«To'g'ri ovqatlanish va sog'lom turmush tarzi» umummilliy harakati nima?

O'zbekistonda aholi orasida yuqumli bo'lmagan kasalliklarning oldini olish, sog'lom turmush tarzini shakllantirish va jismoniy faollik darajasini oshirish maqsadida «To'g'ri ovqatlanish va sog'lom turmush tarzi» umummilliy harakati yo'lga qo'yildi. Bu haqda 2023 yilgi davlat dasturida quyidagicha belgilab qo'yilgan.
Harakat quyidagilarni nazarda tutadi:

Matn bilan to’liq tanishing Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube  | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#Aholiga xizmat ko'rsatish sohasining rivojlanishi

Mamlakatimizda tadbirkorlarga berilayotgan e'tibor sabab, bugun o'z ishini boshlab, qo'shimcha ravishda ish o'rni yaratayotgan tadbirkorlar soni oshib bormoqda. Aholiga xizmat ko'rsatish sohasining rivojlanishi natijasida joylarda yangi binolar qad ko'tarib, sifat tizimi yaxshilanmoqda. Beruniy tumani Paxtakor mahallasida yashovchi tadbirkor Akbar Vaisov tomonidan, “Amir Temur” nomli aholiga xizmat ko'rsatish yo'nalishida tamaddixona tashkil qilindi.

Barcha zamonaviy qulayliklarga ega, yevropa va milliy taomlar, salqin ichimliklar mavjud bo'lib xalqning yaxshi kunlarda xizmat qilishini ta'minlaydi. Beruniy tumani hokimining birinchi o'rinbosari U.Matirzaev hamda nuroniylar yaxshi niyatlar bilan mazkur joyning ochilish tadbirida ishtirok etdi. Yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

 Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube  | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
Прeзидeнт мактаблари 2023-2024-ўқув йили учун қабул эълон қилади

Ихтисослаштирилган таълим муассасалари агентлиги тизимидаги Президент мактабларига 2023/2024-ўқув йили учун ҳужжатлар қабули 10 июндан – 30 июнга қадар онлайн шаклда ariza.piima.uz сайти орқали амалга оширилади.

Telegram | Instagram | Facebook
#Ochiq muloqot jarayonida aholidan kelib tushgan oqava suv masalasi hal etildi

Aholi bilan ochiq muloqotlar tashkil etish va bu jarayonda kelib tushgan murojaatlar yuzasidan joyiga chiqib o'rganishlar olib borish bo'yicha Beruniy tumanida tizimli ishlar olib borilmoqda. Beruniy tumani hokimi A.X.Saparbayevning aholidan kelib tushayotgan eng ko'p murojaatlar yuzasidan hududlarda uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Matn bilan to’liq tanishing Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube  | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#Bugun
Sayyor qabul bo'lib o'tadi

Beruniy tumani hokimi A.X.Saparbayevning Abay ovul fuqarolar yig'ini aholisi bilan sayyor qabuli bo'lib o'tishini ma'lum qilamiz. Sayyor qabul 31-may kuni soat 16:00 da 17-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida bo'lib o'tadi. Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
#Sport bilan kelajagini belgilagan beruniylik yoshlar

Sportning karate WKF turi bilan shug'ullanib, yuqori natijalarga erishib kelayotgan yoshlar bugun oramizda ko'pchilikni tashkil etadi yutuqlari esa, barchamizni birdek xursand qiladi. Joriy yilning 30-31 may kunlari Namangan viloyatida aynan sportning Karate WKF yo'nalishidan sport tashkilotlari o'quvchilari o'rtasida O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.

Musobaqada trener Jayxun Ametov boshchiligidagi Beruniy tumani sport maktabi hamda Leader karate club sportchilari Doston Xamroev va Sardor Pardaboev 1-o'rinni egallab, oliy o'quv bilim yurtiga grant asosida o'qishga kirish imtiyozini qo'lga kiritdi. G'oliblarni tabriklaymiz. Bugungi munosib g'alaba butun beruniylik yoshlarning yutug'idir. Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube  | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Махсус репортаж | Инвестиция, иш ўрни, сифатли маҳсулот ва экспорт. Қорақалпоғистон Республикаси Беруний тумани

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#maxsusvideorolik
Psixologik trening

Beruniy tumani Biybozor va Oltinsoy ovul fuqarolar yig'ini xotin-qizlari uchun psixologik trening o'tkazildi. Trening davomida “Men ayolman”, “Baxtli yashash siri” mavzularida mashg'ulotlar o'tilib, xotin-qizlarning faolligi va hayotga bo'lgan ko'z qarashi oshirildi. Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube  | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram