#Fermer ho'jaligining dalasida 2023-yil hosili uchun 35 gektar maydonga g'alla ekilgan bo'lib, hozirda bir tekis unib chiqqan. O'z vaqtida berilgan e'tibor sabab g'alladan mo'l hosil kutilmoqda. 40 gektar maydonga paxta ekish rejalashtirilgan va o'z vaqtida sho'r yuvish ishlari olib borilgan. 5 gektarda intensiv bog' yaratganman, sarhil mevalar yoz bo'yi bozorlarni to'ldiradi. Bog' qator orasiga poliz mahsulotlari ekib, undan ham qo'shimcha daromad olamiz. Mehnat qilgan inson hech qachon kam bo'lmaydi. O'tgan yilgi daromad evaziga texnikalar xarid qilgan bo'lsak, bu yilgi daromadga ham rejalarimiz bisyor.

Fermer ho'jaligi ortidan qarib, 25 ta xonadonning qora qozoni qaynab turibdi shu ishchilarimning rizqi uchun ham tinmayman. Ishchilarim bilan birga bir oilamiz xatto juda katta oilamiz deya faxr bilan gapirib o'tdi Venera Ibragimova. Bozorlarimizning arzon bo'lishi, dasturxonlarimizdagi to'kin-sochinlik qishloq ho'jaligida tinmay mehnat qilayotgan insonlarga bevosita bog'liq. Bugunim o'tdi deb emas, balki bugungi kundagi mehnatim evaziga nimaga erishdim deya shukronalik ruhida yashasak millatimizga hos ish qilgan bo'lamiz.
Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#Online
Қарақалпақстан делегацияси Наманганда

Қарақалпақстан Республикасы Економикалық раўажланыў ҳәм кәмбағаллықты қысқартыў министрлиги тәрепинен Қарақалпақстанда исбилерменлик ҳәм исбилерменликти раўажландырыў мақсетинде Беруний райони ҳәким жәрдемшилери Наманган ўәлаятында сапар менен болып турыпты. Әйне ўақытта Қарақалпақстан делегацияси Намангандағы Қарақалпақстан шәраятында раўажландырыў мүмкин болған исбилерменлик бағдарларын үйренип атыр.

Каналға ағза болыў: @Kar24Uz
#Qoraqalpog'istonda Orol dengizining quyi xavzasida yerlarni tiklash loyihasi asosida o'rmonzorlar tashkil etiladi

Orol dengizining quyi xavzasida yerlarni tiklash loyihasini amalga oshirish uchun Yevropa Investitsion banki hamda Fransiya taraqqiyot agentligi vakillari Qoraqalpog'iston Respublikasiga yetib keldi. Tashrif doirasida Beruniy tumanida ham bo'ldi.

Matn bilan to’liq tanishing Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#Yo'l-transport hodisalarining oldini olishda “Mahallabay” ishlash tizimi nima?

“Mahallabay” tizimi sinov tariqasida joriy etilgan bo'lib, yo'l-patrul xizmati hodimlari quyidagi tamoyillar asosida mahallalarga biriktiriladi:
hududdagi kriminogen vaziyat,
transport vositalari soni,
aholi soni,
avtomobil yo'llarining uzunligi,
transport vositalarining oqimi,
ijtimoiy ob'ektlarning soni.

Mahallabay tizimi bo'yicha hududlarga biriktirilgan hodimlarning faoliyati doimiy nazorat qilib boriladi.

Matn bilan to’liq tanishing Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
Navro‘z bayramida barcha o‘zbekistonliklar ketma-ket 5 kun dam oladimi?

JAVOB: Yo‘q, barcha emas. Faqat 5 kunlik ish haftasidagilar ketma-ket 5 kun dam olishadi. Haftasiga 6 kun ishlaydiganlarga esa ketma-ket 4 kun dam olish kuni bo‘ladi.

❗️Izoh:
“2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Prezident farmoniga asosan, Navro‘z bayrami munosabati bilan:

5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar 5 kun;
6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar 4 kun dam olishadi.

Bunda quyidagicha bo‘ladi:
18-mart, shanba — 5 kunliklarga dam olish, 6 kunliklarga ish kuni;
19-mart, yakshanba — barcha uchun dam olish kuni;
20-mart, dushanba — 5 kunliklar uchun 11-mart shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni, 6 kunliklarga qo‘shimcha dam olish kuni;
21-mart, seshanba - Navro‘z bayrami, barchaga dam olish kuni;
22-mart, chorshanba — 5 kunliklar uchun 25-mart shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni, 6 kunliklarga qo‘shimcha dam olish kuni.

❗️ 23-mart, payshanba — barcha uchun ish kuni.

5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlarning dam olish kunlari farmonga muvofiq ko‘chirilishi munosabati bilan 11- va 25-mart (shanba) kunlari ishga chiqadilar.