BERUNIY_PRESS/RASMIY KANAL
8.14K subscribers
51.7K photos
6.29K videos
7 files
9.55K links
🌐Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati https://t.iss.one/Beruniytumanimurojaatbot
Download Telegram
#O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 29-iyundagi 300-sonli Qarorining mazmun mohiyati tushuntirildi.

Bugun Beruniy tumani hokimi Atabek Saparbayev boshchiligida o'tkazilgan majlisning kun tartibidagi yana bir muhim mavzu, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 29-iyundagi 300-sonli Qarorining mazmun mohiyati tushuntirish ya'ni “Mahallalarda ijtimoiy xizmatlarni ko'rsatish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam berish tizimini yangi bosqichga ko'tarish hamda xotin-qizlarni kasbga o'rgatish ishlarini yanada jadallashtirish chora-
tadbirlari to'g'risida” gi qarorga muvofiq, mahallalarda olib borilayotgan ishlarga to'xtab o'tildi.

Mazkur qaror bo'yicha mahalla xotin-qizlar faolining ish samaradorligini oshirish va hamkor tashkilotlar bilan birga ishlash bo'yicha tegishli topshiriqlar berildi. Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati 📄
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram🥹
#Savol_bering_javob_beramiz

💁🏻‍♂️Savol: Yoshim 18 da, chet elga chiqish uchun passport olmoqchi edim. Menga passport necha yil muddatga beriladi?

✉️Javob: O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qarori bilan tasdiqlangan O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi to`g`risidagi Nizomning 7-bandida Xorijga chiqish biometrik pasporti fuqarolarga tug`ilgan kunidan boshlab bir yoshgacha — ikki yil muddatga, bir yoshdan 25 yoshgacha — 5 yil muddatga, 25 yoshdan oshgan shaxslarga — 10 yil muddatga beriladi. Demak, Sizga xorijga chiqish biometrik pasporti 5 yil muddatga beriladi.

👉 @beruniytumanadliya
#Sinovli davrlarda qanday bo'lmasin xalqqa xizmat ko'rsatish sifatini yanada yaxshilash zarur

Qoraqalpog'iston Respublikasi Prokurori Tadjiev Erkaboy Aminovich Beruniy tumanida bo'lib, fuqarolarning murojaatlariga ko'ra kelib tushgan muammolarni o'rgandi. Beruniy tumanida tashkil etilgan shtab faoliyati bo'yicha sektor rahbarlarining hisobotlarini tingladi.

Qish faslidagi ob-havoni hisobga olgan holda, tuman gaz filialida suyultirilgan gaz ballonlarining aholiga o'z vaqtida yetkazib berilayotgani bo'yicha joyida soha vakillari bilan uchrashdi va suhbat olib bordi. Sinovli davrlarda qanday bo'lmasin xalqqa xizmat ko'rsatish sifatini yanada yaxshilash zarurligi bo'yicha topshiriqlar berdi. Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati 📄
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram🥹
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Zakovat_intellektual
#Mening_armiyam_mening_faxrim

Beruniy tumanida yoshlarni bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida https://t.iss.one/BeruniyYoshlariofficial kanalida online tarzda bo'lib o'tgan "Zakovat intellektual" o‘yini va "Mening armiyam mening faxrim" shiori ostida o'tkazilgan online tanlov g'oliblari Yoshlar ishlari agentligi rahbari Temur Matyakupov tarafidan diplom va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

👉Ijtimoiy tarmoq sahifalarimizda bizni kuzatib borish uchun👇
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maxsus videorolik
#Beruniy tumani

#Shayx Abbos Valiy bobo jome' masjidida xayriya osh damlanib, sovuq ob havo sharoitida ish faoliyatini olib borayotgan xodimlarga hamda kam ta'minlangan oilalarga beǵaraz yordam sifatida osh tarqatildi.

#Beruniy tumani hokimi Atabek Saparbayev va mas'ullar ishtirokida Saxovat uyidagi mavjud sharoitlar bilan tanishdi.

👉Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maxsus videorolik
#Beruniy tumani
#Xalq roziligi yólida

#Beruniy tumani Istiqlol mahalla fuqarolar yiǵinidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj xonadonlar holidan xabar olindi. Qish faslidan betalofat chiqib olishlari uchun tuman hokimi Atabek Saparbayev oziq-ovqat mahsulotlarini berdi va murojaatlarini órgandi.

👉Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
#Beruniy tumani
#Tadbirkorlar bilan uchrashuv

Beruniy tumani hokimi Atabek Saparbayev tumanda faoliyat yuritayotgan avtomobillarga yoqilǵi quyish shaxobchalari rahbarlari ya'ni tadbirkorlar bilan uchrashuv ótkazdi.

Ayni kunlarda respublikamiz bóylab sovuq ob-havo saqlanib qolmoqda. Bunday sharoitda metan gaz quyish shaxobchalari yopilib, aholi xonadonlariga gaz berish masalasi ustuvor hisoblanadi.

Shu sababli tadbirkorlar bilan AI 80 benzin yoqilǵisi narxini suniy ravishda oshirmaslik va belgilangan 5700 sóm narxda sotish va aholiga yengilliklar yaratishga kelishib olindi. Mazkur vaziyat bóyicha har kunlik nazorat órnatilishi belgilandi.

👉Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
#Qoraqalpoq hududiy elektr tarmoqlari korxonasi AJ ma'lum qiladi

Elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi stansiyalarda yoqilg'i resurslarining yetishmasligi sabab Qoraqalpog'iston Respublikasining barcha shaxar va tumanlarida 2023 yil 18-yanvar kuni soat 9:00 dan boshlab, elektr energiyasi bilan ta'minlashda cheklovlar bo'lishini ma'lum qilamiz.

Qoraqalpoq hududiy elektr tarmoqlari korxonasi AJ
#Qaror va ijro
300-sonli qaror ijrosi bo'yicha o'rganishlar

https://beruniy-tumani.uz/

O'zbekiston Respublikasi Bosh vazir o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi raisi Maxkamova Zulayxo Baxriddinovna Beruniy tumaniga tashrif buyurib O'zbekiston respublikasi prezidentining 2022 yil 29 iyundagi “Mahallalarda ijtimoiy xizmatlarni ko'rsatish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam berish tizimini yangi bosqichga ko'tarish hamda xotin-qizlarni
kasbga o'rgatish ishlarini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 300-sonli qarorining ijrosi bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati 📄
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram🥹
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qoraqalpog'iston Respublikasi Beruniy tumanida “Xalq va armiya bir tanu bir jondir” shiori ostida bayram tadbiri bo'lib o'tdi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Beruniy tumani Aholi bandligiga ko'maklashish markazi binosida bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi o'tkazildi.
#Taraqqiyotga-faqat mashaqqatli va jasoratli mehnat orqali erishiladi.
#Davlat rahbarining ona tili mavzusiga otalarcha g'amho'rligi

Har yili O'zbekiston fuqarolari tomonidan intiqlik bilan kutiladigan bir tadbir borki, bu o'zgacha va har yili yangi formatda o'tkaziladi, ya'ni Davlat rahbarining O'zbekiston xalqiga va Oliy Majlisga murojaatnomasi. Murojaatnomaga qadar bir yil davomida aholining fikri chuqur o'rganiladi.

Dunyoda yuz berayotgan murakkab jarayonlardan kelib chiqib mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko'tarish, inson qadrini yuksaltirish, milliy qadriyatlarni yanada mustahkamlash, ta'lim sifatini oshirish, tibbiyot sohasini xalqimizga yanada yaqinlashtirish, sud-huquq tizimi, investitsiya loyihalari, iqtisodiy barqarorlik qo'yinki barcha yo'nalishlar Prezident nazaridan chetda emas.

BATAFSIL
Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram Facebook |Telegram