“20 ming tadbirkor- 500 ming malakali mutaxassis” dasturini tashkil qilish yuzasidan Beruniy tumanida tadbirkorlik sub'ektlari va ishsiz aholi o'rtasida davra suhbati tashkil qilindi.

Davra suxbatida bir qancha tadbirkorlar o'z takliflarini bildirib o'tdi.
To'qimachi mahalla fuqarolar yig'inida faoliyat ko'rsatayotgan "Doktors Hous" MCHJ rahbari Tadjibaev Rinat hozirgi kunda formasevtika mahsulotlarini chakana savdosi hamda tibbiyot sohasida faoliyat yuritib kelmoqda. Tadbirkor dorivor giyohlarini qadoqlash loyihasini amalga oshirish istagida ekanligini xozirgi kunda “20 ming tadbirkor-500 ming malakali mutaxassis” dasturi doyirasida imtiyozdan foydalangan holda 1
mlrd.so'm imtiyozli kredit hamda 15 gektar yer maydoni ajratilishi hisobidan 50 nafar ishsiz fuqarolarni ish bilan band qilishini bildirdi.

👉👉Matn bilan to’liq tanishing
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube  | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#Yoz faslining o'zgacha tarovati g'arq pishgan mevalari va yashilligida. Yurtimizda tabiiy quyosh taftiga pishgan sarhil mevalar va tomorqa KUN FOTOSIDA
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 38,7 % uy xo‘jaliklarida 6 va undan ko‘p kishilar istiqomat qilmoqda

2023-yilning yanvar-may holatiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasida uy xo‘jaligi a’zolarining soni bo‘yicha:

bir kishilik uy xo‘jaliklari – 0,3 %,
ikki kishilik uy xo‘jaliklari – 6,6 %,
uch kishilik uy xo‘jaliklari – 8,5 %,
to‘rt kishilik uy xo‘jaliklari – 18,4 %,
besh kishilik uy xo‘jaliklari – 27,5 %,
hamda olti va undan ko‘p kishilik uy xo‘jaliklari – 38,7 %ni tashkil etmoqda.
#Huquqiy yordamga muhtoj xotin-qizlar bilan ochiq muloqot bo'lib o'tdi.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan huquqiy yordamga muxtoj xotin-qizlar ishtirokida sudyalar hamda huquqni himoya qiluvchi organlar ishtirokida ochiq muloqot bo'lib o'tdi.

Matn bilan to’liq tanishing Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube  | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#TAYINLOV

Qoraqalpog'iston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligining tegishli buyrug'iga asosan, Yusupova Sanam Askarovna Beruniy tumani Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi boshlig'ining kambag'allikni qisqartirish va mahallani qo'llab-quvvatlash masalalari bo'yicha o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar S.Yusupova Beruniy tumani hokimining maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube  | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#Xalq orasida nima gaplar?
Deputat o'rganishlari va uchrashuvlari

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Z.Bekatova Beruniy tumanida aholi murojaatlarini o'rgandi. Palvosh mahallasi hamda Sarkop ovul fuqarolar yig'inidagi aholiga, yangi qabul qilingan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati va ijtimoiy davlat to’g’risida tushuntirildi.

Mahallada olib borilayotgan yangilanishlar hususida gapirar ekan, davlat rahbarining say'-harakati bilan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlari asosida infratuzilma ob'ektlari, yo'l, elektr energiyasi, tabiiy gaz, telekommunikatsiya tarmoqlarining yangilanayotgani borasida ham tushuntirishlar berib o'tdi. Fuqarolar tomonidan yo'llangan murojaatlar nazoratga olindi. Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube  | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#Senatorlar targ'iboti

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qirq birinchi yalpi majlisida muhokama etilgan masalalar yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Orolbo'yi mintaqasini rivojlantirish masalalari qo'mitasi raisi, senator B.Alixonov hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Orolbo'yi mintaqasini rivojlantirish masalalari qo'mitasi raisi o'rinbosari, senator B.Matmuratov tashrif buyurdi.

Yig'ilishda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari qatnashdi.O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qirqinchi yalpi majlisida muhokama etilgan masalalar yuzasidan, senatorlar keng tushuntirish berdi. Deputatlar tomonidan yalpi majlisda muhokama etilgan masalalar keng jamoatchilikka targ'ib etish bo'yicha vazifalar topshirildi.

👉Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube  | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram