“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tuman kesimida amalga oshirilgan ishlarni o'rganish davomida Senator M.Salimova Kat ko'chasida amalga oshirilgan ishlar bilan ham tanishdi.

#Kat ko'chasi dastur asosida 5.2 km qismida asfaltlash ishlari olib borilgan bo'lib, tungi yoritgichlar o'rnatilgan. Tuman Obodonlashtirish korxonasi hodimlari tomonidan 7600 tub manzarali daraxt va gul ko'chatlari ekilgan. Hozirda doimiy parvarishlash ishlari olib borilmoqda. 2022 yilning bahor mavsumida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tumanda 667.500 tub mevali va manzarali daraxt ko'chatlari ekilib, belgilangan reja ortig'i bilan bajarildi. Asosan katta yo'l bo'ylariga manzarali daraxt ko'chatlaridan katalpa, archa, yapon saforasi ekildi.
#Tuman hokimining 1-sektor shtabida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2021 yil 18 maydagi “Orol bo'yi hududini ekologik innovatsion va texnologiyalar hududi deb e'lon qilish to'g'risida”gi maxsus rezolyutsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida” 2021 yil 29 iyuldagi PQ–5202-son Qarori ijrosi yuzasidan Beruniy 1 va Beruniy 2 loyihalari bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar sektor rahbarlari va soha mutaxassislari bilan o'zaro kelishib olindi.
#Sayyor qabullar davomida aholining murojaatlarini o'rganish, bu yo'nalishda yangi tizim asosida mahallada murojaatlarni hal qilish bo'yicha ham ilk namuna Beruniy tumanida boshlandi. Unga ko'ra tumandagi 40 ta mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli har xaftaning juma kuni sayyor qabul tashkil etib, fuqarolarni qabul qiladi. Masalalar shu yerning o'zida hal qilinishi bo'yicha barcha choralar ko'riladi.

#Senator M.Salimova bu tizim o'zini oqlashi hamda respublikaga tatbiq etish borasida o'z fikr va tavsiyalarini berib o'tdi. Ko'p yillardan buyon infratuzilma ob'ektlari bo'yicha murojaat qilib kelayotgan bo'lib, elektr toki, yo'l masalasi aholini qiynab kelayotgan edi. Tuman hokimi va senator bu masalada o'z takliflarini bildirdi. Jami kelib tushgan 36 ta murojaatdan 11 tasi joyida hal qilinib, tushuntirish berilgan bo'lsa, mablag' talab qilinadigan masalalar nazoratga olindi.
#Beruniy tumani tibbiyot birlashmasi 398 o'ringa mo'ljallangan bo'lib, senator tug'ruq bo'limini ko'zdan kechirdi. Bu yerdagi yaratilgan sharoit onalik va bolalikni muhofaza qilish borasidagi shifokorlar tomonidan olib borilayotgan ishlarni o'rgandi. Tug'ruq bo'limi reanimatsiya xonasining jihozlanishi, undan tashqari tug'ruqdan keyingi muolajalar bilan ham tanishib o'tdi.

#Farzand ko'rish baxtiga muyassar bo'lgan onalar bilan suhbatlashdi. Senator M.Salimova so'ngi yillarda tibbiyot sohasiga berilgan e'tibor sabab, ko'plab kasalliklarning oldini olish, bu borada tibbiyot hodimi bilimini oshirishdan tinmasligi zarur deya aytib o'tdi. Homiladorlik davri tug'ruq va ona sutining oltin qoidalari bo'yicha ham tushuntirishlar berdi. Qilinishi lozim bo'lgan masalalar yuzasidan o'z takliflarini bildirdi hamda kamchiliklar yuzasidan vazifalar topshirildi.
#Ijtimoiy daftarlarning joriy qilinishi aholiga tizimli ravishda yordam berishning imkoniyatlarini oshirdi. Bugungi kunda Beruniy tumanida “Ayollar daftari” ning 3-bosqichida 3180 ayollar kiritilgan bo'lib, ularga manzilli yordam ko'rsatish daftardan chiqib, o'z faoliyatini yo'lga qo'yish borasida amaliy harakatlar boshlangan. Senator o'rganishlari davomida Turon mahalla fuqarolar yig'inida “Ayollar daftari”ga kiritilgan imtiyozli kredit olib, o'z faoliyatini boshlagan Dilbar Qutlimuratovaning faoliyatini o'rgandi.

#Zamonaviy soch turmaklari, pardoz, stilist xizmati bularning barchasi xizmat ko'rsatish sohasini qamrab oladi. Tuman markazidan 7 kilometr olisda joylashgan bu maskanda mahallaning qizlari shu yerdan hunar o'rganmoqda. Endilikda ish joyini kengaytirish va ish o'rinlarini ko'paytirishni maqsad qilgan.

#Istiqlol mahallasida o'z uyidan tikuv sexi ochgan va faoliyati davomida shogirdlar chiqarib ulgurgan Xolida Allabergenova bugun hayotidan mamnun. 3 farzandning onasi o'tgan 2021 yil davomida “Ayollar daftari” ga kiritilgan va imtiyozli kredit asosida zamonaviy tikuv mashinalari olib, ish faoliyatini boshlab yuborgan. Buyurtma asosida uy jihozlarini tikish bilan ham shug'ullanadi. Yartilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib ishini to'g'ri yo'lga qo'ygan Xolida bugun o'z farzandlariga ham bu hunar sirini o'rgatib kelmoqda.