Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Beruniy tumani
#Murojaat

Beruniy tumani hokimi Atabek Saparbayevning tuman aholisiga murojaati https://t.iss.one/beruniy_news
#Sport yangiliklari

2022 yilning 17-20 fevral kunlari sportning "Usmanov Kombat systems" turi bo'yicha Andijon viloyatida O'zbekiston chempionati bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Beruniy tumani bolalar o'smirlar sport maktabidan bir guruh sportchilar murabbiy Saparmurod Saxiev boshchiligida chempionatda ishtirok etish uchun jo'nab ketdilar. Sportchilarga omad tilab qolamiz.

🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
#Sport xabarlari

Bolalar va o'smirlar sport maktabi hamda Leader Karate club sportchilari Karate WKF turi bo’yicha joriy yilning 18-20 fevral kunlari Qirg'iziston davlati Bishkek shahrida bo'lib o'tadigan Xalqora nufuzli musobaqaga murabbiy Jayxun Ametov boshchiligida jo'nab ketdi. G'oliblik uchun tatamiyga chiqishga tayyorgarlik ko'rayotgan beruniylik sportchilarga omad yor bo'lsin.

🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
Президент ҳузуридаги йиғилиш бошланди.

“Сўнгги беш йилда мамлакатимизнинг ташқи савдо айланмаси 2 баробарга - 2016 йилдаги 24 миллиард доллардан 2021 йилда 42 миллиард долларга ошди.

Божхона тизими мамлакатимизни жаҳон иқтисодиётига боғлайдиган кўприк ҳисобланади.

Бу тизим тўғри ва очиқ-ошкора ишламаса, тадбиркорлик, инвестицияга тўсиқ бўлади ҳамда аҳолининг норозилигини келтириб чиқаради.

Шунинг учун бу соҳада 2019 йилда катта ислоҳотларни бошладик”, деди Президент йиғилиш аввалида.

Жумладан:

- божхона постларида “яшил йўлак”лар жорий этилиб, ҳозирда улар орқали 95 фоиз йўловчи ва 75 фоиз юк ўтмоқда;

- аввал 12 та идорадан олинган 60 турдаги рухсатномалар “ягона дарча” орқали электрон шаклга ўтказилди;

- натижада божхонада юкларни расмийлаштириш вақти 10 баробаргача қисқарди.
Божхона тизими пастдан бошлаб, энг юқори бўғингача ўзгариши керак– Президент.

Беш йиллик Тараққиёт стратегиясида экспортни 30 миллиард долларга, хорижий туристлар сонини 7 миллионга етказиш белгилаб олинган.

“Бу катта марралар. Бунинг учун, божхона тизими пастдан бошлаб, энг юқори бўғингача ўзгариши керак.

Топшириғимга кўра, қўмитанинг янги раиси бевосита постларда ходимлар, аҳоли ва тадбиркорлар билан юзма-юз гаплашиб, ҳар бир масалани ичига кириб ўрганди.

Вилоят ҳокимлари бир нарсани аниқ тушуниши керак. Божхона постлари давлатимиз юзи, биринчи таассурот ҳам айнан божхонадан бошланади.

Божхона постига қараб, ҳар бир ҳокимнинг маданиятига баҳо берилади. Улар атрофида равон йўллар, экилган манзарали дарахт ва гуллар, аҳоли учун қулай шароитлар бўлиши шарт”, деди давлатимиз раҳбари.
Йиғилишда мамлакатимиздаги айрим божхона постлари ичимлик ва электр энергияси билан таъминланмагани, уларга олиб борувчи йўллар таъмирталаб эканлиги, бу аҳолининг ҳақли эътирозларига сабаб бўлаётгани қайд этилди.

Шу муносабат билан Президент ҳар бир чегара божхона постида манзилли ишларни амалга ошириш вазифасини қўйди.

Ҳокимларга авваламбор йўловчиларнинг 90 фоизи, юк автомобилларининг 70 фоизи ўтадиган 22 та чегара постига олиб борувчи йўллар ва бошқа инфратузилмани яхшилаш юзасидан кўрсатма берилди.

Шунингдек:

- “Дўстлик” ва “Яллама” постлари олди ҳудудларида ташқи савдо марказларини ишга тушириш;

- “Олот” постига туташ ҳудудда логистика, сервис ва бошқа инфратузилма объектларини ташкил этишни бошлаш;

- 1 апрелга қадар Самарқанд халқаро аэропортида, кейинчалик барча аэропортларда “божхоначисиз назорат” тизимини ишга туширишга топшириқ берилди.
Hokim yordamchisining tashabbusi

Beruniy tumani Lolazor mahalla fuqarolar yig'ini hokim yordamchisi Davronbek Abdullaev baliqchilik kooperatsiyasini tashkil qilish buning uchun sun'iy ko'llarning baliq sig'imlarini o'rganib chiqib yiliga 50 ming tonna baliq yetishtirish bo'yicha loyihalarni ishlab chiqmoqda. Bu orqali mahalliy bozorlarni arzon baliq mahsulotlari bilan ta'minlash, sohani rivojlantirish orqali aholining daromadini oshirish, ish o'rni yaratish masalalari ham o'z yechimini topadigan bo'ldi. Shuningdek, aholi xonadonlarida parrandachilikni rivojlantirish bo'yicha ham o'rganishlar olib bordi. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
#Targ'ibot tadbirlari

Beruniy tumani Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limi boshlig'ining birinchi o'rinbosari P.Razzakova va tuman targ'ibot guruhi vakillari bilan birgalikda, 2-son kasb-hunar maktabida o'quvchi qizlar o'rtasida erta turmushning salbiy oqibatlari bo'yicha davra suhbati bo'lib o'tdi.

O'z vaqtida ilm egallash, kasb-hunarli bo'lish ayniqsa, qiz bolalarning hunar sirlarini o'rganishi kelajakda foydali ekanligi tushuntirildi. Kasb-hunar maktabi direktori, deputat Q.Shukurllaev va targ'ibot guruhi a'zolari odob-ahloq qoidalari, ota-onaga hurmat, balog'ot yoshidagi tarbiyaning muhim jihatlari haqida dunyoviy va diniy misollar bilan tushuntirishlar berdi.

P.Razzakova tashabbusi bilan boshlangan davra suhbatlari tumandagi ta'lim muassasalarida davom etadi. Endilikda shifokorlar va psixologlarni ham bu jarayonga jalb qilish rejalashtirilgan. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
#Bookie
#Audiokitaplar

Siz ushın "Bookie" qaraqalpaq tilinde audiokitaplar platformasınıń Youtube'taǵı rásmiy kanalımızdı ashtıq hám házirgi waqıtta 4 videonı jaylastırdıq.
Tómendegi siltemeler arqalı qálegen videońızdıń ústinen basıp audiokitaplarımızdı tıńlasańız boladı.

👉 Kanalımız: https://youtu.be/HgbT5ynr0Sw

👉 https://youtu.be/P8gPErrph1A

👉 https://youtu.be/9doIQrUe-a4

👉 https://youtu.be/l7fG_e6hzRk

Tınlań hám jaqınlarıńızǵa tarqatıń!

👉 @bookie_audiokitaplar

Ózgeshe |Kreativ |Tez
Forwarded from Karakalpakstan.uz
«Жасыл мәкан» акциясына белсене қатнасыўға шақырамыз

Үлкемизге бәҳәр паслы кирип келиўинеде санаўлы күнлер қалды. Жаңаланыў ҳәм жасарыў мәўсими алдынан ҳәр бир ўатанласымызды өзиниң жасап турған аймағын, көшесин ҳәм мәҳәллелерди абаданластырыўға ҳәм көклемзарластырыў мақсетинде «Жасыл мәкан» акциясына белсене қатнасыўға шақырамыз.

19-20 февраль күнлери болып өтетуғын «Жасыл мәкан» акциясы күнлери халықтың, әсиресе, жаслардың санасында «Абадан турмыс кеўилден басланады»деген түсиникти терең сиңдириў, өз үйин, мәҳәллесин таза, азада сақлаў, абат болыўына үлесин қосыў, бул процесслерге жәмлескен ҳалда, жәмәәт болып қатнасыў үлкен әҳмийетке ийе.

«Жасыл мәкан» акциясы 19-20 февраль күнлери республикамыздың ҳәр бир аймағында, ҳәр бир мәҳәлле ҳәр бир көшеде болып өтеди.

Каналға ағза болыў: https://t.iss.one/QResMinistrlerKenesi
Imkoniyati cheklangan fuqarolar e'tiborda

Og'ir hudud aholisining holidan xabar olish, murojaatlarini o'rganish, ular bilan doimiy suhbat jarayonida bo'lish sektor rahbarlarining asosiy vazifasidir. Beruniy tumani hokimi, 1-sektor rahbari Atabek Saparbaev Oltinsoy ovul fuqarolar yig'inida yashovchi 2005 yilda tug'ilgan, imkoniyati cheklangan Jaxongir Sheripbaevning holidan xabar olib, unga elektr yuritmali kreslo aravacha berdi. Jaxongir tug'ma imkoniyati cheklangan hozirda uy sharoitida 10-sinfda tahsil oladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yyuil 9 avgustdagi PQ-5217-son qarorga asosan elektr yuritmali kreslo aravachalar chet davlatdan olib kelingan.

Beruniy tumaniga 8 dona keltirilgan bo'lib o'z arizalariga ko'ra egalariga topshirilmoqda. Tuman hokimi oilaning ahvolini o'rgandi, shuningdek, Jaxongirga noutbuk berishni va'da qildi. Ota-onaning eng katta orzusi farzandining mustaqil ravishda harakatlanishini ko'rishdir. Bugun esa Jaxongirning onasi shu quvonchlarini yashira olmadi. Davlatimiz tomonidan aholining kuchli ijtimoiy himoyasiga asoslangan siyosat yuritishining negizida fuqarolarning salomatligi, yaxshi yashashga bo'lgan haq-huquqining to'laqonli kafolatlanishi bilan ahamiyatlidir. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
#Mahalla hayotidan

«Har bir oila tadbirkor» yo'nalishi bo'yicha kredit olgan Beruniy tumani Navoiy OFY da yashovchi ayollar YU.Reyimboeva va Z.Urinovalar asalarichilik yo'nalishida o'z ishlarini boshlashni maqsad qilgan.

Endilikda kredit mablag'lari ajratilib, asalari qutilari keltirib berildi. Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash tuman bo'limi boshlig'i J.Shamuratov hamda mahalla raisi o'zini-o'zi ish bilan band qilganligi bo'yicha xonadon egalariga tushuntirishlar berdi. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
#Odamlar hayotidan
📌Bizga kelgan xabarlar

👉Aholining o'zaro birgalashib, og'izbirchilikda ish qilganligini ko'rsangiz mehr-oqibat tuyg'ulari bor ekan deysiz. Bugunning o'zida shunday holatdan ikkitasiga guvoh bo'ldik.

Agar hohish va istak bo'lsa, hamma narsani uddalasa bo'ladi. Shabboz mahallasi Kepakli qal'a ko'chasi fuqarolari birgalashib ko'chasiga xashar yo'li bilan qum-shag'al aralashmasi yotqizgan bo'lsa, Tinchlik ovul fuqarolar yig'ini Paxtakor aholi manzilida aholining xashar yuli bilan olgan transfarmator punktini elektr tarmog'iga ulash jarayoni amalga oshirildi. El odamlarining birdamligida gap ko'p.

🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube