DIQQAT E'LON!!!
Hurmatli ota-onalar!

Beruniy tumani maktabgacha ta'lim bo'limi 16-sonli ko'p tarmoqli maxsus maktabgacha ta'lim tashkilotiga 2-6 yoshli nutqida nuqsoni bo'lgan, tayanch harakat tizimida nuqsoni bo'lgan, psixik rivojlanishida nuqsoni bo'lgan (Sindrom Dauna, ZPR, ZRR, ZODR) bolalar qabul qilinadi.

Ta'lim tashkilotida bolalar ota-onalar badal to'lovisiz (vznossiz) tarbiyalanadi. Ta'lim tashkilotida farzandlaringizga alohida e'tibor bilan ta'lim-tarbiya va sog'lomlashtirish ishlari olib boriladi. Dargohda oliy ma'lumotli defektolog, psixolog va mutahassis tarbiyachilar faoliyat olib boradilar. Bolalarning ovqatlanish ratsioni ham sog'lomlashtirishga qaratilgan.

Bugungi kunda tashkilotda bolalar uchun bo'sh joylar mavjud. Ota-onalar talabi bilan olisdan qatnovchi bolalar uchun 24 soatlik guruhlar ham tashkil etiladi.

Beruniy tuman maktabgacha ta'lim bo'limi
Murojaat uchun telefon: +99899-420-89-37
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Beruniy

#Biz OAV nigohida

"Assalama alaykum Qaraqalpaqstan!" kórsatuvida Beruniy tumani Tinchlik ovul fuqarolar yiǵini hududi.

Hokim yordamchisi Jahongir Berdiboyev faoliyati.

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati

https://t.iss.one/beruniy_news
#Sektorlar faoliyatidan
📌Xonadonlarda o'rganishlar natijasi
📌Murojaatlar o'rganildi.

🔻Oilalarning yaxshi yashashiga sababchi bo'lish, oz bo'lsada yordam berish insoniy fazilatlarning biridir. Ayniqsa bu borada sektor rahbarlarining ishlarini alohida aytib o'tishni lozim topdik. Beruniy tumani 4-sektor hududidagi mahallalarda o'tkazilgan o'rganishlar natijasida ehtiyojmand oilalarning murojaatlari o'rganilgan edi.

🔻Shabboz OFY da istiqomat qilayotgan, boquvchisini yo'qotgan oila holidan xabar olinib, yangi eshik berilgan bo'lsa, Bunyodkor mahallasi va Shimom ovul fuqarolar yig'inida yashovchi bemorlarning murojaatiga ko'ra shifokorlar tekshiruvidan o'tishi uchun sharoit yaratib berildi. Sektor kotibi Otabek Xaytov xonadon egalari bilan suhbatlashib, o'z o'rnida muammolarini ham o'rgandi. 👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati

https://t.iss.one/beruniy_news
#Ayollar murojaati e'tiborda

Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limi boshlig'i, tuman hokimining o'rinbosari J.Shamuratov va "KKR IPAK CLUSTER" MCHJ rahbari M.Annamuratova bilan hamkorlikda Sarkop ovul fuqarolar yig'ini hududida "Ayollar daftari"ga kiritilgan ayollar bilan pillachilik sohasida mavjud ish o'rinlari va ishlash sharoitlari bo'yicha tushunchalar berildi. Natijada 2 ta ayol pillachilik bilan shug'ullanish istagi borligini bildirib, bandligini ta'minlash yuzasidan kelishib olindi.

Shuningdek, Mahalla va oila qo'llab-quvvatlash bo'limi boshlig'ining birinchi o'rinbosari P.Razzakova 1-sektor shtabida uy-joyga muhtoj ayollarning murojaatlarini tinglab, ularga uy-joy va subsidiya olish tartibi bo'yicha tushunchalar berdi. 👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati

https://t.iss.one/beruniy_news
Forwarded from Karakalpakstan.uz
Абадан турмыс кеўилден басланады

Үлкемизге бәҳәр паслы кирип келиўинеде санаўлы күнлер қалды. Жаңаланыў ҳәм жасарыў мәўсими алдынан 19-20 февраль күнлери ҳәр бир ўатанласымызды өзиниң жасап турған аймағын, көшесин ҳәм мәҳәллелерди абаданластырыўға белсене қатнасыўға шақырамыз.

