Abu Rayxon Muxammad ibn Axmad al Beruniy tavalludiga 1048 yil to'ldi
Bugun buyuk qomusiy olim Abu Rayxon Muxammad ibn Axmad al-Beruniy tavalludiga 1048 yil to'ldi.

973 yilning 4-sentyabr kuni Kat shaxrida(xozirgi Beruniy tumani) dunyoga kelgan buyuk qomusiy olim Abu Rayxon Beruniy 160 dan ortiq asarlar muallifi. Buyuk ajdodimizdan bizgacha “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” “Minerologiya” “Geodeziya” “Hindiston” asarlari yetib kelgan.
Beruniy bobomiz o'zidan keyingi avlodga qarib 10 asr o'tsa hamki o'chmas iz qoldiruvchi bebaho asarlar yozgan.Beruniyni chinakam o'rta asrlar Sharqining ilm-fan qomusiy olimi desak mubolag'a bo'lmaydi. Amerikalik tarixchi Djon Sarton buyuk olim haqida: “Astronomiya va matematika, astrologiya va jo'g'rofiya, antropologiya va etnografiya, arxeologiya va falsafa, botanika va minerologiya uning buyuk nomisiz qashshoqlashib qolgan bo'lardi” degan.

Uning asarlari nihoyatda ko'p, yetuk va ishonchlidir. XIX asrdan boshlab Yevropa va Osiyo mamlakatlarida Beruniy merosi bilan qiziqish yanada keng tus oldi. Uning asarlari lotin, fransuz, ital`yan, nemis, ingliz, fors, turk tillariga tarjima etila boshlangan. Bugungi kunda qomusiy olimning asarlari o'zbek tilida tarjima qilingan. Fan sohasida Beruniy nomidagi Davlat mukofoti ta'sis etilgan.

Tumanimizda Abu Rayxon Beruniy nomi bilan atalgan, atrofi 16 gektardan iborat bo'lgan muzey majmua qurilishi davom etmoqda. “Beruniy avlodlari” jamg'armasi 2008 yilda tashkil qilingan bo'lib, yosh avlod ist'edodlarini yuzaga chiqarish, fan-ta'lim sohasini yanada yuqori bosqichga ko'tarish borasidagi ishlarni rivojlantirishga qaratilgandir.
Bundan tashqari Beruniy tumani hokimligi muassisligidagi “Tamaddun nuri” ilmiy jurnalida ensiklopedist olimning asarlaridan har sonida 3 tilda (o'zbek, rus va ingliz tilida)parchalar chop etiladi. Yosh beruniyshunos olimlarning tadqiqotlari, ilmiy maqolalari berilib boriladigan ilmiy, ijtimoiy-falsafiy, madaniy-ma'rifiy, adabiy-badiiy jurnalning bugungi kundagi ahamiyati yuqoridir.

Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati.
“ULUG'LIKNING BOSH BELGISI ONA VATANNI SEVISHDIR”
ABU RAYXON BERUNIY

Abu Rayxon Beruniy tavalludiga 1048 yil to'lishi munosabati bilan Beruniy tumanida tadbir tashkil etildi. 973-1048 yillarda yashab ijod etgan alloma Qadimgi Xorazmning poytaxti Kat shaxri hozirgi Qoraqalpog'iston Respublikasi Beruniy tumanida tug'ilgan. Har yilgi an'anaga muvofiq, bu yil ham Abu Rayxon Beruniy tavalludiga bag'ishlangan sana keng jamoatchilik tomonidan nishonlandi.

Buyuk olimning ramziy qabri o'rnatilgan Beruniy muzey-majmuasida tuman hokimligi, faxriy nuroniylar ishtirokida Qur'oni Karim tilovat qilindi. Alloma xaykali o'rnatilgan hiyobonda yoshlar va faxriy nuroniylar, tumandagi korxona-tashkilot rahbarlari ishtirokida gulchambar qo'yilib, bobokalonimiz siymosiga hurmat bajo keltirildi.