BERUNIY_PRESS/RASMIY KANAL
8.12K subscribers
51.3K photos
6.23K videos
7 files
9.45K links
🌐Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati https://t.iss.one/Beruniytumanimurojaatbot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#QAROR VA IJRO
Xalq roziligi yo'lida
Bugunning amaldagi gapi

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-sentyaabr kungi “Qoraqalpog'iston Respublikasi hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, qulay biznes muhitini yaratish, innovatsion texnologiyalarini joriy etish va infratuzilmalar bilan ta'minlanganlik darajasini yanada yaxshilash orqali aholi farovonligini oshirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi 500-sonli Qaroriga asosan 2023-yil jami 3 mlrd. 898 mln. so'mlik 33 km ichki yo'llarni shag'allashtirish belgilangan.

Shunga qo'shimcha ravishda 16 ta mahallada 68 kilometrdan ortiq tuproq yo'llarga qum-shag'al aralashmasi yotqizilishi belgilangan. Jami 101 kilometr ichki tuproq yo'llardan Beruniy tumanidagi 7 ta hududda 40 kilometrdan ortiq ichki yo'llarda ishlar amalga oshirilgan. 1-sektor hududi Beruniy ovul fuqarolar yig'inidagi 7.5 kilometr ko'chalarda qum-shag'al aralashmasi yotqizilmoqda.                

Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
#Abu Rayhon Beruniy tavalludiga 1050 yil!

Bugun Beruniy tumani MMTBga qarashli 22-maktabda Abu Rayhon Beruniy tavalludiga 1050 yil to’lishi munosabati bilan katta tadbir o‘tkazildi.

Tadbirga tuman hokimi maslaxatchisi, Ma'rifat targ‘ibotchilari guruhi a'zosi S.Yusupova, Ma'naviyat va ma'rifat markazi Beruniy tumani bo‘linmasi bosh mutaxassisi I.Qodirova, R.Fayzullayevlar tashrif buyurdi.

Abu Rayhon Beruniy tavalludiga 1050 yil to’lishi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirni maktab direktori E.Raximov ochib berdi. Tuman hokimi maslaxatchisi S.Yusupova o‘z so‘zida Abu Rayhon Beruniyning ilmiy me’rosini o’rganishda dunyo ilm-fanida ko’plab tadqiqotlar o’tkazilayotganini ta’kidlab o’tdi.

Besh tashabbus doirasida maktab foyesida o’quvchilarning qo’l hunari asosidagi ko’rgazmalari tashkil etildi. Tadbirda maktab o‘quvchilari tomonidan raqs va kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.                                                              
Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
#Xorazm mahallasida sayyor qabul

Bugun Beruniy tumani hokimi A.Saparbayev 1-sektor hududi Xorazm mahallasida aholini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan sayyor qabul o'tkazdi. Qabul davomida fuqarolardan turli masalalarda murojaatlar kelib tushdi.

Matn bilan to’liq tanishing Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube  | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
Sayyor soliq maslahatlari davomida 181 ta muammolar ijobiy hal etildi

Bugungi kunda “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida tuman soliq inspeksiyasi tomonidan tadbirkorlar bilan uchrashgan holda ularning muammolarini o‘rganib, sayyor soliq maslahatlari ko‘rsatilmoqda. 2023 yilning yanvar-aprel oylarida 249-ta korxonalarning muammolari batafsil o‘rganildi. Natijada, soliq organlariga aloqador masalalar bo‘yicha 181-ta muammolar ijobiy hal etildi. Bugungi kunda boshqa tashkilotlar bilan bog‘liq masalalar qat’iy nazoratga olinib, hamkorlikda hal etish choralari ko‘rilmoqda.

Toliq tanishing Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube  | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#XOTIRA MUQADDAS, QADR AZIZ

9-MAY "Xotira va qadrlash kuni" ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan erishilgan g‘alabaning 78 yilligi munosabati bilan Beruniy tumani Maktabgacha va maktab ta‘limi bo’limi huziridagi "Barkamol avlod" bolalar maktabida davra suhbati va bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida 1979-1989 yillarda Afg‘oniston o‘lkasida terrorizmga qarshi kurash o‘choqlarida g‘alaba qozongan nuroniylar qatnashdilar. Urush yillarida bo‘lib o‘tgan xodisalar haqida o‘quvchilarga gapirib o‘tdilar va "Barkamol avlod" bolalar maktabiga kelajak avlodlar uchun ko‘chatlar ekildi. Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube  | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
Президентимиз басшылығындағы ийгиликли жумыслар пуқаралар турмысын абат етиўде әмелий көринисин таўып атыр

«Инсан қәдири ушын» принципи тийкарында халқымызға мүнәсип шараят жаратыў, олардың абадан турмысын тәмийинлеў бойынша Президентимиз басшылығында бир қатар жумыслар әмелге асырылмақта.

Беруний районында да бул бағдарда Өзбекстан Республикасы Министрлер Кабинетиниң 2022-жыл 6-сентябрьдеги 500-санлы қарары тийкарында 4 млрд. сумға жақын қаржылар есабынан жәми 33 км топырақ жолларды қум-тас араласпалы жолға айландырыў режелестирилген. Буған қосымша түрде, районда және 16 мәҳәлледе 60,91 км. ден артық топырақ жолларды қум-щебень араласпалы жолларға айландырыў белгилеп алынған.

Сондай-ақ, Өзбекстан Республикасы Президентиниң тиккелей басламасы менен Өзбекстан Республикасы Министрлер Кабинетиниң 2023-жыл 2-февраль күнги 52-санлы қарарына тийкар район аймағындағы жәрдемге мүтәж жәми 1189 хожалықтың түрақ жайының төбесин шиферлап бериў белгиленген болып, соннан 127 үй аўыр турмыс шараятында ҳәм 18 хожалықтың түрақ жайын қайтадан қурыў бойынша жумыслар режелестирилип алынған. Буның ушын республика бюджетинен 21,6 млрд. сум қаржы ажыратылған ҳәм бул бағдардағы жумыслар да даўам еттирилмекте.


Қарақалпақстан Республикасы Жоқарғы Кеңесиниң Мәлимлеме хызмети

Каналға ағза болыў:
@joqargikenes