Шембилик күнлери халықтың, әсиресе, жаслардың санасында «Абадан турмыс кеўилден басланады»деген түсиникти терең сиңдириў, өз үйин, мәҳәллесин таза, азада сақлаў, абат болыўына үлесин қосыў, бул процесслерге жәмлескен ҳалда, жәмәәт болып қатнасыў үлкен әҳмийетке ийе.

Каналға ағза болыў: https://t.iss.one/QResMinistrlerKenesi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 DIQQAT: FIRIBGARLAR O‘LJASIGA AYLANIB QOLMANG!

VIDEONI DIQQAT BILAN KO‘RING 👆
🦠COVID -19 ga qarshi vaksina, samarali sinov va mavjud profilaktika choralari bilan birgalikda, pandemiyani nazorat ostiga olishga yordam beradigan muhim vosita hisoblanadi.
Respublikamizning barcha hududlarida emlash jarayonlari davom etmoqda

💉 Beruniy tumani Oltinsoy OFYda joylashgan 4 sonli umum ta'lim makabining o'quvchilari ham "Pfizer" 1- tur vaksinasi bilan emlandi.

Beruniy tumani tibbiyot birlashmasi matbuot xizmati; https://t.iss.one/joinchat/RMyzvE06TsOfD2S_
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Beruniy tumani
#Murojaat

Beruniy tumani hokimi Atabek Saparbayevning tuman aholisiga murojaati https://t.iss.one/beruniy_news
#Sport yangiliklari

2022 yilning 17-20 fevral kunlari sportning "Usmanov Kombat systems" turi bo'yicha Andijon viloyatida O'zbekiston chempionati bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Beruniy tumani bolalar o'smirlar sport maktabidan bir guruh sportchilar murabbiy Saparmurod Saxiev boshchiligida chempionatda ishtirok etish uchun jo'nab ketdilar. Sportchilarga omad tilab qolamiz.

🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
#Sport xabarlari

Bolalar va o'smirlar sport maktabi hamda Leader Karate club sportchilari Karate WKF turi bo’yicha joriy yilning 18-20 fevral kunlari Qirg'iziston davlati Bishkek shahrida bo'lib o'tadigan Xalqora nufuzli musobaqaga murabbiy Jayxun Ametov boshchiligida jo'nab ketdi. G'oliblik uchun tatamiyga chiqishga tayyorgarlik ko'rayotgan beruniylik sportchilarga omad yor bo'lsin.

🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
Президент ҳузуридаги йиғилиш бошланди.

“Сўнгги беш йилда мамлакатимизнинг ташқи савдо айланмаси 2 баробарга - 2016 йилдаги 24 миллиард доллардан 2021 йилда 42 миллиард долларга ошди.

Божхона тизими мамлакатимизни жаҳон иқтисодиётига боғлайдиган кўприк ҳисобланади.

Бу тизим тўғри ва очиқ-ошкора ишламаса, тадбиркорлик, инвестицияга тўсиқ бўлади ҳамда аҳолининг норозилигини келтириб чиқаради.

Шунинг учун бу соҳада 2019 йилда катта ислоҳотларни бошладик”, деди Президент йиғилиш аввалида.

Жумладан:

- божхона постларида “яшил йўлак”лар жорий этилиб, ҳозирда улар орқали 95 фоиз йўловчи ва 75 фоиз юк ўтмоқда;

- аввал 12 та идорадан олинган 60 турдаги рухсатномалар “ягона дарча” орқали электрон шаклга ўтказилди;

- натижада божхонада юкларни расмийлаштириш вақти 10 баробаргача қисқарди.
Божхона тизими пастдан бошлаб, энг юқори бўғингача ўзгариши керак– Президент.

Беш йиллик Тараққиёт стратегиясида экспортни 30 миллиард долларга, хорижий туристлар сонини 7 миллионга етказиш белгилаб олинган.

“Бу катта марралар. Бунинг учун, божхона тизими пастдан бошлаб, энг юқори бўғингача ўзгариши керак.

Топшириғимга кўра, қўмитанинг янги раиси бевосита постларда ходимлар, аҳоли ва тадбиркорлар билан юзма-юз гаплашиб, ҳар бир масалани ичига кириб ўрганди.

Вилоят ҳокимлари бир нарсани аниқ тушуниши керак. Божхона постлари давлатимиз юзи, биринчи таассурот ҳам айнан божхонадан бошланади.

Божхона постига қараб, ҳар бир ҳокимнинг маданиятига баҳо берилади. Улар атрофида равон йўллар, экилган манзарали дарахт ва гуллар, аҳоли учун қулай шароитлар бўлиши шарт”, деди давлатимиз раҳбари.
Йиғилишда мамлакатимиздаги айрим божхона постлари ичимлик ва электр энергияси билан таъминланмагани, уларга олиб борувчи йўллар таъмирталаб эканлиги, бу аҳолининг ҳақли эътирозларига сабаб бўлаётгани қайд этилди.

Шу муносабат билан Президент ҳар бир чегара божхона постида манзилли ишларни амалга ошириш вазифасини қўйди.

Ҳокимларга авваламбор йўловчиларнинг 90 фоизи, юк автомобилларининг 70 фоизи ўтадиган 22 та чегара постига олиб борувчи йўллар ва бошқа инфратузилмани яхшилаш юзасидан кўрсатма берилди.

Шунингдек:

- “Дўстлик” ва “Яллама” постлари олди ҳудудларида ташқи савдо марказларини ишга тушириш;

- “Олот” постига туташ ҳудудда логистика, сервис ва бошқа инфратузилма объектларини ташкил этишни бошлаш;

- 1 апрелга қадар Самарқанд халқаро аэропортида, кейинчалик барча аэропортларда “божхоначисиз назорат” тизимини ишга туширишга топшириқ берилди.
Hokim yordamchisining tashabbusi

Beruniy tumani Lolazor mahalla fuqarolar yig'ini hokim yordamchisi Davronbek Abdullaev baliqchilik kooperatsiyasini tashkil qilish buning uchun sun'iy ko'llarning baliq sig'imlarini o'rganib chiqib yiliga 50 ming tonna baliq yetishtirish bo'yicha loyihalarni ishlab chiqmoqda. Bu orqali mahalliy bozorlarni arzon baliq mahsulotlari bilan ta'minlash, sohani rivojlantirish orqali aholining daromadini oshirish, ish o'rni yaratish masalalari ham o'z yechimini topadigan bo'ldi. Shuningdek, aholi xonadonlarida parrandachilikni rivojlantirish bo'yicha ham o'rganishlar olib bordi. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
#Targ'ibot tadbirlari

Beruniy tumani Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limi boshlig'ining birinchi o'rinbosari P.Razzakova va tuman targ'ibot guruhi vakillari bilan birgalikda, 2-son kasb-hunar maktabida o'quvchi qizlar o'rtasida erta turmushning salbiy oqibatlari bo'yicha davra suhbati bo'lib o'tdi.

O'z vaqtida ilm egallash, kasb-hunarli bo'lish ayniqsa, qiz bolalarning hunar sirlarini o'rganishi kelajakda foydali ekanligi tushuntirildi. Kasb-hunar maktabi direktori, deputat Q.Shukurllaev va targ'ibot guruhi a'zolari odob-ahloq qoidalari, ota-onaga hurmat, balog'ot yoshidagi tarbiyaning muhim jihatlari haqida dunyoviy va diniy misollar bilan tushuntirishlar berdi.

P.Razzakova tashabbusi bilan boshlangan davra suhbatlari tumandagi ta'lim muassasalarida davom etadi. Endilikda shifokorlar va psixologlarni ham bu jarayonga jalb qilish rejalashtirilgan. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube