“Til-millat g'ururi”.
1-Dekabr Qoraqalpoq tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun

Buyuk qoraqalpoq shoirlarining jon tili, ona tili bo'lgan qoraqalpoq tiliga Davlat tili maqomi berilganiga 35 yil to'lishi munosabati bilan Beruniy tumanida bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

Tadbirni Beruniy tumani hokimi oʻrinbosari A.Qurbaniyazov bayram tabrigi bilan ochib berdi.

2023-2024 o'quv yilida umumiy o'rta ta'lim maktablarida qoraqalpoq tilidan dars berib, yuqori natijalarga erishgan bir guruh ustozlar tuman hokimligi tomonidan munosib taqdirlandi.

Yosh ijod egalari boʻlgan maktab o'quvchilari tomonidan tayyorlangan sahna koʻrinishlari barchada katta taassurot qoldirdi. Madaniyat xodimlari ishtirokida tayyorlangan musiqali chiqishlar barchaga manzur bo'ldi. Har bir millatning belgisi ona tili mangu yashayversin. Bayram barchaga muborak boʻlsin.

Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Veb sayt | 🔴 YouTube  | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram