#Taktik o'quv mashqlarining ikkinchi kuni yakunlandi.

#Xabaringiz bor 2022 yilning 11, 12, 13 aprel kunlari Beruniy tumanida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan, Qo'mondonlik-shtab o'quv mashqlari o'tkazilmoqda. Mazkur taktik o'quv mashqlarining ikkinchi kuni qanday o'tdi. Shu bo'yicha to'xtalib o'tamiz.

#Favqulodda vaziyatlar tuman bo'limining Qo'mondonlik-shtab o'quv mashqining 2-kuni 64-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida “Tabiiy hususiyatli favqulodda vaziyatlar sodir bo'lganda maktab rahbariyati va o'quvchilarning harakatlari” mavzusida fuqaro muhofazasi tadbirlari bilan boshlandi.
#Beruniy tumani “Shabboz dexqon bozori” MCHJ da “Tabiiy va texnogen hususiyatli favqulodda vaziyatlar sodir bo'lganda, ob'ekt rahbarlar tarkibi va fuqaro muhofazasi tuzilmalarining hamda tuman FVDT hizmatlari bilan hamkorlikda harakatlari” mavzusidagi taktik o'quv mashqi muvaffaqiyatli o'tkazildi.

#Xorazm maxallasida esa aholini is gazi, gaz-havo aralashmasi chaqnashi va ovqatdan zaxarlanishning oldini olish bo'yicha ham o'tkazildi.