18-noyabr O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilingan kun
O'zbekiston mustaqillikka erishganining dastlabki yilidanoq mamlakat suverenitetining muhim belgisi – Davlat bayrog'iga ega bo'ldi. 1991 yil 18 noyabr kuni «O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i to'g'risida»gi Qonun qabul qilindi.
O'zbekiston suverenitetini belgilaydigan ramzlar orasida Davlat bayrog'i alohida o'rin tutadi. Zero, bayroq xalqning o'tmishi va buguni, mustaqilligi, tinch¬ligi va barqarorligining timsolidir. Bayrog'imiz 1992 yil 2 martidan O'zbekiston to'laqonli suveren respublika sifatida tan olinganining ramzi sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh qarorgohi oldida ham hilpiray boshladi.

Qadimdan yurtimiz davlatchiligida bayroq ajdodlarimiz uchun ozodlik, kuch-qudrat, jasorat, g'alaba timsoli bo'lgan. Sohibqiron Amir Temur saltanatida davlat tug'i adolat, buyuk kuch-qudrat ramzi hisoblangan. Jangu jadallarda yuksak mardlik va jasorat belgisi sifatida eng kuchli bahodirlarga hadya qilingan.
Davlatimiz bayrog'i O'zbekiston Respublikasi rasmiy delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga safarlari chog'ida, xalqaro tashkilotlarda, konferentsiyalarda, xalqaro ko'rgazmalarda, mamlakatimiz vakillari qatnashayotgan xalqaro ahamiyatga molik tadbirlar, sammitlar, anjumanlar, sport musobaqalarida bayrog'imiz baland ko'tariladi. Bularning barchasi Vatanimiz sha'ni, xalqimiz g'urur va iftixorining yorqin ifodasidir.
Bugun Beruniy tumanida davlat ramzi qabul qilingan kunga bag'ishlab o'tkazilgan tadbirda tuman hokimligi mas'ullari,sektor rahbarlari, deputatlar ishtirok etdi.Bayram tabrigi oʻqib eshittirildi. Sport yoʻnalishida yuqori natijaga erishgan bir guruh yoshlar va ularning murabbiylari munosib taqdirlandi. Bayram konsert dasturi bilan davom etdi.
Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Veb sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram