BERUNIY_PRESS/RASMIY KANAL
8.14K subscribers
51.6K photos
6.28K videos
7 files
9.53K links
🌐Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati https://t.iss.one/Beruniytumanimurojaatbot
Download Telegram
“Yoshlar daftari”, yoshlarning imkoniyatlarini yuzaga chiqarishi, hayotda o'z o'rniga ega bo'lishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatli ekanligiga yana bir bor amin bo'ldik. Media tur yakunida jurnalist va blogerlar uchun matbuot anjumani tashkil etilib, tuman hokimining o'rinbosari D.Abdullaev va Yoshlar ishlari agentligi rahbari vvb T.Matyakubovlar savollarga javob berdi.

Kun davomida oldimizga qo'ygan maqsadlarimizga erishdik ya'ni yoshlarning jamiyatimizda o'z o'rniga egaligi, ertangi kun rivoji uchun harakat qilayotgani barchamizni hursand qildi. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
#Onatilimfaxrim
#chellenj

📌21 oktyabr “O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun” munosabati bilan Beruniy tumanidagi Maktabgacha ta'lim tashkilotlari va umumiy o'rta ta'lim maktablarida “Qadring baland bo'lsin ona tilim” shiori ostida chellenjlar davom etmoqda.

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
"YURTIMIZDA BARCHA MILLAT VAKILLARI AHIL YASHAYDI"
BAYRAM TADBIRIDAN LAVHALAR


O'zbekiston Respublikasida mustaqillik yillaridagi davlat siyosatining eng ustuvor yo'nalishlaridan biri millatlararo totuvlik bo'lib diyorimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari misoli bir ota-onaning farzandlari kabi yashab kelmoqda.


Yurtimizda istiqomat qilayotgan barcha millat vakillarining teng huquqliligi, o'z ona tilida ta'lim olishi, o'z imkoniyatlarini yuzaga chiqarishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Turli millat vakillarining madaniyat markazlari, diniy urf-odatlari tarixdan shakillanib, rivojlanib kelgan qadriyatlari milliy bayramlari nishonlanib kelinmoqda.


O'zbekiston Respublikasining barcha hududlari kabi Beruniy tumanida ham millatlararo munosabatlar sohasida samarali ishlar olib borilmoqda.
Beruniy tumanining milliy tarkibining 68,9%ini o'zbeklar, 7,0%ini qoraqalpoqlar, 16,2%ini qozoqlar, 7,4%ini turkmanlar va 0,5%ini boshqa millat vakillari tashkil etadi.