#Beruniy_tumani
#Sport

#Oldin xabar berganimizdek bugun kun davomida Beruniy tumanida sportning Karate WKF turidan 6 yoshdan 30 yoshgacha bólgan óǵil va qiz bolalar órtasida "Hokim oltin kamari" uchun sport musobaqasi bólib ótdi.

#Musobaqaning yakuniy bosqichida Beruniy tumani hokimi Atabek Saparbayev ishtirok etib, ǵoliblarni munosib taqdirladi.

👉Oltin kamar ǵoliblari va musobaqa yakuniy natijalarini tóliq e'lon qilib boramiz.

#Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
#Beruniy_tumani
#Bugun
#Yashil makon
#Dolzarb 40 kunlik

#Bugun Beruniy tumani hokimi A.Saparbayev boshchiligida sektor rahbarlari, korxona-tashkilotlar bilan birgalikda "Yashil makon" umummilliy harakati doirasidagi "Dolzarb 40 kunlik" kóchat ekish ishlari boshlandi.

#Ózbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyev  boshchiligida ótkazilgan videoselektor yiǵilishida 20-oktyabrdan 1-dekabrgacha dolzarb 40 kunlik e'lon qilindi.

Yashil makon umummilliy harakatini boshlash, bu orqali yashil hududlarni kópaytirish, atrof-muhitni asrash uchun har birimiz kóchat ekib, faol ishtirok etishimiz zarurdir.

#Beruniy tumanida ótkazilgan seminar davomida hudud iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda kóchat tanlashga alohida e'tibor berish, bu jarayonda tajribaga ega boǵbonlar bilan maslaxatlashish zarurligi tushuntirildi.

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
#Beruniy tumani
#Bugun
#Yashil makon
#Dolzarb 40 kunlik

#Seminardan sóng kóchat ekish ishlari boshlandi.

#Obodonlashtirish boshqarmasiga qarashli yer maydonida kóchat yetishtirish bóyicha tajriba sinov issiqxonalari tashkil etilgan bólib, pavloniya daraxtidan 800 tub, yapon saforasi, 70 ming dona atirgul qalamchalari, archa kóchatlari yetishtirilmoqda. Seminar ishtirokchilari bu yerdagi kóchatlarning parvarishlash jarayoni bilan ham tanishdi.

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati