#Yashil makon
#Beruniy tumani

#Ko'chat ekish, bog' yaratish ishlari respublikamiz bo'ylab yuqori suratlarda olib borilmoqda. Beruniy tumanidagi barcha mahalla va korxona-tashkilotlarda, ijtimoiy soha ob'ektlarida bu ishlar davom etmoqda. Beruniy tumani yo'llardan foydalanish unitar korxonasi ishchi-hodimlari tomonidan ham turli turdagi manzarali daraxt va buta ko'chatlari, qalamchalardan jami 4840 tub daraxtlar ekish reja qilingan.

Yo'l bo'ylarini saqlash maqsadida esa dolzarb 40 kunlik davomida ekish ishlari boshlab yuborildi. Tuman hokimining o'rinbosari Q.Koshanov hamda korxona rahbari U.Qalandarov óz ishchilari bilan birgalikda ko'chat ekib xayrli ishga o'z hissasini qo'shdi. Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati 📄
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
Мактабларда эртадан кузги таътил бошланади

Эртага, 4 ноябрь куни кузги таътилнинг илк куни бўлади.

Таътил 6 календарь кун, яъни 9 ноябргача давом этади.

II чорак эса 10 ноябрь, пайшанба кундан бошланади.


👉
@xushnudbek 👈
#Yerdan unumli foydalanish
#Beruniy tumani 2-sektor

#Tumandagi 2-sektor hududi Tinchlik va Sarkop OFY hududidagi umumiy órta ta'lim maktablarining hududiga kiruvchi yerlardan unumli foydalanish maqsadida yerda texnikalar yordamida surum ishlari olib borilmoqda.

Yashil makon yaratish maqsadida bu yerlarda ham mevali va manzarali daraxt kóchatlari ekilib, boǵ yaratish ishlari olib boriladi. Mazkur amaliy harakatlar 2-sektor rahbari tomonidan bajarilmoqda.

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Beruniylik yoshlar hayotidan
#Bugunning faol yoshlari

#Beruniy tumani 2-sektor hududi Navoiy OFY yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilgan ishlar

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
#Tibbiyot yangiliklari

⚡️Beruniy tumani tibbiyot birlashmasining malakali akusher ginekolog shifokorlari tomonidan
Xotin qizlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini shakllantirish va targ'ib etish borasida o'quv  seminari bo'lib o'tdi.

📌Ba'tafsil ma'lumot uchun kanalga obuna bo'ling:https://t.iss.one/Tibbiyot_birlashmasi2
#Beruniy tumani
#Onlayn
#Sayyor qabul

#Bugun Beruniy tumanida sektor rahbarlarining aholi murojaatlari bóyicha sayyor qabuli bólib ótmoqda.

Ayni vaqtda madaniyat markazida tumandagi barcha mahalla jamoalari, korxona tashkilotlar ishtirokida aholini qiynab kelayotgan masalalar bóyicha murojaatlari qabul qilinib, kórib chiqilmoqda.

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
#Tarǵibot tadbiri

Aholi faolligini oshirishda mahalladagi mas'ullar hamjihat bo‘lishlari lozim.

Beruniy tuman Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tashabbusi bilan tuman Moliya bo‘limi mas'ullari ishtirokida mahallalardagi muammolarni hal etishda "Tashabbusli byudjet" loyihasining o‘rni to‘g‘risida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔸Bo‘lim
mutaxassisi, M.Matyakubov mahalla raislariga loyiha va uning afzalliklari to‘g‘risida fuqarolarga batafsil tushunchalar berishda hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar bilan hamkorlikdagi ishlarni yanada jadallashtirish lozimligini ta'kidladi.

🔹Tuman Moliya bo‘limi mas'uli, mahalla raislarining loyihalarni dasturga joylash,ovoz berish jarayonlarida e'tibor qaratish zarur bo‘lgan jihatlar to‘g‘risidagi ko‘plab savollariga aniq va atroflicha javob berib o‘tdi.


👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati