Qadimdan yurtimiz davlatchiligida bayroq ajdodlarimiz uchun ozodlik, kuch-qudrat, jasorat, g'alaba timsoli bo'lgan. Sohibqiron Amir Temur saltanatida davlat tug'i adolat, buyuk kuch-qudrat ramzi hisoblangan. Jangu jadallarda yuksak mardlik va jasorat belgisi sifatida eng kuchli bahodirlarga hadya qilingan.

Davlatimiz bayrog'i O'zbekiston Respublikasi rasmiy delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga safarlari chog'ida, xalqaro tashkilotlarda, konferentsiyalarda, xalqaro ko'rgazmalarda, mamlakatimiz vakillari qatnashayotgan xalqaro ahamiyatga molik tadbirlar, sammitlar, anjumanlar, sport musobaqalarida bayrog'imiz baland ko'tariladi. Bularning barchasi Vatanimiz sha'ni, xalqimiz g'urur va iftixorining yorqin ifodasidir.

Bugun Beruniy tumanida davlat ramzi qabul qilingan kunga bag'ishlab o'tkazilgan tadbirda tuman hokimligi mas'ullari,sektor rahbarlari, deputatlar ishtirok etdi.Bayram
tabrigi oʻqib eshittirildi. Sport yoʻnalishida yuqori natijaga erishgan bir guruh yoshlar va ularning murabbiylari munosib taqdirlandi. Bayram konsert dasturi bilan davom etdi.

Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Veb sayt | 🔴 YouTube  | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
15-noyabrdan 15-dekabrgacha "Yongʻin xafvsizligi oyligi"

Beruniy tumani Favqulodda vaziyatlar bo'limi tomonidan tuman hududida joylashgan Ixtisoslashtirilgan maktab o'qituvchi va o'quvchilari bilan kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan yong'inlar, is-gazidan zaxarlanish va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini
olish borasida muhokama uchrashuvi o'tkazildi.