#Yoshlar kuni

Beruniy tumanida o'tkazilgan 30-iyun “Yoshlar kuni” ga bag'ishlangan “Yangi O'zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostidagi festival tumandagi barcha yoshlarni qamrab oldi.

Turli madaniy-ma'naviy tadbirlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar, sport tadbirlari, kubok uchun olib borilayotgan qizg'in o'yinlar barchani birdek qamrab oldi. Stol tennis bo'yicha o'tkazilgan musobaqada ham yoshlar o'z faolligini ko'rsata oldi.

Stol tennisi musobaqa g'oliblarini Beruniy tumani hokimi o'rinbosari A.Qurbaniyazov va Davlat soliq inspeksiyasi tuman bo'limi boshlig'i Q.Atajanov munosib taqdirladi. 👉Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube  | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#Yoshlar kuni
📌Futbol

Sportning futbol turidan Beruniy tumani hokimi kubogi uchun óyinlar korxona-tashkilotda faoliyat yuritayotgan yosh ishchi hodimlar órtasida bólib ótdi.

Yakuniy óyinlar bugun bólib ótdi hamda "HOKIM KUBOGI" ni qólga kiritgan jamoa kun yakunida tashkil etilgan festivalning gala konsertida munosib taqdirlandi.
Óyin jarayonlaridan fotolavhalar.

👉Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati