"Sog'lom tanda - sifatli ta'lim" shiori ostida sport musobaqalari

"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida Maktabgacha ta'lim va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi ta'lim muassasa (maktab)lari o'qituvchilari o'rtasida "Sog'lom tanda - sifatli ta'lim" shiori ostida sportning shaxmat, shashka, stol tennisi, voleybol, mini-futbol turlaridan Kasaba uyushmasi kubogi sport musobaqalariga start berildi.

Bugun 3-mart kuni mazkur musobaqaning Beruniy tumanida sektor bosqichi yani 1 va 2-sektorlarda sportning "Stol tennisi" turidan musobaqalar o'tkazildi. Musobaqa yuqori saviyada tashkil qilinib, ko'tarinki ruxda o'tkazildi. Musobaqa natijasiga ko’ra:

1-sektordan :
"Stol tennisi" turidan faxrli 1-o'rinni
Erkaklar: Fayzullayev Talg'at 28-maktabdan
Ayollar: Xaytbayeva Muqaddas 22-maktabdan

2-sektordan :
"Stol tennisi" turidan faxrli 1-o'rinni
Erkaklar: Mashalov Ulug'bek 59-maktabdan
Ayollar: Erimbetova Shaxnoza 48-maktabdan o'qituvchilar faxrli o'rinlarni egallab, tuman "Final" bosqichi musobaqasiga yo'llanma oldi. Beruniy tumani hokimligi Аxborot xizmati 🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV nigohida
#Issiqxonada yetishtirilayotgan mahsulotlar

Xotin-qizlar o'rtasida o'zaro tajriba almashish seminari. Beruniy tajribasini o'rganish maqsadida Kegeyli tumanidan bir guruh xotin-qizlar Beruniy tumaniga keldi.
#Beruniy tumani
#Qishloq ho'jaligi

Qishloq ho'jaligida bahor fasli eng muhim vaqt sanaladi. Hozirda ekish ishlariga tayyorgarlik, bog' qator oralariga poliz ekinlari ekish, shuningdek sho'r yuvish, bug'doyni oziqlantirish unga suv ochish kabi bir qancha tadbirlar amalga oshirilib, dehqonlarning tinim bilmaydigan mavsumi boshlandi desak adashmagan bo'lamiz.

Shabboz ovul fuqarolar yig'inidagi bog'dorchilik fermer ho'jaligi dalalarida mevali daraxtlarga ishlov berish, poliz ekinlari ekishga tayyorgarlik jarayonlari olib borilmoqda. Beruniy tumani hokimligi Аxborot xizmati 🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#Zakovat
#Beruniy_tumani_IM

🟢 Qoraqalpog‘iston Respublikasida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Milliy massmediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, “Zakovat intellektual klubi” NNT va Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida Xotin-qizlar o‘rtasida “Zakovat”
intellektual turniri o‘tkazildi.

🔴Beruniy tumani ixtisoslashtirilgan maktabining "An-Nisa" jamoasi Xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan "Zakovat" intellektual o‘yinining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hudud bosqichi mutloq g‘olibi bo‘lib eng yuqori natija bilan 1-o‘rinni egallashdi!!!


👉Bizni kuzatishda davom eting! 🟢 Telegram I 🔵 Facebook
#Beruniy_tumani_IM
#Yosh_kitobxon!

🏢Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Beruniy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Prezidentimiz ilgari surgan "Besh muhim tashabbus"ning to'rtinchi yo'nalishi "Yoshlar manaviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish bo'yicha "Yosh kitobxon" ko'rik tanlovi o'tkazildi.

🖥 Tanlovda o'quvchilar faol ishtirok etdi. Tanlov ikki bosqich test hamda savol-javob bosqichlaridan iborat bo'lib, eng yuqori natija bilan 15-19 yosh o'rtasida
🥇9-B sinf o'quvchisi Yo'ldasheva Lola I o'rinni,
🥈8-B sinf o'quvchisi Pirnazarova Charos II o'rinni,
🥉8-A sinf o'quvchisi Tadjibayeva Iroda III o'rinni egalladilar.

🖥10-14 yosh toifasida
🥇5-D sinf o'quvchisi Reimbergenov Dilshod I o'rinni,
🥈 5-D sinf o'quvchisi Murodov Jahongir va5 -B sinf o'quvchisi Shukurillayeva Zebuzar,
🥉 III o'rinni 5-A sinf o'quvchisi Madatov Muso egalladilar. Tanlov davom etadi .

👉Bizni kuzatishda davom eting !
#BIZDAN YAXSHI BOG' QOLSIN!
#YASHIL MAKON UMUMMILLIY HARAKATIDA BIRLASHAYLIK

Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida yurtimizda keng ko'lamli ko'chat ekish, yashil maydonlarni kengaytirish ishlari boshlab yuborildi.

Hurmatli Beruniyliklar bahor faslida tumanimizda 770 ming tub mevali, manzarali va turli dekorativ ko'rinishdagi ko'chatlar ekilishi rejalashtirilgan. Shunday ekan an'anaviy ravishda boshlangan “Yashil makon” umummilliy harakatida faol bo'laylik. Zero, bizdan kelajak avlodga bunyodkorlik ishlarimiz va yaratgan bog'larimiz meros bo'lib qolsin. Beruniy tumani hokimligi Аxborot xizmati 🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#Ijodiy-madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchilarga seminar tashkil etildi.

To’liq tanishing: Beruniy tumani hokimligi Аxborot xizmati 🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram