#KUN MAVZUSI
“YASHIL MAKON” LOYIHASIDA OLIY MAJLIS DEPUTATLARI
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis deputatlari Beruniy tumanida Prezidentimiz tashabbuslari bilan boshlanib, davom etayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol ishtirok etdi. Dalada fermer ho'jaligi ishchilari bilan uchrashib, qonunchilikdagi yangiliklarni aholiga sodda tilda tushuntirib, ular bilan suhbatda bo'ldi. Shu bilan birga qishloq ho'jaligi tizimida olib borilayotgan o'zgarishlar bilan ham tanishtirib o'tdi.
Oliy Majlis spikeri o'rinbosari Zuxra Ibragimova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Ravshan Mamutov va Zumrad Bekatova, Beruniy tumani hokimi Atabek Saparbaev yashil makon loyihasida faol ishtirok etdi. Ibn Sino mahallasi hududida bog' tashkil qilish ishlarida o'z hissasini qo'shar ekan, intensiv turdagi olma ko'chatlarini hamda iqlim sharoitiga mos bo'lgan uzum ko'chatlarini ekdi. Dala chekkalariga manzarali ko'chatlar ekib, loyihani qo'llab-quvvatladi.
Yashil maydonlarni ko'paytirish orqali Orol bo'yi mamlakatlarida ekologik vaziyatni yaxshilashga, cho'l zonalarining kamayishiga, shuningdek, orol dengizidan ko'tarilayotgan qum va tuz bo'ronlarining kamayishiga erishiladi. Buning uchun Beruniy tumanida 1 milliondan ortiq mevali va manzarali daraxt ko'chatlarini ekish rejalashtirilgan.
Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
https://beruniy-tumani.uz/?p=2463

#TA'LIM YANGILIKLARI
LOLAXONNING YUTUG'I
Beruniy tumani 51-maktabning 8-A sinf o'quvchisi Nuraddinova Lolaxon Nukus shaxrida o'tkazilgan "KITAPQUMARLAR LIDERI" ko'rik tanlovida faol ishtirok etib, 17 ta tuman ichida faxrli 3-o'rinni egalladi. Badiiy adabiyotga bo'lgan qiziqish va e'tibor Lolaxonga bundanda yuksak zafarlar olib kelsin. O'z o'rnida kitob mutolaasiga qiziqtira olgan ustoziga ham minnatdorchilik bildiramiz.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BERUNIY TUMANIDA 2022 YIL HOSILI UCHUN QISHLOQ HO'JALIGI YERLARINI SHUDGORLASH, G'ALLA AGROTEXNIKASI VA MAVSUM TAYYORGARLIGI BO'YICHA KO'RGAZMALI SEMINAR BO'LIB O'TDI
#TA'LIM XABARLARI
Beruniy tumani 38-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining Ma'naviy ma'rifiy ishlar bo'yicha targ'ibotchisi Xurshida Ismailovaning bizga bergan ma'lumotiga ko'ra, maktabda noyabr oyi “Ingliz tili fan oyligi” hamda yuqori sinf qizlari o'rtasida milliy taomlar ko'rgazmasi bo'yicha tanlov tashkil qilingan.
O'quvchilarga xorijiy tillarni o'rgatish va o'zlashtirishning foydasi, ta'limda interaktiv usullarni qo'llagan holda darsni chuqur o'zlashtirishga yordamlashish zarurdir. Turli misollar va ertak qahramonlari timsolida tashkil qilingan ochiq dars tadbiri ko'tarinki ruxda bo'lib o'tdi. Milliy taomlar bellashuvi esa, o'quvchi qizlarning yanada ziyrak va chaqqon bo'lishida alohida ahamiyat kasb etadi.
Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
https://beruniy-tumani.uz/?p=2465

#MAHALLA JAMIYATNING ASOSIY INSTITUTI.
BERUNIY TUMANIDA TASHKIL QILINGAN O'QUV SEMINARI MAHALLALARDA SOG'LOM MUHITNI YARATISHDA YANADA AHAMIYATLI BO'LDI.
Beruniy tumanida mahalla raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma'naviy masalalar bo'yicha o'rinbosarlari va mutaxassislar uchun o'quv seminari o'tkazildi. O'quv seminari tashkilotchilari Mahalla va oilani qo'llab quvvatlash vazirligi, hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita birgalikda olib bordi.
O'quv seminarining asosiy mavzulari esa:
- Fuqarolar yig'inlari raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma'naviy masalalar bo'yicha o'rinbosarlari hamda oila va xotin-qizlar masalalari bo'yicha mutaxassislarning vazifalari va ularni amalga oshirish mexanizmlari
Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
https://beruniy-tumani.uz/?p=2466

MASJID QURILISHIGA O'Z HISSANGIZNI QO'SHING
Beruniy tumanidagi Darvesh Eshon Bobo jome' masjidi xayriya hashar yo'li bilan qurilayotganidan xabaringiz bor. Bugungi kunda masjid ichida pardozlash ishlari amalga oshirilayotgan bo'lsa, tashqi fasad qismiga oq marmardan ishlov berilmoqda. Yaxshilar ko'magida tamomila yangi ko'rinish aks etayotgan jome' masjidida ziyoratga keluvchilar uchun barcha sharoitlar yaratilishi ham rejalashtirilgan.
Bugungi kundagi masjid ko'rinishidan fotojamlanma.