4-sentyabr kuni Qorauzak tumanida O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi bayrami munosabati bilan sportning "Voleybol" turidan qiz bolalar o'rtasida Qoraqalpog'iston Respublikasi tumanlari o'rtasida Qorauzak tumani Ochiq Turniri o'tkazildi.
Mazkur turnirda Beruniy tumanidan 38 va 8-maktabi qizlari jamoasi qatnashib faxrli 3-o'rinni egalladilar.
BERUNIY TUMANIDA 2021 YIL PAXTA MAVSUMI KARVONI BOSHLANDI

Hirmonga baraka deya Beruniy tumani fermer ho'jaliklaridan paxta karvonlari “BERUNIY GLUSTER” MCHJ ga qarashli paxta tozalash zavodiga yetib keldi. Tumanda 2021 yilda, 10030 gektar yerga paxta urug'i qadalgan bo'lib, o'z vaqtida agrotexnik tadbirlarning o'tkazilishi hamda fermer ho'jaliklarining say'-harakatlari natijasida hirmon belgilangan muddatda boshlandi. Bu yilgi yetishtirilgan hosildan 31050 tonna paxta hom-ashyosi olish rejalashtirilgan. Buning uchun tumandagi 161 fermer ho'jaliklari bilan “BERUNIY GLUSTER” MCHJ o’rtasida shartnoma tuzilgan. Paxtaning birinchi terimdagi narxi 1200 so'm, ikkinchi terimda esa 1500 so'm deb belgilangan. Paxta hosilini yig'ib-terib olish maqsadida jami 270 ta otryad shakllantirilib, otryadlarga jami 18 ming 800 nafar terimchilar biriktirilgan. Paxta karvoni boshlanishi bilan tuman hokimi Atabek Saparbayev, sektor rahbarlari, nuroniylar, fermer ho'jaligi raislari, mexanizatorlar ishtirok etdi.