- savdo majmuasi binosi atrofiga zamonaviy ko'chalarni yoritish ustunlari o'rnatildi;
- 4 dona zamonaviy favvoralar qurilgan.
Savdo majmuasi hududida:
- elektr energiyasi bilan ta'minlash transformator punkti uchun bino qurilgan;
- tashqi qismiga metall rom konstruktsiyalari qurilib, fasad plitalar o'rnatilmoqda.

Senator “AST LIDER” MCHJ bilan tashkil qilinayotgan savdo majmuasi yuzasidan quruvchilar bilan muloqot qilib, kelgusida faoliyatini kengaytirish bo'yicha takliflar berdi.
#Senator aholini uy-joy bilan ta'minlash masalalarini o'rgandi

#To'qimachi MFY hududida ko'p qavatli uy-joylarning qurilishi bilan tanishdi. Qurilish ishlarining sifatli olib borilishi, loyihalarning vaqtida amalga oshirilishi hamda mazkur uy-joylarda yaratilgan shart-sharoitlar bilan ham tanishdi.

#Beruniy tumanida 4 ta 110 xonadonga ega bo'lgan shundan, 2 tasi arzonlashtirilgan, 2 tasi yangi tartib asosidagi uy-joylar qurilib topshirilish arafasida. 2022 yilda esa 6 ta yangi tartibda ya'ni tadbirkor o'z mablag'i va bank krediti asosida uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan. Hozirgi kunda 3 ta uy-joylarning qurilish ishlari boshlab yuborilgan. #Tadbirkorlar tomonidan jami 7 ta, 2 ta 7 qavatli va 5 ta 5 qavatli yangi tipdagi uy-joylar qurilishi ham boshlandi. Mazkur uy-joylarning qurilishi tumanda aholining uy-joyga bo'lgan ehtiyojini qondirish va bu boradagi murojaatlarning kamayishiga sabab bo'ladi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tuman kesimida amalga oshirilgan ishlarni o'rganish davomida Senator M.Salimova Kat ko'chasida amalga oshirilgan ishlar bilan ham tanishdi.

#Kat ko'chasi dastur asosida 5.2 km qismida asfaltlash ishlari olib borilgan bo'lib, tungi yoritgichlar o'rnatilgan. Tuman Obodonlashtirish korxonasi hodimlari tomonidan 7600 tub manzarali daraxt va gul ko'chatlari ekilgan. Hozirda doimiy parvarishlash ishlari olib borilmoqda. 2022 yilning bahor mavsumida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tumanda 667.500 tub mevali va manzarali daraxt ko'chatlari ekilib, belgilangan reja ortig'i bilan bajarildi. Asosan katta yo'l bo'ylariga manzarali daraxt ko'chatlaridan katalpa, archa, yapon saforasi ekildi.
#Tuman hokimining 1-sektor shtabida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2021 yil 18 maydagi “Orol bo'yi hududini ekologik innovatsion va texnologiyalar hududi deb e'lon qilish to'g'risida”gi maxsus rezolyutsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida” 2021 yil 29 iyuldagi PQ–5202-son Qarori ijrosi yuzasidan Beruniy 1 va Beruniy 2 loyihalari bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar sektor rahbarlari va soha mutaxassislari bilan o'zaro kelishib olindi.
#Sayyor qabullar davomida aholining murojaatlarini o'rganish, bu yo'nalishda yangi tizim asosida mahallada murojaatlarni hal qilish bo'yicha ham ilk namuna Beruniy tumanida boshlandi. Unga ko'ra tumandagi 40 ta mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli har xaftaning juma kuni sayyor qabul tashkil etib, fuqarolarni qabul qiladi. Masalalar shu yerning o'zida hal qilinishi bo'yicha barcha choralar ko'riladi.

#Senator M.Salimova bu tizim o'zini oqlashi hamda respublikaga tatbiq etish borasida o'z fikr va tavsiyalarini berib o'tdi. Ko'p yillardan buyon infratuzilma ob'ektlari bo'yicha murojaat qilib kelayotgan bo'lib, elektr toki, yo'l masalasi aholini qiynab kelayotgan edi. Tuman hokimi va senator bu masalada o'z takliflarini bildirdi. Jami kelib tushgan 36 ta murojaatdan 11 tasi joyida hal qilinib, tushuntirish berilgan bo'lsa, mablag' talab qilinadigan masalalar nazoratga olindi.