#Yoshlar siyosati amalda

#Yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Beruniy tumani 1-sektor hududidagi, Abay OFY da “Yangi O'zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida yoshlar festivali tashkil etildi. Turli sport tadbirlari, ko'ngilochar tomoshalar yoshlarning bayram kayfiyatini ko'tardi.

#Yosh qizlarimiz rassomchilik ko'rgazmasida qatnashib, o'z qobiliyatlarini rasmlarda aks etgan bo'lsa, sport musobaqalarida asosan o'g'il bolalar ishtirok etdi. Stol tennisi, arqon tortish, tosh ko'tarish va armresling (qo'l qayirish) da faol ishtirok etib, g'olib bo'lgan jamoalar 1-sektor rahbari, tuman hokimi A.Saparbayev tomonidan munosib taqdirlandi.

#Yoshlarga berilayotgan e'tibor va bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasidagi ezgu harakatlar davom etgan holda, tumandagi barcha mahallalarda sumalak sayli, yoshlar festivali o'tkazilmoqda. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
#So'ngi yillarda madaniyat va san'at sohasiga berilgan e'tibor sabab, katta yangilanishlar bo'layotganini barchamiz kuzatmoqdamiz.Bu borada Beruniy tumanida ham bir qancha yangiliklar mavjud.
#Tuman markazidagi madaniyat saroyi mahalliy byudjeti hisobidan 3.mlrd so'm mablag' ajratilib, 2021 yil mart oyida foydalanishga topshirildi. Bundan tashqari Tinchlik madaniyat markazi binosiga tuman mahalliy byudjeti hisobidan 477 mln so'm mablag' ajratildi. Beruniy ovul fuqarolar yig'ini hududidagi madaniyat markazini yangidan qurilish uchun “Obod qishloq” dasturiga kiritilib, 2 mlrd 623 mln so'm mablag' ajratildi va foydalanishga topshirildi.

#Yosh avlodga madaniyatni targ'ib etish va o'rgatishda zamonaviy tipda qurilgan ko'ngilochar madaniy joylarning o'rni alohida.
Bayram tadbiri kontsert dasturi bilan yanada dillarni hushnud ayladi.

#Sohada xizmat qilayotgan barcha yurtdoshlarimizni bayram bilan tabriklaymiz.Kasb bayramingiz muborak bo'lsin.
🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati