#Ayollar_daftari
#Amir_Temur_MFY

Ayollar daftaridagi xotin-qizlarga huquqiy maslahatlar berildi

Beruniy tumani "Amir Temur" mahalla fuqarolar yig'inida "Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlarga huquqiy bilimlar berish bo'yicha tadbir bo'lib o'tdi.
Mahallada "Ayollar daftari"ga jami 49 nafar xotin-qizlar kiritilgan bo'lib, shundan
ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar;
tadbirkorlik qilish istagida bo'lgan ehtiyojmand xotin-qizlar;
boquvchisi bo'lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar;
ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo'lgan xotin-qizlar
uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar;
qaramog'ida nogironligi bo'lgan farzandi mavjud xotin-qizlar;
Ushbu toifalarga kiritilgan 49 nafar xotin-qizlardan 20 nafariga tuman hokimligi, Oila va xotin-qizlar bo'limi, Adliya bo'limi va tuman IIB XQMB inspektor tomonidan huquqiy maslahatlar berildi. Mas'ullar tomonidan
"Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlari ham o‘rganiladi.

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
#Navoiy_OFY
#Ayollar_bandligi

Tumanda aholi bandligini ta’minlash borasida ko’pgina chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, xotin-qizlarni uy sharoitida ish bilan ta’minlash maqsadida, tumandagi “Navoiy” mahalla fuqarolar yig’ini hokim yordamchisi O.Atajanov tashabbusi bilan ko’pgina ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, hududda yashovchi aholi soni hozirgi kunda 519 ta xonadonni qamram olib, shundan ishsizlar soni 152 ta xonadonni tashkil etadi. Amalga oshirilayotgan ishlar ya’ni, subsidiya tariqasida “Shobboz parranda-2022” ishlab chiqarish kooperativi tashkil etilib, natijada “Ayollar daftari”dagi 22 ta ayol-qizlar kooperativga a’zo qilinib, ularning bandligi ta’minlandi.
Ularning har biriga 55 tadan tovuq hamda qo’shimcha 1 oylik ozuqasi va idishlari bilan birga tarqatildi. Hudud aholisining farovon turmush tarzini ta’minlash va ishsizlikni qisqartirish bo’yicha, keyinchalik ham bunday ishlar amalga oshirilishi davom etadi. 👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
#Муҳим_хабар

⚡️Президент Шавкат Мирзиёев “Давлат фуқаролик хизмати тўғрисида”ги Қонунни имзолади

Қонун вазирлик ва идоралар мутахассислари, хорижий экспертлар ва жамоатчилик вакиллари иштирокида тайёрланди. Қонун 10 та боб ва 64 та моддадан иборат.

Мазкур қонун Ўзбекистонда ижро ҳокимияти функцияларини амалга оширувчи давлат органлари ва ташкилотларидаги 118 мингдан ортиқ давлат фуқаролик хизматчиларининг фаолияти билан боғлиқ барча муносабатларни ягона қоидалар асосида тартибга солади.

▪️Бундан буён давлат фуқаролик хизмати татбиқ этиладиган барча вазирлик ва идораларда ходимларни ишга қабул қилиш, фаолияти самарадорлигини баҳолаш, уларни хизмат поғоналарида ўстириш, рағбатлантириш ёки интизомий жазолаш ва хизматни тугатиш масалаларида ҳар хил ёндашувларга барҳам берилади.

Қонун билан давлат фуқаролик хизмати соҳасида ваколатли орган этиб — Президент ҳузуридаги Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги белгиланди.

Каналга уланиш — t.iss.one/argos_uz
#Abay_OFY
#Tamirlash_ishlari

Beruniy tumani “Abay” ovul fuqarolar yig’ini hududida joylashgan TP 189-sonli transformator punkitida tamirlash ishlari olib borilmoqda. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt || Instagram | Facebook | Telegram |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Асрлар синовидан ўтган миллий қадриятлар
#Oltinsoy_OFY
#Ochilish_marosimi

Joriy yilning 9-avgust kuni Beruniy tumani markazidan olisda joylashgan, og'ir hudud hisoblangan "Oltinsoy" ovul fuqarolar yig'ini hududida yangidan qurilgan "Aminboy ota" to'yxonasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirni tuman hokimi 1-o'rinbosari U.Matirzaev ochib berdi.

Tadbirkor R.Ismoilov hisobidan qurib bitkazilgan bu to'yxona 400 o'ringa mo'ljallangan bo'lib, elimizning yaxshi kunlarida xizmat qilish uchun shay.
Tadbir so'ngida ochilish marosimiga kelgan mehmonlarni to'yxonada to'kin dasturxon bilan kutib olindi va fuqarolarning farovon turmush kechirishi uchun qulay sharoitlarning yaratilishi tobora ortib borayotganidan dalolat beradi.

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati