#Ish boshlagandan buyon murojaatlarni o'rganib, ularni hal qilish ayniqsa, tadbirkor bo'laman degan fuqaroga yordam berish bosh vazifa hisoblanadi deya suhbatni davom ettirdi Usmonjon Djabbarov. Kredit olib asalarichilik klasteri tashkil etildi natijada, 132 nafar ishsiz aholi ish bilan ta'minlandi. Bir gap bor “qilsa bo'lar ekan” buning hammasi uchun harakat va istak kerak.
#Non va non mahsulotlarini ishlab chiqarish sexi tadbirkori kredit olib, o'z ish faoliyatini boshlagan. Tikuvchilik bilan shug'ullunayotgan xonadon egasi tuli milliy quroqlar bilan birgalikda, to'quvchilik bilan ham shug'ullanadi. Bundan tashqari hovlida yetti xazinaning biri parrandalar ko'p. Xonadonlar bir emas, bir qancha daromad manbaiga ega.

#Asalarichilik klasterida mavsum boshlangan, ish qizg'in. Ishchilarga asalari qutilari tarqatilib berilgan. Asalning foydasi, ayniqsa bahorda ochilgan mevali daraxt gullaridan yig'ilgan asal o'zgacha bo'ladi.
#Issiqxonalarda yetishtirilayotgan sabzi va kartoshkalar xa demay bozor rastalaridan joy oladi. Tomorqadan foydalanishda biybozorliklarning alohida maktabi bor. Bir qarich yerni zoe qilmaydi.

#Hokim yordamchisining kelajak rejalari bilan qiziqdik. Ishlab chiqarish sohasini yanada kengaytirish orqali, ishsizlikning sonini kamaytirishga erishish deya aytib o'tdi. Hudud bu borada yetarlicha imkoniyatga egaligi ma'lum.
#Ijtimoiy soha rivoji hududdagi 5 talik ya'ni ovul oqsoqoli, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, mahalla ayol-qizlar faoli va hudud inspektorining doimiy nazoratida. 56-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining ish faoliyati o'rganildi. Bolalar uchun yaratilgan sharoit shular jumlasidandir. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube