#Yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan targ'ibot tadbirlari

👉O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PF-6166-son Farmonida 2021-yil 1-maydan boshlab barcha davlat organlarida ijroni nazorat qilish, nazorat kartotekalarini yuritish va hisobotlarni faqat “Ijro.gov.uz” tizimida amalga oshirilishi belgilangan.

Matn bilan to'liq tanishing👇👇 https://beruniy-tumani.uz/

Ijtimoiy tarmoqda bizni kuzatib boring 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Nukus tumani Beruniy va To'rtkul tumanlarida pora bermoqchi bo'lgan fuqarolar ushlandi
#Batafsil videoda
#Jo'qorg'i Kenges deputatining o'rganishlari

#Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesiga Beruniy tumani 29-“Do'stlik” saylov okrugidan saylangan deputat Sayyora Imamova Mahtumquli ovul fuqarolar yig'inidagi nogironligi bo'lgan, boquvchisini yo'qotgan fuqarolar holidan xabar olib, ramazon oyi tuhfalarini berdi. Ularning muammolarini o'rgandi.

#Hududdagi 53-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida saylovchilar bilan uchrashib, murojaatlarini tingladi. Fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarga ko'ra, “Toza nur” aholi manzilida yashovchi fuqarolar Z.Dosimova, M.Abduraimovalar hududda elektr toki pastligi, ichki yo'llarning ta'mirtalab ahvoldaligi, oqava suv keladigan ariqlarning yo'qligi bo'yicha murojaat qildi.
#Murojaatlar bo'yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovi yuborilib, muammolarning hal qilinishi bo'yicha yordam beriladigan bo'ldi. Keyingi uchrashuv joyi Undirish aholi manzili bo'ldi. Bu yerlik aholini ham ko'p yillardan beri ichimlik suvi muammosi qiynaydi.

#2022-2024 yillarda dasturga kiritilgan bo'lsa ham, bu masala buyicha Respublika va hudud suv tarmoqlariga muddatidan oldinroq suv quvurlarini tortishda amaliy yordam so'rab, deputat so'rovi yuboriladigan bo'ldi.
#Undirish aholi manzilida yashovchi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan Doston Allamov o'zini-o'zi band qilish bo'yicha motokultivator olishda yordam berishini so'radi.

#Shuningdek, hududdagi muammolar joyiga chiqqan holda o'rganildi.Deputat murojaatlarni tinglar ekan, albatta, o'z yechimini topadigan masalalar ekanligini aholiga tushuntirdi. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
#Og'ir hudud bo'yicha Lolazor mahallasida ishlar boshlanadi

#Og'ir hudud toifasiga 2022 yilda Beruniy tumanidan Shabboz ovul fuqarolar yig'ini hamda Lolazor mahallasi kiritilgan. Beruniy tumani prokurori, 2-sektor rahbari M.Atadjanov va hududdagi hokim yordamchisi D.Abdullaev mahalla aholisi bilan uchrashib, og'ir hudud bo'yicha bajariladigan ishlarni batafsil tushuntirdi.

#Asosan tuproq yo'llarga qum-shag'al aralashmasi yotqizilib, yo'llar tekislanadi, ichimlik suvi, elektr energiya, telekommunikasiya tarmoqlari, obodonlashtirish, shuningdek, tabiiy gaz masalalari bajarilishi tushuntirildi.

🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube