Investitsiya dasturi asosida amalga oshirilayotgan ishlar

Ózbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-404-sonli qarori asosida 2024 yil investitsiya dasturini amalga oshirish bóyicha Beruniy tumanida bir qancha qurilish ishlari boshlab yuborildi.

Dastur asosida Bóston mahallasi Yoshlik aholi manzilida yangidan 330 órinli maktab, 70-sonli umumiy órta ta'lim maktabini buzib qurish natijasida oldin 210 órinli bólgan maktab, endilikda 330 óringa ega bóladi.

6-sonli maktabga qóshimcha 480 órinli bino qurilish ishlari, 50-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotining eski binosi buzilib, 90 óringa móljallangan qurilish ishlari boshlandi.

Ó.Jumaniyazov ovul shifokorlik punkitining eski bir qavatli binosi buzilib, yangidan ikki qavatli qilib qurish rejalashtirilgan.

Mazkur qurilish ishlarining borishi va óz muddatida sifatli topshirilishi bóyicha Beruniy tumani hokimi I.Xidirov va tuman prokurori M.Atajanov qurilish jarayoni bilan tanishdi.

Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌YANGILIK 🔔

BERUNIY TUMANIDA 30-IYUL-"XALQLAR DO'STLIGI KUNI" MUNOSABATI BILAN TADBIR BO'LIB O'TDI.
#bolalar_nafaqasi
Kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa qaysi holatlarda rad etiladi?

oilaning har bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan bir oylik daromad belgilangan minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan oshganda; (648 ming so‘m);

bittadan ortiq ko‘chmas mulki bo‘lganda;

texnik holati soz bo‘lgan yengil yoki yuk tashuvchi avtotransport vositalari bo‘lganda;

depozit hisobvarag‘ida mablag‘lari hamda qimmatli qog‘ozlari mavjud bo‘lganda;

huquqni muhofaza qiluvchi organlar va qurolli kuchlar tizimidagi tashkilotlarning xizmatchilari yoki ularning oila a’zolari, tomonidan arizalar taqdim etilganda;

oilada ishsizlik nafaqasini olayotgan a’zolari mavjud bo‘lganda;

oilada oxirgi 12 oy davomida ish qidirayotgan a’zosi ishga doir takliflarini muntazam ravishda rad etgan hollarda;

rasmiy daromad manbalariga ega bo‘lmagan va ishsiz mehnatga layoqatli oila a’zosi mavjud bo‘lganda;

Oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etish va unga tegishli ravishda bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni tayinlash rad etiladi.

Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Veb sayt | 🔴 YouTube  | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
30-iyul mamlakatimizda "Xalqlar dóstligi kuni"

Bugun Beruniy tumani Madaniyat markazida "Ózbekiston umumiy uyimiz" nomi ostida "Xalqlar dóstligi kuni" keng nishonlandi.
Forwarded from Joqarǵi keńes.uz
Үстирт кеңликлеринде әмелге асырылып атырған жойбар: мәмлекетимиз тарийхында дәслепки 6500 метрге шекемги бурғылаў

Мойнақ районы аймағында Батыс төменги Сүргил газ қудығында бурғылаў жумыслары алып барылмақта. Улыўма 6500 метр тереңликте қудық қазылыўы режелестирилген болып, ҳәзирги ўақытта 5865 метр бурғыланып, бул жумыслар еледе даўам еттирилмекте.

Бурғылаў жумысларынан соң геофизикалық изертлеў жумыслары алып барылады. Жойбар бойынша бурғылаў жумыслары усы жылдың сентябрь айына жуўмақланыўы күтилип атыр.

2020-жылға шекем 2700-3000 метрге шекем бурғыланып, газ шығарылған. Ҳәзирги ўақытта Американың «Baker Huges» компаниясы тәрепинен инженерлик жәрдем ушын қатламды жарыў хызмети усынылып атырған болып, бул өз нәўбетинде бурғылаў тезлигин еки есеге арттырыў имканиятын береди. Сондай-ақ, қудықларды қурыў ўақтын бир неше есеге қысқартады.

Устюрт кенгликларида амалга оширилаётган лойиҳа: мамлакатимиз тарихида илк 6500 метр масофагача бурғилаш

Мўйноқ тумани ҳудудида Ғарбий қуйи Сургил газ қудуғида бурғилаш ишлари олиб борилмоқда. Умумий 6500 метр чуқурликда қудуқ қазилиши режалаштирилган бўлиб, ҳозирда 5865 метр бурғиланиб, мазкур ишлар янада давом эттирилади.

Бурғилаш ишларидан кейин геофизика тадқиқот ишлари олиб борилади. Лойиҳа бўйича бурғилаш ишлари жорий йилнинг сентябрь ойига якунланиши кутилмоқда.

2020 йилга қадар 2700-3000 метрга қадар бурғиланиб, газ чиқарилган. Ҳозирда Американинг «Baker Huges» компанияси томонидан муҳандислик ёрдам учун қатламни ёриш хизмати тақдим этилаётган бўлиб, бу ўз навбатида бурғилаш тезлигини икки ҳисса ошириш имкониятини беради. Шунингдек, қудуқларни қуриш вақтини бир неча баробарга қисқартиради.


Каналға ағза болыў: @joqargikenes

Telegram 🌐Website 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat yól yopiladi

Beruniy tumani Navoiy ovul fuqarolar yiǵini hududidan ótadigan kóprik va yól ta'mirlanishi munosabati bilan, 2024 yil 2-avgust kunidan boshlab vaqtincha  yopilishini ma'lum qilamiz.

👉Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌Investitsiya dasturi asosida amalga oshirilayotgan ishlar

Ózbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-404-sonli qarori asosida 2024 yil investitsiya dasturini amalga oshirish bóyicha Beruniy tumanida bir qancha qurilish ishlari boshlab yuborildi.

Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Veb sayt | 🔴 YouTube  | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
RASMIY MUNOSABAT

Antikorruz telegram ijtimoiy tarmog'ida Beruniy tumani “Obi hayot” mahalla fuqarolar yig'ini hududidan yo'llangan anonim murojaat bo'yicha rasmiy munosabatda quyidagilarni bildiramiz.

“Diyorbek Elita” ma’suliyati cheklangan jamiyatiga Avtomobillarga siqilgan gaz to‘ldirish shaxobchasi uchun Uzshaharsozlik LITI DUKning 2016 yil 18-avgust kungi 1-10/3308-sonli bayoniga asosan tuman hokimining qarori bilan yer maydoni ajratib berilgan va 2018 yil 12-sentabrda foydalanishga qabul qilingan.

Batafsil sayt orqali tanishing Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Veb sayt | 🔴 YouTube  | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
Bugun Beruniy tumani hokimining navbatdagi qabuli bo'lib o'tdi

1-sektor shtabida o'tkazilgan qabul davomida tuman hokimi I.Xidirov fuqarolar bilan suhbatlashib, ularning murojaatlarini tingladi.

Hususan kredit olishdagi muommolar, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, sog'lig'ini tiklash uchun moddiy yordam ajratish, tibbiy order olish masalalari, doimiy ishga joylashishi bo'yicha aholidan kelib tushgan murojaatlar tegishli soha vakillari bilan o'rganildi.

Murojaatlarning o'z vaqtida hal qilinishi bo'yicha tegishli mas'ullarga muhim vazifalar yuklatildi.
Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Veb sayt | 🔴 YouTube  | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram