Beruniy tumanida 72 ta umumta'lim maktabi, 2 ta kasb-hunar maktabi, 2 ta kollejlar faoliyat yuritayotgan bo'lib, ularda jami 38915 nafar 1dan 11 sinfgacha bo'lgan o'quvchilar ta'lim oladi. Yangi o'quv yilida 1-sinfga qabul qilingan 4093 nafar o'quvchilarning barchasiga Prezident sovg'asi 12 nomdagi o'quv qurollari to'liq yetkazib berilgan.

Beruniy tumani hokimi A.Saparbaev o'zi ta'lim olgan tumandagi 51 sonli umumta'lim maktabiga tashrif buyurib, o'qituvchi va o'quvchilarni yangi o'qish yili bilan tabrikladi. Prezident sovg'alarini birinchi sinf o'quvchilariga tantanali ravishda topshirdi. O'quvchilarning ota-onalari ham so'zga chiqib, barchani tabrikladi. Birinchi qo'ng'iroq sadolari ostida o'quvchilar o'z sinfxonalari sari yo'l oldi. Tuman hokimi A.Saparbaev 11 sinf o'quvchilariga “Mustaqillik darsi”ni o'tib, Respublikamizning dunyoda erishgan yutuqlari to'g'risida gapirib o'quvchilarning ham fikrlarini tingladi.
Boshlagan islohotlarimizning davomchilari yoshlar bo'ladi va biz bunga ishonamiz. Prezidentimiz ta'kidlaganidek, “Yangi O'zbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi” degan shior asosida maktab ta'limini rivojlantirish umumxalq harakatiga aylandi.
Yangi o'qish yilining boshlanishi va “Bilimlar kuni” barchamizga muborak bo'lsin. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
Forwarded from Joqarǵı keńes.uz
ЖОҚАРҒЫ КЕҢЕС БАСЛЫҒЫ МЕКТЕП ОҚЫЎШЫЛАРЫНА «ҒӘРЕЗСИЗЛИК САБАҒЫ»Н ӨТТИ
https://joqargikenes.uz/7427.html
_____
ЖЎҚОРҒИ КЕНГЕС РАИСИ МАКТАБ ЎҚУВЧИЛАРИГА «МУСТАҚИЛЛИК ДАРСИ»НИ ЎТДИ
https://joqargikenes.uz/oz/7427.html

Каналға ағза болыў: https://t.iss.one/joqargikenes