#1-sektorda sayyor qabul
#Aholi murojjatlari ijobiy hal qilindimi?

#Beruniy tumani hokimi, 1-sektor rahbari A.Saparbayev Xorazm mahalla fuqarolari bilan ochiq muloqot shaklda sayyor qabul o'tkazdi.


#Unda aholining muammolari tinglandi. Qabul davomida aliment masalasida yordam so'ragan, kredit olishda muammolarga duch kelayotgan fuqarolarning murojaatlari hamda oqava suv masalalasi shu yerning o'zida, qabul davomida hal qilingan bo'lsa, elektr sim yog'ochlarning eskirganligi yuzasidan qilingan murojaatga bir xafta muddat belgilandi va mas'ul tashkilotga topshirildi.

#Aholi murojaatlari joyida o'rganilib, ijobiy hal qilinar ekan insonlar bugunidan rozi bo'lib yashaydi. Bu esa xalq roziligi yo'lidagi harakatlarimizning amaliy isboti bo'lib qoladi. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt || Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
#Saylov jarayonlari
#Mahtumquli ovul fuqarolar yig'iniga rais saylandimi?

Beruniy tumani Mahtumquli OFY da fuqarolar yig'inlari (raisi oqsoqoli) saylovi bo'lib o'tdi. Saylov ochiq-oshkoralik tamoyillari asosida, ovoz berish yo'li orqali aniqlandi. Sanoq komissiyasining yakuniy xulosalariga ko'ra eng ko'p ovoz bilan Sheripboy Kutiev Mahtumquli OFY raisi lavozimiga saylandi. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt || Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
#Beruniyda yana 2 ta ichki ko'chalarda asfalt yotqizish ishlari yakunlandi.


#O'tgan bir xafta muddat ichida Beruniy tumanida ichki yo'llar bo'yicha aholi murojaatiga asosan, joriy ta'mirlash va asfalt qilish ishlari olib borildi.

#Tumandagi Saroyko'l mahallasi hududidagi “Qaxramon” va “Mexr” ko'chasida jami uzunligi 800 metr bo'lgan ichki yo'llarga asfalt yotqizilib holati yaxshilandi. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt || Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
Forwarded from Hudud Inform
Эҳтиёжманд оилалардаги хотин-қизларга олий таълим муассасалари киришда давлат гранти асосидаги қабул доирасидаги танловда иштирок этиш учун тавсиянома берилади.

Тавсиянома қуйидаги мезонлар асосида берилади:

▫️
кам таъминланган оилалардаги хотин-қизлар;

▫️ тўлиқсиз оилада тарбияланаётган, яъни отаси ёки онаси ёхуд уларнинг иккаласи ҳам вафот этган ижтимоий ҳимояга муҳтож қизлар;

▫️ турмуш ўртоғи вафот этган, вояга етмаган фарзандини ёлғиз тарбиялаётган ижтимоий ҳимояга муҳтож аёллар;

▫️ ногирон фарзанди бор эҳтиёжманд оилалардаги хотин-қизлар;

▫️ 2 ва ундан ортиқ фарзандини тарбиялаётган, қариндошларидан алоҳида яшаётган ёлғиз аёлларнинг қиз фарзандлари;

▫️ ота-оналаридан бири ёки ҳар иккиси ҳам I ёки II гуруҳ ногирони бўлган эҳтиёжманд оилалардаги хотин-қизлар.

Тавсиянома олиш учун туман (шаҳар) маҳалла ва оилани қўллаб-қувватлаш бўлимларига электрон шаклда мурожаат қилинади.

https://t.iss.one/hudud_inform
Avval xabar berganimizdek 2022-yil 27-maydan 5-iyungacha sportning Muaytay turi bo‘yicha BAA Abu Dabi shaxrida Jaxon chempionati o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi! Bugun sportning Muaytay turidan Beruniy tumani bolalar o‘smirlar sport maktabi shug‘ullanuvchisi Karimov Asror ringga chiqadi! Raqibi Panamalik Ricardo Juan!
Sportchimizga omad tilaymiz!
Trener Akimbetov Doniyor!
📣DIQQAT E'LON !!!
Sportga qiziquvchi tumanimizdagi 16 yoshgacha barcha yoshlar diqqatiga!!!

📣 Beruniy tumanida 2022 yil 1-iyun kuni "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni"ga bag'ishlab bayram tadbirlar o'tkaziladi. Bayram tadbirlari doirasida sport musobaqalari ham joy olgan:

🤸‍♀️🤸‍♀️🤸‍♀️ 1. "Street Workout" turidan musobaqa 16 yoshgacha yoshlar o'rtasida o'tkaziladi.
Musobaqa "Yoshlar bog'i"da "Street Workout" maydonida Soat 09:00 boshlanadi.

🏀🏀🏀 2. "Streetbol" turidan musobaqa 16 yoshgacha o'g'il va qiz bolalar o'rtasida o'tkaziladi.
Musobaqa "Yoshlar bog'i"da "Streetbol" maydonida Soat 09:00 boshlanadi.

3. "Shaxmat" turidan musobaqa 16 yoshgacha o'g'il va qiz bolalar o'rtasida o'tkaziladi.
Musobaqa "Yoshlar bog'i"da madaniy hordiq chertagida soat 09:00 boshlanadi.

🏹🏹🏹 4. "Kamondan o'q otish" turidan musobaqa 16 yoshgacha o'g'il va qiz bolalar o'rtasida o'tkaziladi. Musobaqa "Yoshlar bog'ida"da soat 09:00 boshlanadi.

🏓🏓🏓 5. "Stol tennisi" turidan musobaqa 16 yoshgacha o'g'il va qiz bolalar o'rtasida o'tkaziladi. Musobaqa "Yoshlar Markazi" oldida soat 09:00 boshlanadi.

🏆👉 6. "Arqon tortish" turidan musobaqa 16 yoshgacha o'g'ilbolalardan iborat maktab jamoalari o'rtasida (jamoa tarkibi 7 nafar ishtirokchi) o'tkaziladi. Musobaqa "Yoshlar bog'ida"da soat 09:00 boshlanadi.

📣 Tumanimizdagi barcha 16 yoshgacha yoshlarni o'tkaziladigan sport musobaqalariga faol ishtirok etishlariga chorlab qolamiz.

📌 G'oliblar diplom, medal va qimmat baho estalik sovg'alari bilan taqdirlanadilar!!! 🏆🥇🥈🥉🎁🖼

Murojaat uchun telefon: +998-91-260-21-00.
#Yoshlar_party

Beruniy tumanida yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish, iste'dodlarini yuzaga chiqarishga qaratilgan va an'ana tusiga kirib borayotgan "Yoshlar party" bo'lib o'tdi. Unda gitara bilan jonli tarzda "karaoke"da ashulalar ijro qilindi.

Tadbir davomida xalqimiz sevib tinglaydigan jonli tarzda aytilgan ashulalar yoshlar tomonidan jo'r bo'lib kuylandi hamda kattayu-kichik qalbiga o'zgacha bir ruhiyat va shukh bag'ishladi.

Shuningdek, bir qator iste'dodli yoshlarni ham kashf qilgan bu tadbir har shanba kuni sayl tarzida bo'lib o'tishi tadbirga kelganlar tomonidan bir ovozdan ma'qullandi.

👉Ijtimoiy tarmoq sahifalarimizda bizni kuzatib borish uchun👇
Telegram | Instagram | Facebook