#KUN FOTOSI

Imona Dadaboeva
Bolalikning eng beg'ubor davri. Yoshlikda olingan bilim toshga o'yilgan naqshdir...
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kun videosi

Xalq xizmatidagi Ichki ishlar xodimlari.

Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Veb sayt | 🔴 YouTube  | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#Kun mavzusi
Migratsiyadan qaytgan yoshlarning bandligi ta'minlanib, ularning daromadli bo'lishiga sharoit yaratildi

Shamuratov Abror 20 yoshda. Bir yildan ortiq Rossiya davlatida qurilishda ishlab kelgan bo'lib, migratsiyadan yurtimizga qaytgach dehqonchilikning sir-asrorlarini o'rgana boshladi. Beruniy tumani Turon mahalla yoshlar yetakchisining ko'magi asosida “Yoshlar daftari” ga kiritilib, PQ-153-son qaror asosida “E auksion” platformasi orqali Abrorga 30 sotix yer maydoni 30 yilga ijara shartnomasi bilan dehqonchilik qilish uchun ajratib berildi.

Takroriy ekinga kungaboqar ekilib, hozirda o'zi bilan tengdosh yoshlar birgalikda hosil parvarishini olib bormoqda. Afzalligi kungaboqar 80-140 kunda pishib yetiladi, o'z vaqtida agrotexnik tadbirlari olib borilsa yaxshi yetilishini ta'minlaydi. A.Shamuratov Prezidentimizning yurtimiz yoshlariga yaratib berayotgan sharoitidan xursand. Ona yurtda mexnat qilib, oilaviy daromadga hissa qo'shsa bo'ladi deya aytib o'tdi. Bu bilan cheklanib qolmasdan daromadli ishlar bilan shug'ullanishni maqsad qilgan.

Ma'lumot o'rnida:

Turon mahallasida 1248 nafar yoshlar mavjud bo'lib, ularning 20 nafariga PQ-153-son qaror asosida yerlar ajratilib “Bir kontur, bir mahsulot” tamoyili asosida moyli va poliz ekinlari takroriy ekinga joylashtirilgan. Shuningdek, yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo'yicha ham tizimli ishlar yo'lga qo'yilgan.
Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Veb sayt | 🔴 YouTube  | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#Kun fotosi

Tabiatni yoshlikdan asrayman men bog' yaratishni boshladim.