#Beruniy tumani mahallalarida
#Murojaat va natija

📌Shabboz mahalla fuqarolar yiǵini aholisi murojatiga asosan, Kat kóchasida TIP-1 shaklda qurilgan bolalar maydonchasiga ótish yólida piyodalar ótish joyi kerakligi hamda yól chiroqlaridagi nosozliklarni bartaraf etish bóyicha mahalla raisiga murojaat yóllagan bólib, tuman hokimining birinchi órinbosari U.Matirzayev va mahalla raisi boshchiligida, tegishli tashkilotlar bilan birgalikda muammo hal qilindi.

Piyodalar ótish joyi tuman yóllardan foydalanish unitar korxonasi ishchi hodimlari tomonidan chizib ishlandi.

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
https://t.iss.one/beruniy_news
#Beruniy_tumani

📌Sulton Uvays Qaraniy ziyoratgohining kunduzgi va kechgi kórinishi.

📌Ziyoratgohning kiraverish qismi, tashrif markazi hisoblangan asosiy darvoza tuman hokimi tashabbusi bilan qayta ta'mirlangan edi. Ramazon Hayit ayyomiga barcha ta'mirlash ishlari yakunlandi.

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Ўзбекистон халқига Рамазон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Рамазан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
📌Beruniy tumani hokimi Atabek Saparbayevning yurtdoshlarimizga Ramazon Hayit bayrami tabrigi.

https://beruniy-tumani.uz/news/show/beruniy-tumani-ahliga-ramazon-hayit-bayrami-tabrigi
📌Hayit namozlari ado etildi

#Islom olamidagi muborak va aziz bayram Ramazon Hayit ayyomi butun musulmon olamida keng nishonlanmoqda. Bugun 2022 yilning 2-may sanasi yurtimizning barcha hududlarida erta tongdan Hayit namozlari o'qildi.

#Hayit namozini ado etish maqsadida, Beruniy tumanidagi 6 ta masjidlar tayyorlandi. Namozxonlar uchun barcha sharoitlar yaratildi. Tuman markazidagi Shayx Abbos Valiy jome' masjidida tuman hokimi A.Saparbayev xalqimizni bugungi muborak bayram bilan samimiy tabrikladi.
#Bu yil tom ma'noda Ramazon hayit ayyomi o'zgacha kayfiyatda, o'zgacha ruxda nishonlanmoqda. Inson qadri ulug'langan yurtda nuroniylarning holidan xabar olish, imkoniyati cheklangan fuqarolar, yolg'iz qariyalar, ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan farzandlar, ehtiyojmand oilalarning holidan xabar olinib, ularga moddiy va ma'naviy yordamlar ko'rsatildi.

Bu yilgi ramazon xayit bayrami “Inson qadri va manfaatlari uchun” degan olijanob g'oyani o'zida mujassam etgan holda o'tkazilishi bu bayramning qadr-qimmatini, ahamiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Ramazon xayit ayyomi munosabati bilan qo'shimcha dam olish kunlari Prezident farmoni bilan e'lon qilindi.
#Qalblarimizni nurga to'ldirgan muborak Ramazon hayit ayyomi yana bir bor musulmon ahliga qutlug' bo'lsin. Ibotadlarimiz Alloh dargohida qabul bo'lsin.

#El-yurtimiz tinch xotirjam, iymon e'tiqodimiz mustahkam, hayotimiz barakotli, dasturxonimiz to'kin-sochin, buyuk allomalar yurti bo'lmish jannatmakon Vatanimizning kelajagi iymon nuri bilan munavvar bo'lsin!

🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube