#Aholi bilan uchrashuvlar

#Beruniy tumani To'qimachi mahalla fuqarolar yig'inida sektor rahbarlari aholi bilan uchrashib, ularning muammolarini o'rgandi. Mahalla raisi Q.Artikov mavjud muammolarga to'xtalib, sektor rahbari bilan bu ishlarni tizimli hal qilish bo'yicha kelishib olindi.

#Ichimlik suvi masalasi bo'yicha tegishli mutasaddilar tushuntirish bergan bo'lsa, mahallada huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish bo'yicha faxriy nuroniylar yoshlarga o'git-nasihatlar qilishi, hududdagi umumiy o'rta ta'lim maktabilarida uchrashuvlar va tadbirlar o'tkazishga kelishib olindi. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
#FUQARO MUROJAATI DEPUTAT TOMONIDAN IJOBIY HAL ETILDI

#Beruniy tumani "Bunyodkor " MFYda yashovchi 2-guruh nogironligi bor, 1979-yilda tug'ilgan Muzaffar Bekniyazov suyak yemrilishi kasalligidan qiynalib kelgan. Oilali, 3 nafar farzandning otasi. M.Bekniyazov chap oyog'iga endoprotez quyishda amaliy yordam so'rab, QR Jo'qori Kenges deputati S.Imamovaga murojaat qilgan.

#Fuqaro M.Bekniyazovning murojaat yuzasidan Qoraqalpog'iston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligiga deputat so'rovi jo'natilib, belgilangan muddat ichida javob xati olindi.

#Hozirgi kunda 60ga yaqin insonlarga ijtimoiy ahvolidan kelib chiqib, bepul jarroxlik amaliyotlari o'talgan. M.Bekniyazovga ham joriy yilning 18 aprel kuni Nukus shaxridagi Respublika shifoxonasining travmotologiya bo'limida jarroxlik amaliyoti o'tkazildi. Jarrohlikdan so'ng bemorning sog'ayishi shifokorlar nazoratida.
🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Beruniy tumanida ko'rgazmali seminar tashkil etildi.
#YO'L QOIDASI UMR FOYDASI.

#O'zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Beruniy tuman O'quv sport texnika klubida haydovchilikka o'qiyotganlarga QR IIV Beruniy tuman IIB YHXB boshlig'i katta leytenant Aminov Dilshod va QR. IIV Beruniy tuman IIB YHXB inspektori Seytmuratov Talg'atlar tomonidan tumanda sodir bo'layotgan yo'l transport hodisalarining oldini olish mavzusida profilaktik tadbir o'tkazildi.

#QR IIV Beruniy tuman IIB YHXB boshlig'i katta leytenant Aminov Dilshod so'zga chiqib, yo'llarda xarakat xavfsizligi talablariga rioya qilish va Yo'l transport hodisalarining oldini olishda yo'l harakati qoidalariga amal qilish kerakligini ta'kidlab o'tdi.

Matn bilan to'liq tanishish👇👇 https://beruniy-tumani.uz/
📌Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
⚽️🏆 Ushbu yilning 5-22-aprel kunlari Beruniy tumanida 16-30 yoshgacha yoshlar o'rtasida sportning "Futbol" turidan "Davlat xavfsizlik xizmati kubogi" musobaqasining Beruniy tumani bosqichi yakunlandi.

🏆21-aprel kuni Yarim final (1/2 FINAL) bosqichida quyidagi jamoalar o‘zaro bellashadilar:
1
."Sarayko'l" MFY - "Beruniy" OFY. xisob: 2-2 (penalti 8-9),
2."Bunyodkor" MFY – "Shimom" OFY. xisob: 0-4,

🏆 22-aprel kuni FINAL o'yinlarida quyidagi jamoalar o‘zaro bellashadilar:
"3-o'rin" uchun:
1."Sarayko'l" MFY - "Bunyodkor" MFY, xisob: 1-4,
"FINAL" o'yini:
2."Beruniy" OFY – "Shimom" OFY, xisob: 1-4,

🏆 Musobaqaning yakuniy natijasida quyidagi jamoalar g'olib bo'ldilar:

1-o'rin "Shimom" OFY jamoasi.
2-o'rin "Beruniy" OFY jamoasi.
3-o'rin "Bunyodkor" MFY jamoasi.


"Shimom" OFY futbol jamoasi ushbu yilning iyun oyida bo'lib o'tadigan Qoraqalpog'iston Respublikasi bosqichiga yo'llanmani yutub olishga muyassar bo'ldi.
#Nuroniylar salomatligi doimiy kuzatuvda

#Qizilqal'a ovul fuqarolar yig'ini hududidagi oilaviy shifokorlik punkti shifokorlari va mahalla ayol-qizlar faoli bilan hamkorlikda, nuroniy onaxonlar va chaqaloqlarni uy sharoitida tibbiy ko'rikdan o'tkazish ishlari tashkil etildi.

#Ko'rik natijalari bo'yicha kerakli tavsiyalar berildi. Mahallabay ishlar Beruniy tumani bo'ylab davom etmoqda. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
📌O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 iyuldagi “Davlat xizmatlari ko'rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-6269-son Farmonining mazmun – mohiyati

📌Matn bilan to'liq tanishish👇👇 https://beruniy-tumani.uz/
#Moyli ekinlar xususan, kunjut ekish texnologiyasi, kunjut parvarishi va uni yig'ib olish ishlari bo'yicha ko'rgazmali seminar o'tkazildi.

#Seminar Qoraqalpog'iston Respublikasining janubiy tumani Ellikqal'ada o'tkazildi. Seminarda Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi vakili U. Allayarov, Qoraqalpog'iston Respublikasi qishloq xo'jaligi vaziri o'rinbosari YE.Yedenbaev, Qoraqalpog'iston Respublikasi suv xo'jaligi Vaziri o'rinbosari T. Madreyimov va Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'yicha tuman hokimlarining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari bo'yicha o'rinbosarlari hamda sohaga doir fermer, dehqon xo'jaliklari va eksportyor korxonalari rahbarlari ishtirok etdi. 2022 yilda moyli ekinlar yetishtirish hususan, kunjut ekish agrotexnologiyasi soha mutaxassislari tomonidan keng turda tushuntirildi. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
#Yutuqlar bardavom bo'lsin…

#O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2 -fevraldagi "Madaniyat va san'atni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tug'risida”gi PQ-112-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida tashkil qilingan "San'atim senga, obod yurtim" Respublika ko'rik tanlovining Qoraqalpog'iston Respublikasi bosqichida 6-son bolalar musiqa va san'at maktabining an'anaviy xonanda sinfi o'quvchisi Sherzodbek Zaripov 1-o'rinni egallab, Respublika bosqichiga yullanmani qo'lga kiritdi. Yosh iste'dod egasiga ulkan zafarlar tilaymiz.

🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
“Qadriyatlarimiz bebaxo boyligimiz”

#Beruniy tumani mahallalari va umumiy o'rta ta'lim maktablari o'rtasida tashkil etilayotgan qadriyatlar targ'iboti o'z o'rnida qizlarning ahloqiy yetuk bo'lishida xizmat qiladi.

“Qadriyatlarimiz bebaxo boyligimiz” deb nomlangan tadbir Mustaqillik mahalla fuqarolar yig'ini va 42-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi bilan hamkorlikda o'tkazildi. Urf-odatlar va milliylik aks etgan tadbirda o'quvchilarga qadriyatlarning o'rni tushuntirildi. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube