#Beruniy_tumani
#Paxta_mavsumi_2022
#Xayrli tashabbus bilan paxta dalasida

#Bugungi kunda dalalarda yetishtirilayotgan paxta hosilini yig'ib-terib olish ishlari qizg'in davom etmoqda.

#Shu o'rinda Beruniy tumanidagi paxta dalalarida ham o'z mehnatini ayamay hosilning kechiktirmay yig'im-terim ishlarida qatnashayotgan terimchilarimizga alohida e'tibor qaratilmoqda.

#Tumandagi 9.200 gektar yer maydoniga paxta hosili ekilgan bo'lib, hozirgi kunda paxta terimi olib borilmoqda. 4 sektor rahbarlari, tuman hokimligi va tashkilot rahbarlari tomonidan oppoq hirmonga o'z hissalarini qo'shayotganlarga katta minnatdorchilik bildirib va hormasin aytib, shuningdek, terim mavsumi boshlangandan buyon faollik ko'rsatib kelayotgan ilg'or terimchilarga qimmatbaho sovg'alar berildi.

#Tumandagi fermer xo'jaliklari hirmonning to'lishida o'z mehnatini ayamayotgan terimchilarga barcha shart-sharoitlar yaratib ularga qo'l-qanot bo'lmoqda.

#Terimchilarning kayfiyatini ko'tarish maqsadida tuman madaniyat bo'limi xodimlari tomonidan konsert dasturlari ham taqdim qilindi.

#Tumandagi barcha fermer xo'jaliklari va paxta hosilini yig'ib-terib olish ishlarida uyushqoqlik bilan qatnashayotgan terimchilarga kuch-quvvat tilaymiz.

#Shuningdek bugun tumandagi hokim yordamchilari óz tashabbuslari bilan chiqib, Biybozor OFY hududidagi "Shuxrat Achil" fermer xójaligida paxta terimida ishtirok etayotgan bólib, paxtadan tushgan 1 kunlik daromadni imkoniyati cheklangan oilalarga hayriya tarzda berishga kelishib olindi.

👉Ma'lumot uchun: Qo‘lda terilgan har kilogramm paxta xomashyosi uchun birinchi terimda 1500 so‘mdan, ikkinchi terimda 1800 so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda haq to‘lanadi.

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
#DIQQAT E'LON!
#Daromad topish vaqti keldi

#O'zingizni mavsumiy ish bilan ta'minlashni va daromad topishni istasangiz hududingizdagi paxta dalalarida yig'im-terim jarayoni boshlandi. Paxta hosilining 1-terimi uchun 1500 so'mdan, 2-terimi uchun esa 1800 so'mdan narx belgilangan. Bundan tashqari faol terimchilar qo'shimcha rag'batlantiriladi.

#2022-yil paxta mavsumi davomida ishtirok eting va daromadli bo'ling. Terimchilar uchun dala boshida barcha sharoitlar yaratilgan. Issiq ovqat va terim mablag'lari o'z vaqtida beriladi. Paxta hosilini nes-nobud qilmasdan yig'ib-terib olishda faollikka chaqiramiz.

“Beruniy Cluster” MCHJ ma'muriyati
#Paxta_mavsumi_2022
#Beruniy_tumani

#Ayni paytda Beruniy tumani 1-sektor hududi Biybozor ovul fuqarolar yiǵinidagi "Akrom" fermer xójaligida paxta yiǵim terimida qatnashib, daromad topayotgan opa-singillarimizga yaratilgan sharoit bilan tanishib, faol terimchilarni raǵbatlantirish maqsadida tuman hokimining maslahatchisi S.Yusupova dala boshida bóldi.

Terimchilar suhbat jarayonida mexnat haqlarining óz vaqtida berilayotgani hamda har kunlik issiq ovqat va yaratilgan sharoitlardan rozi ekanligini bildirib ótdi.

👉Madaniyat hodimlari tomonidan kuy-qóshiqlar ijro qilinib xush kayfiyat ulashildi.
Hirmonga baraka!

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
#Paxta_mavsumi_2022
#Beruniy_tumani
#Fidoiy yoshlar otryadi

#Bugun yakshanba dam olish kuni. Bundan unumli foydalangan tumandagi 40 hokim yordamchisi markazdan olisda Biybozor ovulida, 40 nafar xotin-qizlar faoli Órazboy Jumaniyozov mahallasida, 40 nafar yoshlar yetakchilari va fidoiy yoshlar otryadi esa Saraykól mahalla fuqarolar yiǵinidagi "Urazimbetov Ne'matjon" fermer xójaligida yiǵim-terimga óz tashabbuslari bilan qatnashmoqda.

Dala boshida barcha sharoitlar yaratilgan. Bir kunlik mexnat haqlari esa xayriya tarzda berilishiga kelishib olingan.

#Yoshlar yetakchilarining terim jarayonidan lavhalar.

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
#Beruniy_tumani
#Paxta_mavsumi_2022
#Paxta yiǵim-terimida musobaqa

#Beruniy tumani O'Jumaniyazov MFY ga qarashli "Sarko'pli Baxodir" fermer xo'jaligida tumandagi eng ko'p paxta teradigan terimchilar o'rtasida musobaqa bo'lib o'tmoqda.

Terimchilarimiz bor kuch g'ayratlari bilan g'oliblikga harakat qilib birinchilakka intilmoqda.

Musobaqa jarayonini kuzatish hamda terimchilarga hormanglar deya Beruniy tumani hokimi A.Saparbayev va tuman prokurori, 2-sektor rahbari M.Atadjanov paxta dalasida bóldi.

👉Musobaqa yakuni bilan tanishtirib boramiz.

📌Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati