#Yo'l-transport hodisalarining oldini olishda “Mahallabay” ishlash tizimi nima?

“Mahallabay” tizimi sinov tariqasida joriy etilgan bo'lib, yo'l-patrul xizmati hodimlari quyidagi tamoyillar asosida mahallalarga biriktiriladi:
hududdagi kriminogen vaziyat,
transport vositalari soni,
aholi soni,
avtomobil yo'llarining uzunligi,
transport vositalarining oqimi,
ijtimoiy ob'ektlarning soni.

Mahallabay tizimi bo'yicha hududlarga biriktirilgan hodimlarning faoliyati doimiy nazorat qilib boriladi.

Matn bilan to’liq tanishing Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
Navro‘z bayramida barcha o‘zbekistonliklar ketma-ket 5 kun dam oladimi?

JAVOB: Yo‘q, barcha emas. Faqat 5 kunlik ish haftasidagilar ketma-ket 5 kun dam olishadi. Haftasiga 6 kun ishlaydiganlarga esa ketma-ket 4 kun dam olish kuni bo‘ladi.

❗️Izoh:
“2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Prezident farmoniga asosan, Navro‘z bayrami munosabati bilan:

5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar 5 kun;
6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar 4 kun dam olishadi.

Bunda quyidagicha bo‘ladi:
18-mart, shanba — 5 kunliklarga dam olish, 6 kunliklarga ish kuni;
19-mart, yakshanba — barcha uchun dam olish kuni;
20-mart, dushanba — 5 kunliklar uchun 11-mart shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni, 6 kunliklarga qo‘shimcha dam olish kuni;
21-mart, seshanba - Navro‘z bayrami, barchaga dam olish kuni;
22-mart, chorshanba — 5 kunliklar uchun 25-mart shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni, 6 kunliklarga qo‘shimcha dam olish kuni.

❗️ 23-mart, payshanba — barcha uchun ish kuni.

5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlarning dam olish kunlari farmonga muvofiq ko‘chirilishi munosabati bilan 11- va 25-mart (shanba) kunlari ishga chiqadilar.
#G'alla parvarishi bo'yicha seminar bo'lib o'tdi

2023-yil hosili uchun ekilgan kuzgi boshoqli don ekinlarini azotli mineral o'g'itlar, makro-mikro o'g'itlarga boyitilgan biostimulyatorlar bilan suspenziya usulida oziqlantirish, sug'orish ishlarini tizimli tashkil etish bo'yicha Beruniy tumanida ko'rgazmali seminar bo'lib o'tdi.

Seminar Beruniy OFY hududidagi “Davron M” fermer ho'jaligining g'alla dalasida o'tkazildi. 2023-yil hosili uchun Beruniy tumanida 5.500 gektar maydonga g'alla ekilgan bo'lib, o'z vaqtida azotli mineral o'g'itlar bilan oziqlantirish borasida tushunchalar berildi. Seminarda Qoraqalpog'iston Respublikasi qishloq xo'jaligi vaziri Z.Ziyadullaev, tumandagi qishloq xo'jaligiga mas'ul rahbarlar, fermer ho'jaliklari raislari ishtirok etdi.

Beruniy OFY hududidagi “Davron M” fermer ho'jaligida 2023 yil hosili uchun 106.6 gektar yer maydonining 30 gektariga kuzgi g'alla ekilgan. 50 gektariga paxta, 1 gektariga kartoshka, 4.1 gektarida poliz ekinlari, 6.4 gektariga kunjut ekilishi rejalishtirilgan. Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#Sport salomatlik garovi
4-Sektor hududida xotin-qizlar o'rtasida sport tadbirlari

Xotin-qizlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini qaror toptirish borasida mart oyida xotin-qizlar sport haftaliklari keng turda olib borilmoqda. 4-sektor hududi Shabboz ovul fuqarolar yig'inida o'tkazilgan sport tadbirlarida 5000 qadam yurish, ertalabki badantarbiya, shaxmat-shashka, stol tennisi hamda voleybol sport musobaqalari o'tkazildi. Sport turlariga berilayotgan e'tibor sabab, bugungi kunda ayollar o'rtasida tuman miqyosida turli sport tadbirlari o'tkazilishi ham yo'lga qo'yilgan.

Tadbir davomida soǵlom turmush tarziga e'tibor berishdagi eng muhim jihat bu badantarbiya mashqlari bilan muntazam shuǵullanish bo’yicha tushunchalarga ega bo’ldi. Voleybol musobaqasi juda qizg’in ko’rinishda bo’lib o’tdi.
Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Туркия Республикаси Президенти Режеп Таййип Эрдоғаннинг таклифига биноан Туркий давлатлар ташкилоти саммитида иштирок этиш учун амалий ташриф билан Анқара шаҳрига жўнаб кетди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Турецкой Республики Реджепа Тайипа Эрдогана отбыл с рабочим визитом в город Анкару для участия в саммите Организации тюркских государств.

#Mirziyoyev #sammit #TDT #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter