#Targ'ibot tadbirlari
“Konstitutsiya o'zimizniki” olis Oltinsoy aholisining faolligi

Yangilanayotgan xalq Konstitutsiyasi fuqarolarning har biriga to'liq va tushunarli yetib borishi uchun hududlarda targ'ibot tadbirlari olib borilmoqda. Hususan deputatlar, huquqshunoslar bilan birgalikda Beruniy tumani Oltinsoy OFY da keng jamoatchilikka, Bosh qomusimizga kiritilayotgan o'zgarishlar, ular aholi hayotida qanday aks etishi bo'yicha tushunchalar berdi.

Tadbirda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi deputati S.Imamova, Yuridik fanlar doktori Q.Matkarimov, Geologiya fanlari universitetining prorektori, fizika matematika fanlari doktori D.Jumabaev ishtirok etdi. Shuningdek, 2023 yil 30-aprel kuni bo'lib o'tishi belgilangan referendumda faol ishtirok etishga chaqirdi. Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
«Yangi konstitusiya - xalq dardiga quloq soluvchi davlat asosi!»

#Targ'ibot guruhi a'zolari beruniylik “Oqila ayollar” harakati vakillari bilan uchrashdi.

Beruniy tumanidagi Axborot kutubxona markazida Xotin-qizlar faollari, Oqila ayollar va ko'chaboshi xotin-qizlar ishtirokida seminar trening bo'lib o'tdi.

Tadbirda xotin-qizlarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar va bo'lajak referendumga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish bilan bog'liq chora-tadbirlar to'g'risida tushunchalar berildi.

Yangi tahrirdagi Konstitusiyaning qabul qilinishi “Inson qadri uchun” tamoyili asosida xalq farovonligini yanada oshirish, davlat va fuqarolik jamiyatini jadal rivojlanishi uchun mustahkam asos bo'lishi to'g'risida batafsil tushunchalar berildi. Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#Targ'ibot guruhi a'zolari mahallalarda

Targ'ibot guruhi a'zolari Beruniy tumanidagi 1-son Oilaviy bolalar uyida ham bo'lib, bolajonlar bilan suhbatlashdi.

Davlatning otalarcha g'amho'rligi sabab, bugungi kunda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari oila bag'rida erkin yashab, ota-ona mehridan bahramand bo'lmoqda.

Oilaviy bolalar uyida o'tgan mazmunli suxbat davomida Nurlan Primbetovning ijodidan qo'shiqlar tinglandi. Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#Targ'ibot guruhi “RAYXON APPAREL” da

Targ'ibot guruhi a'zolari Beruniy tumanida tashkil etilgan “Rayxon Apparel” MCHJ tayyor kiyimlar ishlab chiqaruvchi tikuvchilik fabrikasida bo'ldi. Paхtadan tayyor mahsulot ishlab chiqarish va eksportga yo'naltirishda fabrikaning ahamiyati katta.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog'istonga tashrifi davomida ochilgan mazkur fabrika, 28.5 mlrd mablag' evaziga tashkil etilgan. Zamonaviy tikuv mashinalari bilan jixozlangan fabrikada 400 nafardan ortiq ish o'rni yaratilgan. Targ'ibot guruhi a'zolari tikuv fabrikasidagi xotin-qizlar bilan suhbatlashib, ish jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#Targ'ibot guruhi a'zolari aholi xonadonlarida

Targ'ibot guruhi a'zolari Beruniy tumanidagi xonadonlarda ham bo'lib, nuroniylarning holidan xabar oldi. O'razboy Jumaniyazov MFY da yashovchi Gulasal Yusupova xonadonida suyak yemirilishi bo'yicha murojaat qilgan va tibbiy davolanishga amaliy yordam so'ragan. G.Yusupovaning yashash sharoiti va ahvoli o'rganildi. Murojaati bo'yicha ijobiy yechim bo'lishi tushuntirildi. Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Yangi konstitusiya - xalq dardiga quloq soluvchi davlat asosi!»

#Targ'ibot guruhi a'zolari beruniylik “Oqila ayollar” harakati vakillari bilan uchrashdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Targ'ibot guruhi a'zolari mahallalarda

Targ'ibot guruhi a'zolari Beruniy tumanidagi 1-son Oilaviy bolalar uyida ham bo'lib, bolajonlar bilan suhbatlashdi.