#Бугун
8-Март Халқаро хотин-қизлар куни байрами

Беруний туманида байрам тадбирлари бошланди. Тумандаги Диёр тантаналар уйида ижтимоий-иқтисодий, маънавий- маърифий ривожланишида ҳисса қўшаётган хотин-қизлар байрам тадбирида иштирок этмоқда.

Беруний тумани ҳокими А.Х.Сапарбаев барча аёл-қизларга байрам табригини йўллади. Шунингдек бир гуруҳ фаол хотин-қизлар муносиб тақдирланди.
Байрам тантаналари давом этади.

👉Беруний тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати
#Bayram munosabati bilan

8-Mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan Beruniy tumani hokimi A.X.Saparbayev tuman hokimligida faoliyat yuritayotgan bir guruh xotin-qizlarni munosib tabrikladi.

Mamlakatimizda gender tenglikni ta'minlash, jamiyatda xotin -qizlarning rolini oshirish bóyicha amalga oshirilayotgan oqilona siyosat sabab bugun oilada, davlat xizmatida faoliyat yuritib, óz órnini topayotgan xotin-qizlar kópchilikni tashkil etadi. Tuman hokimi barcha ayol-qizlarning ishlarida omad tiladi.

Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#Bayram munosabati bilan deputat ayollar taqdirlandi

8-Mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi, Beruniy tumani hokimi A.X.Saparbayev tuman Kengashida deputatlik faoliyatini yuritayotgan bir guruh xotin-qizlarni munosib bugungi bayram bilan tabrikladi.

Mamlakatimizda gender tenglikni ta'minlash, jamiyatda xotin -qizlarning rolini oshirish bóyicha amalga oshirilayotgan oqilona siyosat sabab bugun oilada, davlat xizmatida faoliyat yuritib, óz órnini topayotgan xotin-qizlar kópchilikni tashkil etadi. Tuman hokimi barcha ayol deputatlarning ishlarida omad tiladi va kelgusida ham xalq farovonligi yólida birlashib faoliyat yuritishiga ishonch bildirdi.
Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram