#Hudud yangiliklari

#Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining 30-aprel kungi majlisi bayoniga asosan 15-may “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan, “Faravon oila sari" gʻoyasi ostida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda "Yangi Oʻzbekistonning ibratli oilasi" koʻrik tanlovini oʻtkazish boʻyicha, Beruniy tumani Oila va xotin-qizlar bo’limi tomonidan, 2-sektor hududidagi mahallalarning ibratli oilalari oʻrtasida koʻrik tanlov oʻtkazildi.

#3 ta shart asosida oilalar qatnashib, Navoiy ovul fuqarolar yigʻinidan qatnashgan Allayarovlar oilasi ibratli oila deb topildi hamda hudud bosqichida ishtirok etish imkonini qo’lga kiritdi. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maxsus fotolardan videorolik

“Inson qadri ulug'-Xotira muqaddas”. Shunday insonlar borki, ular oramizda bo'lmasa ham yodi mangulikka muhrlangan, doim barhayot.

#Beruniy tumanining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma'naviy hayotida munosib hissa qo'shgan bir guruh yurtdoshlarni fotorasmlari orqali xotirladik.
#INSOFLI SOLIQ TO'LOVCHILAR BILAN BIRGA…


#Davlat va jamiyat barpo etilganidan buyon fuqarolarning ana shu jamiyat oldidagi belgilangan haq-huquqlari, burch va vazifalari bo'ladi. Binobarin, soliqlarni o'z vaqtida to'lash ham yurtdoshlarimizning Vatan oldidagi farzi hisoblanadi. Davlat ravnaqi yo'liga topshirilgan mablag'lar esa tizimli asosda bosqichma-bosqich fuqaroning o'ziga qaytariladi.


#Soliq sohasida insofli soliq to'lovchilar sirasiga soliqlarni oxirgi ikki yil ichida soliq majburiyatlarini o'z vaqtida va to'liq bajarib kelgan soliq to'lovchilar kiradi. Ularga soliq ta'tillari hamda soliq qarzini to'lashni kechiktirish va (yoki) bo'lib-bo'lib to'lash huquqi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ tomonidan berilishi belgilangan.


#Xulosa o'rnida shuni alohida ta'kidlash joizki, soliq sohasidagi yangilanishlar va o'zgarishlar fuqarolarda ko'p yillardan buyon hayollarida shakllangan “soliqlarni to'lash – xuddi ishlab topgan pullarini kimgadir olib borib topshirish” kabi noto'g'ri tushunchalarini bartaraf qilishga xizmat qilmoqda.

Soliqlarni belgilangan muddatida to'lash orqali har birimiz davlat iqtisodiyotiga munosib hissa qo'shishimiz va asosiysi, insoniylik farzimizni ijro etgan bo'lamiz.

Beruniy tumani Davlat Soliq Inspeksiyasi
#Beruniy tumanida 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Beruniy tumani bo'linmasi tomonidan, bayram nishonasi bo'lgan 9-may belgisi tushirilgan stikerlar avtomashinalarga yopishtirilib, bayram bilan keng jamoatchilikni tabriklamoqda.

#Shuningdek, Yoshlar ittifoqi valantyorlari tomonidan ham fuqarolarga sharaf lentalari taqilib, bayramni ko'tarinki ruxda o'tkazishda hissa qo'shmoqda. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
O'simliklar himoyasi bo'yicha seminar tashkil etildi


O'zbekiston Respublikasi O'simliklar karantini va himoyasi agentligi Bosh direktori I.K.Ergashev rahbarligida 2022 yil 14 aprel` kuni o'tkazilgan videoselektorda ko'rsatilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi O'simliklar karantini va himoyasi agentligi hamda o'simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog'iston filiali tomonidan Beruniy tumanida feromonitoring yuritish, amaldagi tutqichlarni o'rnatish va nazoratga olishga bag'ishlanib seminar tashkil etildi.