Jaslar aylıǵı dawam etpekte

“Jaslar aylıǵı”
sheńberinde Beruniy rayonında máhálle jasları arasında sport jarısları, mádeniy ilajlar ótkerildi.

Ilajlarda belsendi qatnasqan jaslar shólkemlestiriwshiler tárepinen múnásip sıylıqlandı.

📲 Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#maxsusvideorolik
An'anaga sodiqmiz
30-iyun O'zbekistonda “Yoshlar kuni”

Qoraqalpog'iston Respublikasi Beruniy tumanida “Yangi O'zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida o'tkazilgan festival jamlanmasi videorolikda. 👉Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube  | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#кunfotolari

Yoz faslining sarhil ne'matlari. Quyoshli diyorning totli mevalari Beruniyning bog'larida yetishtirilmoqda.
#DIQQAT E'LON!!!

IJTIMOIY SOHA OB'EKTLARINING ISITISH TIZIMLARINI DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK ASOSIDA MODERNIZATSIYA QILISH TO'G'RISIDAGI O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 118-SONLI QARORIGA ASOSAN

Ijtimoiy soha ob'ektlaridagi isitish tizimlarining kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta'minlash, ushbu ob'ektlarga issiqlik energiyasini uzluksiz yetkazib berish hamda energiya resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, shuningdek, sohaga xususiy investitsiyalarni keng jalb qilish maqsadida Beruniy tumanida 1-bosqichda 55 ta ijtimoiy soha obe'ktlarini davlat-xususiy sherikchilik asosida tadbirkorlarga 10 yilga berilishi rejalashtirilganini ma'lum qilamiz.

Murojaat uchun: Beruniy tumani hokimligi qurilish bo'limi
#SESSIYA BO'LIB O'TADI

Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashining navbatdagi 68-sessiyasi 2023 yil 26-iyun kuni soat 15:00 da tuman hokimligining majlislar zaliga chaqiriladi. Sessiya tuman hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida to'g'ridan-to'g'ri efirda yoritib boriladi.

Feysbukda ko'rish👉👉 https://www.facebook.com/beruniypress?mibextid=ZbWKwL
26-iyun Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni
#Biz_yoshlar_giyohvandlikka_qarshimiz

BMT Bosh Assambleyasining 1987 yil 7 dekabrda qabul qilgan rezolyutsiyasiga binoan har yili 26 iyun Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni sifatida belgilangan.

Sog‘lom turmush tarzini olib borayotgan kishi bilib-bilmay bu ko‘chaga kirib qolsa, o‘zining tinch, farovon va baxtli hayotini qora zulmatga aylantirishi ayni haqiqat. Giyohvand kishi nafaqat o‘ziga, balki yaqinlariga ham to‘xtovsiz azob beradi. Undan tug‘ilajak farzandlar esa ota-onasining xatosi oqibatida bir umrga majruhlik qismatiga mubtalo bo‘ladi. Millat genofondiga ham o’zining salbiy ta’sirini o’tkazadi. Zero, faqat sog‘lom ota-onadangina sog‘lom zurriyod dunyoga keladi.

Joriy yilning 22-iyun kuni Beruniy tuman Axborot kutubxona markazida Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazi Beruniy tuman bo’linmasi, tuman IIB xodimlari, Maktabgacha va Maktab ta’lim bo’limi, Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda Giyohvandlikni oldini olish maqsadida “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. 👉Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube  | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
Milliy libos-ma'naviyat ko'zgusi

Beruniy pedagogika kollejida xotin-qizlar o'rtasida kiyinish madaniyati va odobiga rioya etishni targ'ib qilish, ayollarning boshqa millatlarga taqlid qilishning oldini olish bo'yicha yoshlar o'rtasida "Milliy libos-ma'naviyat ko'zgusi" mavzusida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tadbir bo'lib o'tdi. Har bir millatga hos bo'lgan milliylikni anglatib turadigan liboslar namoyish qilindi. 👉Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube  | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram