#kóshpeli_kadastr
Búgingi kúnde mámleketimizde insan mápleri joqarı qádiriyat dárejesine kóterilgen bolıp, bunda barlıq ilajlar tiykarında puqaralardıń mashqalaların úyreniw hám saplastırıw, nızamlı máplerin támiyinlew jolında tiyisli ilajlar kórilmekte.

Usınday ilajlardan biri Beruniy rayonında «Máhellebay» sistemasında ámelge asırılıp, rayondaǵı «Nayman» MPJ aymaǵında kóshpeli kadastr xızmetleri kórsetildi.
Onda, aymaqtaǵı kóshpes múlk iyeleri menen ushırasıw shólkemlestirilip, kadastr hújjetlerin rásmiylestiriw boyınsha túsinik jumıslar alıp barıldı.

Ótkerilgen kóshpeli kadatr xızmetlerinde 50 múlkdar múrajat etken bolsa, sonnan 13 múlktıń kadastr pasportların rásmiylestiriw boyınsha arza qabıl etildi, mámleketlik dizimnen ótkeriw boyınsha 5 arza qabıl etilgen bolsa, jáne 5 arza tiykarında sol orında kóshpes múlk mámleketlik dizimnen ótkerildi. Qalǵan múrájatları boyınsha múlkdarlarǵa huqıqıy túsinik berildi.

Qaraqalpaqstan kadastr
Telegram | Instagram  | Facebook | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Birinchilar qatorida g'alla hirmoniga hissa qo'shganlar
Beruniy tumani “Akrom” fermer ho'jaligi g'alla topshirish rejasini bajardi.
📣DIQQAT E'LON!!!

👉Maxtumquli OFY Yoshlar yetakchisi Merjenay Durdibayeva tashabbusi bilan 
Maxtumquli ovul fuqarolari yigʻini yoshlari o'rtasida "Mini-futbol", "Shaxmat", "Voleybol"  va "Rasmlar tanlovi"    bo'yicha "Yangi O'zbekiston yoshlari birlashaylik" shiori ostida musobaqalar  o'tkaziladi.

⚽️⚽️⚽️ 1. "Mini futbol"
turidan 2023 yil 23-iyun kuni "Maxtumquli" OFY dagi 53-maktab  orqa tarafidagi yashil qoplamali maydonda (gazon) soat 20:00da boshlanadi. Musobaqada 14 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar ishtirok etishi mumkin.

🏐🏐🏐5. "Voleybol" turidan 2023 yil 26 iyun kuni "Maxtumquli" OFY dagi 2-sonli umumtalim maktabida soat 09:00da boshlanadi. Musobaqa 14-30 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasida  bo'lib o'tadi.

6. "Shaxmat" turidan 2023 yil 26 iyun kuni Maxtumquli madaniyat markazida soat 09:00da boshlanadi. Musobaqa 7-30 yosh toifasida  o'rtasida o'tkaziladi.

🎨🎨🎨8. "Rasmlar tanlovi"  2023 yil 26 iyun kuni Maxtumquli madaniyat markazida soat 09:00 da boshlanadi. Tanlovda  30 yoshgacha boʻlgan barcha yoshlar ishtirok etishi mumkin.

🎸🎸🎸Yoshlarning sevimli ijodkoriga aylanib ulgurgan Sherzodbek Erkabayev ijrosida gitara bilan jonli tarzda ,, karaoke" da ashulalar ijro qilinadi.

🎤🎤🎤 Gʻoliblarni taqdirlash hamda  katta ,,Gala konsert" 19:00 da oʻtkaziladi.


📣 Mahallamizdagi barcha  yoshlarni "Yangi O'zbekiston yoshlari birlashaylik" shiori ostida o'tkaziladigan musobaqalarda faol ishtirok etishlariga chorlab qolamiz.

📌 G'oliblar diplom va  esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi!!! 🏆
🥇🥈🥉🎁🖼

Murojaat uchun telefon: +998-97-357-99-03.
“Ularning hayoti biz uchun ibrat” shiori ostida Abu Rayhon Beruniyni hayoti hamda ixtirolariga bag'ishlangan seminar bo'lib o'tdi.

Seminarda buyuk alloma Abu Rayxon Beruniy tavalludining 1050 yilligiga bag'ishlangan tadbirlarni keng turda tashkil etish, olim ixtirolarining jaxon tamadduni rivojida tutgan o'rni haqida seminar ishtirokchilariga ma'lumot berildi. Allomaning ilmiy-falsafiy asarlarining bugungi ahamiyati, yosh avlodga ta'lim-tarbiya berishda ham o'z o'rniga ega. 👉Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube  | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#SPORT YANGILIKLARI
“Hokim kubogi” uchun futbol musobaqalari

Mamlakatimizda iyun oyi “Yoshlar oyligi” munosabati bilan Beruniy tumanida ham yoshlar bilan birgalikda turli tadbirlar, sport musobaqalari va davra suhbatlari o'tkazilmoqda. Hususan, sportning futbol turidan “Hokim kubogi” uchun saralash o'yinlari o'tkazilib, maxsus sovrin kubok uchun o'yinlar qizg'in pallada davom etmoqda.

Korxona-tashkilot hodimlari o'rtasida o'tkazilayotgan futbol musobaqasining yakuniy o'yinlari 24-iyun kuni bo'lib o'tadi. G'olib jamoaga Beruniy tumani hokimining maxsus sovg'asi hamda kubok tantanali ravishda topshiriladi. 👉Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube  | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BPO MARKAZI NIMA?

Hududlarda masofaviy xizmatlarni ko'rsatishni yo'lga qo'yish, IT Eksportni ko'paytirish maqsadida Beruniy tumanida BPO center va BPO School tashkil qilindi.

Yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatdan foydalaning, IT ni o'rganing va zamonaviy kasb turlariga ega bo'ling. Markaz Beruniy tumani pochta binosining 3-qavatida joylashgan va barcha zamonaviy sharoitlarga ega. 👉Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube  | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#Bugun
Mehr va saxovat kuni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 1 iyundagi "Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmonida har haftaning juma kuni “Mehr va saxovat kuni” sifatida belgilangan.

Barcha davlat organlari va tashkilotlari ehtiyojmand aholi, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda yolg‘iz keksalar holidan xabar olish, xayriya tadbirlarini o‘tkazish topshirig‘i ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar jumladan, Beruniy tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi  tomonidan, tumandagi “Qiyat” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi fuqaro Matupayeva Gulsaraga 1-guruh nogironi bo‘lganligi sababli nogironlik aravachaga zarurligi ishchi guruh tomonidan aniqlandi, shuningdek, Beruniy ovul fuqarolar yig‘inida yashovchi Sadullayeva Yodgoraga boshqa reabilitatsiya texnik vositalari yetkazib berildi.

👉Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Siz bizga keraksiz!”

Beruniy tumanida Ellikqal'a, To'rtkul, Beruniy tumanlarida istiqomat qiluvchi eshitish va gapirish qobiliyati cheklangan, imkoniyati cheklangan 150 nafar fuqarolar bilan yurtimizda hech bir inson mehr va e'tibordan chetda emas, ya'ni barcha fuqarolarga davlatimiz va hukumatimiz g'amxo'rligini ifoda etuvchi “Siz bizga keraksiz!” shiori ostida hayriya tadbiri bo'lib o'tdi. 👉Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube  | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram