#Davlat tilida ish yuritish bo'yicha 1 oylik o'quv kursi Beruniy tumanida tashkil etildi

#Davlat tilini rivojlantirish, til masalasiga berilayotgan e'tibor sabab har bir rahbar soha hodimlari o'zbek tiliga oid ish yuritish hujjatlarini bilishi va bu borada malaka oshirilishi zarur hisoblanadi. Shu sabab bu yo’nalishda sertifikatga ega bo’lish maqsadga muvofiq sanaladi.

Beruniy tumanida 25 nafar turli sohada ish faoliyatini yurituvchi rahbarlar malaka oshirish kurslarida ishtirok etmoqda. Davlat tilida ish yuritish masalalari bo'yicha hokim maslahatchisi S.Yusupova tashabbusi bilan, Alisher Navoiy nomidagi o'zbek tili va adabiyoti universiteti qoshidagi davlat tilida ish yuritish asosini o'qitish va mutaxassisligini oshirish markazi o'qituvchi hodimlarini jalb qilgan holda darslar har kuni o'tkazilmoqda. Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati 📄
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#Яхшилик ва савоб ишларда бирдам бўлайлик.
#Ҳурматли берунийликлар!

#Савоб ишлар сирасига яхши ва эзгу ишлар, яъни жамиятга фойдаси тегадиган амаллар киради Яхшилик ва савоб ишларда бирдам бўлиш берунийликларга хос фазилатлардан ва юртнинг оғизбирчилигидан дарак. Берунийлик саҳоватпеша юртдошлар, жорий йилнинг 7 декабр куни соат 9:00 да Шайх Аббос Валий жомеъ масжиди ёнидаги Саховат уйида “Мехр” акцияси бошланади. Акция хафтанинг чоршанба ва жума кунлари ташкил этилади.

#Агар сизда, имкониятингиз даражасида эҳсон қилинадиган буюмлар, кийим-кечаклар ёки озиқ-овқат маҳсулотлари бўлса, эҳсон қилиш орқали тумандаги мухтож оилаларга етказиб берилади. Савоб ишни ҳар ким ҳар кун қилиши лозим. Бинобарин, бу ҳаётда инсондан фақат яхшиликкина қолади. Яхшиликнинг мукофоти эса фақат яхшилик-жаннатдир. Бирдамликда, савоб йўлида инсонларга яхшилик улашайлик.
#Beruniy_tumani
#Besh_tashabbus_olimpiadasi 2-mavsumi

#Bugun Beruniy tumanida "Besh tashabbus olimpiadasi"ning 2-mavsumida Respublika bosqichida sportning "Street workout" turidan "A" ligasida 16-21 yosh toifasida ishtirok qilgan Yuldashev Sardorbek faxrli 2-o'rinni qo'lga kiritdi va Beruniy tumanida Yoshlar ishlari agentligi xodimlari tomonidan munosib kutib olindi.

👉Ijtimoiy tarmoq sahifalarimizda bizni kuzatib borish uchun👇
Telegram | Instagram |Facebook
#30 YIL
#Konstitutsiyaga bag'ishlangan tadbirlar

#O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligiga 30 yil to'lishi munosabati bilan Beruniy tumani XTB ga qarashli 1-son umumiy o'rta ta'lim maktabida bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda o'quvchilar konstitutsiya moddalari, ularga amal qilish bo'yicha o'z nutqlarida aytib o'tgan bo'lsa, milliy ruxdagi kuy-qo'shiqlarning ijrosi va raqslar barchaga manzur bo'ldi. Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati 📄
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#KONSTITUTSIYANING 30 YILLIGI MUNOSABATI BILAN MAKTABGACHA TA'LIM BO`LIMIDA TADBIR O`TKAZILDI

Joriy yilning 06-dekabr kuni jinoyat ishlari bo`yicha Beruniy tuman sudi raisi R.Kamalova, Beruniy tumanlararo iqtisodiy sudi raisi R.Kurbanbayev hamda tuman adliya bo`limi boshlig`i S.Raimbekovalar tomonidan O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan Beruniy tumani Maktabgacha ta'lim bo`limida bo`lim tasarrufidagi barcha davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari hamda boshqa xodimlari ishtirokida uchrashuv o`tkazildi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – yurtimizda yangi hayot, yangi jamiyat barpo etishning huquqiy poydevori bo‘lib xizmat qilib kelayotganligi hamda Konstitutsiyaning yaratilish tarixi, undagi belgilangan normalar mazmun-mohiyati, 30 yil davomida kiritilgan o`zgartish va qo`shimchalar haqida batafsil tushunchalar berildi.


Xususan, Konstitutsiyada, har kim erkinlik hamda shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega ekanligi ko‘rstilgan. Unga ko‘ra, hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Jinoyatda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda ko‘rib chiqilmaguncha qiynoqqa solinishi, unga nisbatan zo‘ravonlik, shavqatsiz yoki qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlar olib borish mumkin emasligi to‘g‘risida ko‘rsatilganligi haqida gapirib o‘tildi. Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati 📄
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#KUN VIDEOSI
#Xalq roziligi yólida
#Beruniy tumani hokimiga minnatdorchilik

#Beruniy tumani hokimi A.Saparbayev 1-sektor hududi Xorazm mahallasidagi fuqaroning murojaatiga kóra, elektr energiyasidagi 3 million sóm qarzdorligini tólab berdi.

👉Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mehr harakati boshlandi

#Qoraqalpoǵiston Respublikasi Jóqorǵi Kengesi Raisi topshiriǵiga asosan Respublikamizda "Mehr harakati" aksiyasi boshlandi.

Ezgulik va yaxshilik yólida birlashaylik.

👉Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati